V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq. Savolga o‘ylab ko‘rib, javob bering
7
Huquqiy ong — jamoatchilik ongining bir sohasi bo‘lib, unda bilimlar, mulohazalar, baholar, odamlarning huquqqa mu- nosabati shakllanadi. Huquqiy ong qanchalik yuqori bo‘lsa, huquqiy madaniyat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 2-topshiriq. Savolga o‘ylab ko‘rib, javob bering: Huquqiy madaniyatli kishi qonunlarni umuman bilmay- digan yoki yomon biladigan yoxud bilsa-da, ularni buzadigan kishidan nimasi bilan farq qiladi? — sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash; — yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta’minlash uchun avvalo aholining huquqiy mada- niyati va ongini yuksaltirish zarur. Ma’naviyatli inson huquqqa oid bilimlarni shunchaki egallab qolmaydi. U mazkur bilimlarni mushohada qilib, huquqni to‘g‘ri tushunish va unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni yo‘lga qo‘yadi. Agar kishi huquqning ahamiyatini to‘g‘ri baholasa va uning talablarini hurmat qilsa, u qonunni buzmaslikka hara- kat qiladi. Agar kishi huquqqa hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lsa, u albatta qo- nunga zid harakat qiladi. Zero, huquq talablarini ozgina pisand qilmaslik ham huquq me’yorlarini buzishga olib keladi. Aynan shuning uchun huquqnu bilish katta ahamiyat kasb etadi. Qonunlarni bilish o‘z-o‘zidan huquqiy madaniyatning yuqori saviyasidan darak bermaydi. Qonunlarni yaxshi bilish, lekin, shunga qaramay, ular talabla- rini bajarmaslik mumkin. Huquqiy madaniyatning mavjudligi faqat qonunlarni bilishnigina emas, balki ularga bo‘ysunishni ham nazarda tutadi. Qonunlarni biladigan kishi shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni yuridik jihat- dan savodli himoya qilishga, shaxsiy huquqlari va erkinliklarining buzilishiga qarshi turishga qodir bo‘ladi. Biroq qonunni bilishning o‘zi unga amal qilish uchun yetarli emas. Shu o‘rinda, huquqiy madaniyat nimalardan tashkil topadi, degan savol o‘rinli bo‘ladi. 8 Axloqiy dunyoqarash va e’tiqod huquqiy madaniyatning poydevori hisobla- nadi. Mazkur poydevor qanchalik pishiq va astoydil «qurilgan» bo‘lsa, huquqiy bilimlar sifati va ulardan oqilona foydalanish, qonunga munosabat (uni hurmat qilish), huquqiy normalarga rioya etishga tayyor turish, qonun va huquq ustuvor- ligiga erishishda faol qatnashish shunchalik kuchli o‘rin oladi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling