V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- XALQARO MUNOSABATLARNING HUQUQIY ASOSLARI. XALQARO HUQUQ MANBALARI
Xalqaro huquq davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi turli
xil munosabatlarni tartibga soladi. Xalqaro shartnoma — bir yoki bir necha hujjatlarda tuzilgani va qanday nomlanganidan qat’i nazar davlatlar yoki boshqa xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida yozma ravishda tuzilgan bitim bo‘lib, tomonlarning o‘zaro huquq va majburiyatlarini o‘z ichiga oladi. did qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro 11 Xalqaro huquq funksiyalari deganda xalqaro huquqning xalqaro-huquqiy tartibga solish predmeti bo‘lgan munosabatlarga ta’sirining asosiy yo‘nalishla- rini tushunish lozim. Quyidagi funksiyalar alohida ajratib ko‘rsatiladi: 1) barqarorlashtiruvchi — xalqaro huquqiy normalar jahon hamjamiyatini uyushtirishi, muayyan xalqaro huquqiy tartibni belgilashi, uni mustahkamlashi va yanada barqarorlashtirishi lozim; 2) tartibga soluvchi — uni amalga oshirish orqali xalqaro huquqiy tartibga erishiladi, tegishli ravishda, ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi; 3) muhofaza etuvchi — xalqaro huquqiy munosabatlarning tegishli ravish- da muhofaza etilishi demakdir. Xalqaro majburiyatlar buzilganida xalqaro huquqbuzarliklar subyektlari xalqaro huquq tomonidan ruxsat etilgan javobgar- lik choralari va sanksiyalarni qo‘llashga haqli; 4) axborot-tarbiyalovchi — davlatlarning oqilona harakatlari bilan bog‘liq to‘plangan tajribasini tarqatish, huquqdan foydalanish imkoniyatlarini targ‘ib qilish, huquqni hurmat qilish, uning manfaatlari va qadriyatlarini muhofaza eti- sh ruhida tarbiyalashdan iborat. XALQARO MUNOSABATLARNING HUQUQIY ASOSLARI. XALQARO HUQUQ MANBALARI Xalqaro huquq subyektlar o‘rtasida kelishuv orqali yaratilgan va davlatlararo munosabatlarni tartibga soladigan normalardan iborat. Xalqaro huquqda ikkita asosiy manba: xalqaro shartnoma va xalqaro rasm- rusum ajratiladi. Biroq xalqaro huquqning ushbu ikki asosiy manbasidan tashqari xalqaro tashkilotlar, xalqaro konferensiyalar va majlislar hujjatlari mavjud. Bunday hujjatlar xalqaro tashkilotlar va boshqa subyektlarning o‘zlari uchun majburiy hulq qoidalarini belgilab bersa, xalqaro huquqning qo‘shimcha manbalariga aylanadi. Xalqaro huquqning tartibga solish predmeti suveren va bir biridan mustaqil subyektlarning munosabatlari hisoblanadi. Davlat ichki huquqi alohida davlat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling