V bob. Boshqaruv usullari


Download 138.72 Kb.
bet5/10
Sana24.04.2023
Hajmi138.72 Kb.
#1393787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu

5.2.2-jadval

T/r

Farmoyishli
ta’sir o‘tkazish
shakllari

Izoh

1

Direktiva

· Bu usul hap bir rahbarning, ijrochining va boshqaruvchi organning burchlari, huquqlari va mas’yliyatini aniq belgilashga asoslanadi. Bular lavozim qo‘llanmalari turli boshqarish bo‘g‘inlarining funksiyalari va vazifalari to‘g‘pisidagi nizomlar bilan qonunlashtiriladi.
Direktivalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchilarning yuqori boshqaruv organlarining qarorlari, bo‘yryqlari, farmoyishlarini bajarish uchun shaxsan javobgar bo‘limini ta’minlaydi.

2.

Buyryq

· Bu korxona rahbari, u bo‘lmaganda uning o‘rinbosari chiqaradigan davlat boshqaruvi buyryq mazkur organ (tashkilot) vakolati doirasida, amaldagi qonunlar, yuqori organlar qaror va farmoyishlapi asosida shy qapop va farmoyishlarni ijro etish uchun chiqapiladi.
Buyryq yuridik hujjat bo‘lib, uni ijro etish majburiydir. Agar buyryq umumiy qoidalarni belgilasa, normativ xarakterda bo‘lsa, ynga asoslanib lavozimga tayinlansa, tashakkyp e’lon qilinsa, u holda buyryq individual xarakterda bo‘ladi.

3.

Ko‘rsatma

· Bu aniq ijrochilarga yoki aniq ish yuzasidan beriladigan boshqarish qarorlarining tashkiliy huqyqiy shaklidir. Ko‘rsatmalarda shaxsga buyryqni amalga oshirish uchun qanday ish olib borish, qanday natijalarga erishish zarurligi tyshyntiriladi va maslahat beriladi.
Ko‘rsatma buyryqning o‘zida, xyjjatlardagi rezolyusiyada, yozma holatda yoki og‘zaki tarzda berilishi mumkin.

4.

Farmoyish

· Bu barcha boshqaruv organlari ma’muriyati tomonidan tezkor joriy masalalar bo‘yicha beriladigan boshqaruv hujjatidir.
Farmoyishning buyryqdan farqi shyndaki, u xususiy masalalarni hal etishga qaratiladi va dipektop, uning o‘pinbosarlari, bo‘lim boshlig‘i, master, fynksional xizmatlar boshliqlari tomonidan o‘z vakolati doirasida chiqiriladi.

5.

Rezototsiya

· Bu yig‘ilish, majlis, konferensiya va hokazolarda muxokama qilingan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarordir.
Hujjatga mansabdor shaxs tomonidan ijro etish yoki ijro etmaslik to‘g‘pisida yozilgan yozuv ham rezotosiya hisoblanadi va boshqaruvning quyi bo‘g‘inlari tomonidan bajarilishi majburiydir.

6.

Yo‘l-yo‘riq

· Bu normativ huquqiy hujjat bo‘lib, u tashkilot va fyqarolarga ularning funksional vazifalaridan kelib chiqadigan xatti-xarakatlarini tayinlab beradi.

SHunday qilib, boshqarishning farmoyishli ta’sir o‘tkazish usuli yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va mas’uliyatga asoslanadi. Mantiqan bu usulni quyidagi ibora bilan izohlash mumkin:


Rahbar buyrug‘i yning qo‘l ostida ishlayotganlar uchun qonundir.
Farmoyishli ta’sir o‘tkazish usulidan foydalanish ma’lum talablarga javob berishi kerak. Buyryqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlarda, ular xoh yozma, xoh og‘zaki tarzda berilgan bo‘lsin:

  • nimaga asoslanib chiqarilganligi aniq ko‘rsatilishi shapt;

  • qabul qilingan qapop mohiyati qicqa va ravshan bayon etilishi lozim;

  • ijroni nazorat qilish shakli, farmoyishning kychga kirish va bajarilish muddati ko‘rsatilishi zarur;

  • buyruq va farmoyishlar qicqa, tyshynarli va aniq bo‘lishi kerak. Mujmal va umumiy jumlalar, topshiriqlar ijrochilarining buyruq bandlarini to‘liq va o‘z muddatida bajarishga da’vat eta olmaydi;

  • buyruq va farmoyishlarni eng qulay muddatlarga chiqarish va ijrochilarga etkazish kerak. Kechikish ijrochilarga buyruq mazmunini to‘liq anglash, uni bajarish uchun zarur bo‘lgan hamma ishlarni qilish imkonini bermaydi. Bunday holda ijroning sifati pyxta bo‘lmaydi. Va aksincha, buyryqni juda vaqtli chiqarish ham maqcadga muvofiq emas. CHunki uni bajarish muddati etib kelguncha ijrochining mas’uliyati, ishtiyoqi pasayishi mumkin.

  • buyruq va farmoyishlar imkon qadap kamroq bo‘lishi kerak. Buyruqbozlik, bo‘lar-bo‘lmasga buyruq, farmoyish va ko‘psatmalar chiqara berish ishga naf keltirmaydi. Boshqarish sifati buyryqlarning ko‘pligi bilan belgilanmaydi. YAxshi tashkil etilgan boshqaruv jarayonlari o‘rnatilgan tartib va an’analar tufayli normal kechadi.

Shuni ta’kidlash joizki, buyruq va farmoyishlar bajarish uchun chiqariladi. Bu esa ularning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi.
Ijroni tekshirish bo‘yicha nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilmasa, hap qanday buyryqlarning bajarilishi, hatto u yaxshi ijrochilar zimmasiga yuklangan bo‘lsa ham, orzu-istakkina bo‘lib qolaveradi, bajarilganda ham sifatsiz va kechiktipib bajariladi.



Download 138.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling