V bob. Boshqaruv usullari


Boshqarishning huquqiy vositalari


Download 138.72 Kb.
bet6/10
Sana24.04.2023
Hajmi138.72 Kb.
#1393787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu

5.2.1. Boshqarishning huquqiy vositalari
Boshqarishning huquqiy vositalari deganda, ijtimoiy munosabatlarga yuridik, qonuniy ta’sir o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan huquqiy normalar majmui tyshyniladi.
Huquqiy normalar davlat (turli tashkilotlar orqali) yoki jamoat tashkilotlari tomonidan chiqariladi va tasdiqlanadi.
Huquqiy normalar turli qonyniy hujjatlar, nizomlar, buypyqlap, farmoyishlar va hokazolar shakliga ega bo‘ladi. Boshqarish amaliyotida teng hyqyqni boshqaruv subektlari o‘rtasida, masalan, korxonalar, birlashmalar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar bo‘ladi. Bunday hollarda huquqiy muvofiqlashtiruvchi (koordinatsion) hujjatlar yoki kelishtiruvchi hujjatlar nashrdan chiqariladi.
Teng huquqli tomonlarning xo‘jalik sohasidagi o‘zaro aloqalari xo‘jalik shartnomalarini tuzish yo‘li bilan tartibga solib turiladi.
Huquqiy normalar muayyan sanksiyalarni nazarda tutadi. Qo‘llaniladigan ta’sir choralarining xarakteriga qarab, ular moddiy, intizomiy, jinoiy-hyqyqiy sanksiyalarga bo‘linadi.
Moddiy javobgaplik - bu korxonalar va tashkilotlarning, , shuningdek,, ayrim mansabdor shaxslarning zimmasiga xo‘jalik faoliyatining natijalari uchun yuklatiladigan mas’uliyat.
Moddiy javobgarlik: jarimalarda; penyalarda; neustoykalar va hokazolarda ifodalanadi (5.2.1-chizma)



5.2.1-chizma. Huquqiy normalar sanksiyalari.
Intizomiy javobgarlik - bu xizmat burchlarini buzish, suiste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Bunda jazo qyyidagi ko‘pinishlarda bo‘ladi:

  • tanbex;

  • xayfsan;

  • muayyan myhlatga maoshi pastroq ishga o‘tkazish;

  • muayyan myhlatga pastroq vazifaga, lavozimra o‘tkazish va hokazolar.

Ma’muriy javobgaplik - bu yuridik javobgarlik turi bo‘lib, vakil qilingan organ yoki mansabdor shaxsning qonunbuzarlik qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo‘llashda ifodalanadi. Bunday jazolar turli-tuman sanksiyalarda - nachetlar (qaytarib olinishi lozim bo‘lgan harajat), jarimalar va hokazolar ko‘pinishida bo‘ladi.
Jinoiy javobgarlik - bu mansab bilan bog‘liq jinoyat sodir etilganda sud tomonidan qo‘llaniladigan jazo. Shunday qilib:
Moddiy javobgarlikka - moddiy zarar etkazish.
Intizomiy javobgarlikka - intizomiy nojo‘ya hapakat.
Ma’muriy javobgarlikka - ma’muriy huquqbuzarlik.
Jinoiy javobgarlikka - jinoyat asos bo‘ladi.



Download 138.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling