V. А. Kostetskiy


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2-modda


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2-modda. 



Konstitutsiyada respublikaning suvereniteti mustahkamlanishi bilan 
O‘zbekiston chinakam mustaqillikka va erkinlikka erishdi, yer, yer osti boy- 
liklari, boshqa tabiiy zaxiralar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual imko- 
niyatlar milliy boylikka aylandi, o‘zbek xalqining asl tarixi va madaniyati qad 
rostladi, shoirlar, muallimlar, mutafakkirlar, davlat arboblarining pok nomlari 
tiklandi. Insonning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar tomonidan 
himoyalangan. 
Davlat mustaqillikka erishgani, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga 
a’zo bo‘lgani O‘zbekistonga mustaqil tashqi siyosat yuritish, xalqaro muno- 
sabatlar yo‘nalishlari va muhim tomonlarini belgilash imkonini berdi. 
Konstitutsiyaning 1-moddasida mamlakatimiz suvereniteti xalqaro de- 
mokratik qadriyatlarga uzviy bog‘liqligi namoyon etildi va shuning uchun 
O‘zbekiston nafaqat suveren, shu bilan birga demokratik respublika deb e’lon 
qilindi. 
HUQUQIY MADANIYAT HAMDA UNING SHAXS 
VA DAVLAT BILAN UZVIY BOG‘LIQLIGI 
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, 
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sha- 
roit yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning bar- 
cha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshi- 
rish maqsadida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017–
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu- vor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi e’lon qilindi. 
Strategiyaning ikkinchi yo‘nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud- 
huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlanadi. 
Mazkur yo‘nalishda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan: 
— sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufu- 
zini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish
— fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatla- 
rini ta’minlash; 
— ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashti- 
rish; 
— jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish 
tizimini takomillashtirish; 



Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling