V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- (insonparvarlik)
- MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTLARI
teng huquqliligi
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquqqa va erkinlikka egadirlar hamda qonun oldida teng huquqlidirlar. 3 Demokratiya Fuqarolarning jamoat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlari va huquqlarini bildiradi. 4 Gumanizm (insonparvarlik) Insonning eng yuksak qadr-qimmatini tan olish va uning obro‘-e’tiborini hamda huquqi va erkinligi daxlsizligini hurmat qilishdir. 5 Adolat Inson shaxsiga, uning jinsi, irqi, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, xolis va beg‘araz munosabatda bo‘lish. 6 Ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi Ma’muriy qonunbuzarlik qilgan bironta shaxs javobgar- likka tortilmay qolmaydi. Ma’muriy huquq – huquq tizimining mustaqil tarmog‘i sifatida davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat. 43 Ma’muriy huquq manbalari sirasiga: — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; — Konstitutsiyaviy qonunlar; — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari; — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazir- liklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining yo‘riqnomalari, nizomlari; — mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi. MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTLARI Ma’muriy huquq ijtimoiy sohaning turli sohalarini tartibga soladigan davlat hukumat organlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Jamiyatning hayoti boshqaruvga muhtoj, chunki sanoat ham, qishloq xo‘jaligi ham, mada- niyat va ma’rifat ham o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi. Prezident, davlat boshqaruvi organlarining xizmatchilari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari, 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lma- gan shaxslar, jamoat birlashmalari ma’muriy huquq subyektlari hisoblanadi. 44 Davlat hokimiyatining oliy idorasi — Oliy Majlis qanday qonunlar qa- bul qilmasin (harbiy majburiyat, ta’lim tizimini isloh qilish, qo‘shma korxo- nalar, ijara yoki onalik va bolalikni muhofaza qilish va hokazo), ularning har biri ro‘yobga chiqarilishi kerak. Davlat boshqaruvining mahalliy va markaziy idoralari buning uchun shart-sharoit yaratadi. Davlat boshqaruvining markaziy idoralariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari kiradi. Ularning har biri iqtisodiyot, madaniyatning alohida tarmoqlarini boshqa- radi. Masalan, Ichki ishlar vazirligi mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlash bi- lan bog‘liq masalalarni hal etadi, Xalq ta’limi vazirligi esa ta’lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi va hokazo. Mahalliy hokimiyat idoralariga hokim boshchiligidagi hokimliklar kira- di, ular viloyat, shahar yoki tumanda ijroiya va farmoyish chiqarish hokimiyati bo‘lib, kundalik tezkor ishlarni bajaradi. Ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoat tashkilotlari ham ishtirok etadi. Mahalliy muammolarni hal etishda o‘zini o‘zi boshqaruvchi mahalliy idoralar, masalan, fuqarolar yig‘inlari va oqsoqollar, kasaba uyushmasi qo‘mitalari va hokazolar katta ahamiyatga ega. Ular o‘z vazifalarini ko‘ngillilik asosida ba- jaradilar. Jamoat tashkilotlarining qarorlari faqat ana shu tashkilotga kiruvchi fuqarolar uchun majburiydir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling