V bob. Yo‘NALISHLARDA Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish тayanch so‘zlar va iboralar


 Shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida “tig‘iz soat”larda tashishni


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana15.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1485566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-мавзу.Yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish

5.4. Shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida “tig‘iz soat”larda tashishni 
tashkil etish 
Shahar ichi yo‘nalishlarining boshqa yo‘nalishlardan keskin farq 
qiladigan belgilaridan biri – yo‘lovchilar oqimining kunning soatlari va 
yo‘nalish uzunligi bo‘yicha notekis taqsimlanishi koeffisiyentining 
kattaligidadir. 
“Тig‘iz soat”larda yo‘nalishdagi avtobuslar sonining zarur bo‘lgan 
miqdoridan kamligi, ular sig‘imidan foydalanish koeffisiyentining birdan 
ortib ketishiga sabab bo‘ladi, natijada transport vositasiga chiqish va 
tushishda hamda unda harakatlanishda juda ko‘p noqulayliklar tug‘iladi. 
Bazi yo‘lovchilar boshqa transportlardan foydalanishga majbur bo‘ladilar. 
Agar yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish uchun avtobuslar sonining 
cheklanganligini va “tig‘iz soat”larda zarur bo‘lgan qo‘shimcha 
avtobuslarning yo‘qligini hisobga olsak, ko‘rinib turibdiki, yo‘lovchilarga 
yuqori sifatli transport xizmati ko‘rsatish uchun harakatni tashkil etishning 
eng samarali usullarini ishlab chiqsh va qo‘llash zarur bo‘ladi. 
“Тig‘iz soat”larda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishning ilg‘or
usullariga birinchi galda quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Тezkor harakatni tashkil etish
2. Ekspress harakatni tashkil etish; 
3. Qisqartirilgan yo‘nalishlarni tashkil etish; 
4. Oxirgi bekatlarda to‘xtash vaqtini qisqartirish hisobiga 
ekspluatatsion tezlikni oshirish, ya’ni, harakat intervalini kamaytirish va 
harakat chastotasini oshirish lozim
5. Kombinasiyalashgan usulda harakatni tashkil etish.
“Тig‘iz” soatlarda harakatni tashkil etishning bazi bir usullarini 
ko‘rib chiqaylik. 
Misol. Avtobusning sig‘imi q
n
=50 yo‘lovchi, oddiy yo‘nalishda 


aylanma qatnov vaqti t
ayl
= 100 min, oraliq bekatlarda to‘xtash vaqti t
ob 
=1 
min va oxirgi bekatda to‘xtash vaqti 
t
ox
=5 min. “Тig‘iz soat”lardagi 
yo‘lovchilar oqimining maksimal qiymati Q
max
=375 yo‘lovchi/soat 
bo‘lsin: 
1. Oddiy yo‘nalishda yo‘lovchilarni tashish uchun zarur bo‘lgan avtobuslar 
soni va harakat intervali quyidagicha topiladi: 
.
12
60
50
100
375
)
5
(
max
avt
q
t
Q
А
n
ayl
oddiy
y








.
min
3
,
8
12
100



y
ayl
А
t
I
2. Тezkor yo‘nalish tashkil etilishi hisobiga oraliqdagi 5 ta bekatda avtobus 
to‘xtamay o‘tsin, u holda:
.
11
60
50
90
375
avt
А
tezkor
y





.
min
2
,
8
11
90



y
ayl
А
t
I
3. Ekspress yo‘nalish tashkil etilganda:
.
10
60
50
80
375
avt
А
ekspr
y





.
min
8
10
80



y
ayl
А
t
I
4. Qisqartirilgan yo‘nalish tashkil etilganda, qancha yo‘lovchi 
qisqartirilgan yo‘nalishda, qanchasi oddiy yo‘nalishda tashilishi hamda 
qisqartirilgan yo‘nalishda avtobuslarning aylanma qatnov vaqtlarini 
aniqlash kerak bo‘ladi. Masalan, yo‘nalish bo‘yicha bir soatda Q
max
=375 
yo‘lovchi tashilayotgan bo‘lsin, ulardan Q
qisq
=255 yo‘lovchi qisqartirilgan 
yo‘nalishda tashilsin.
Oddiy yo‘nalishdagi aylanma qatnov vaqti t
ayl
= 100 min, 
qisqartirilgan yo‘nalishda esa t
ayl
= 64 min bo‘lsin. U holda, oddiy 
yo‘nalishda kerak bo‘lgan avtobuslar soni: 
avt
А
oddiy
y
4
60
50
100
120





Qisqartirilgan yo‘nalishdagi avtobuslar soni: 


avt
А
qisq
y
5
60
50
64
255





Hisoblardan ko‘rinib turibdiki, yo‘lovchilarni tashish uchun oddiy 
yo‘nalishga qaraganda 3 ta kam avtobus zarur bo‘lar ekan. Demak, “tig‘iz 
soat”larda qisqartirilgan yo‘nalishlarni tashkil etish juda katta samara berar 
ekan. Lekin bu usulning bazi kamchiliklari ham bor. Ularga quyidagilarni 
kiritish mumkin. 
Harakat intervalining ortib ketishi: 
a) oddiy yo‘nalishda qatnayotgan avtobuslarning harakat intervali: 
.
min
5
,
12
8
100



y
ayl
oddiy
А
t
I
;
b) qisqartirilgan yo‘nalishdagi harakat intervali:
.
min
16
4
64



y
ayl
qisq
А
t
I
.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, qisqartirilgan yo‘nalish bo‘yicha 
yo‘lovchilar tashishni tashkil etish harakat intervalini oshishiga olib kelar 
ekan. Shaharda tavsiya etilgan harakat intervalining maksimal qiymati 20 
min. ekanligini hisobga olinsa, shahar ichi yo‘nalishlarida bu usuldan 
foydalanish mumkin ekan. 
Oxirgi bekatlardagi to‘xtash vaqtini 3 minutga kamaytirilganda zarur 
bo‘lgan avtobuslar soni:
.
10
60
55
94
375
avt
A
ox
m




Shunday qilib yuqorida ko‘rib o‘tilgan harakatni tashkil etish 
usullarining barchasi ham ma’lum darajada samara berar ekan. Agar ularni 
bir paytda, kombinatsiyalashgan holda qo‘llansa, yanada ko‘proq 
samaraga erishish mumkin. Masalan, bir paytda tezkor yo‘nalish tashkil 
etilib, shu paytda oxirgi bekatdagi to‘xtash vaqtini qisqartirish va h.k. 
“Тig‘iz soat”larda harakatni tashkil etishning yana quyidagi 
usullarini ham amalga joriy etish mumkin: 
1. “Тig‘iz soat”ga to‘g‘ri kelmagan boshqa yo‘nalishlardan avtobuslarni 
olib yo‘nalishga berish; 
2. Zahirada turgan avtobuslarni yo‘nalishga chiqarish
3. Тa’mirlashdan chiqqan avtobuslarni yo‘nalishga chiqarish; 
4. Avtobuslarga tirkamalar ulash;
5. Boshqa turdagi yo‘lovchi tashuvchi transportlarning ishini tashkil 
etish; 


6. Yo‘nalish o‘tgan tarmoq yaqinidagi barcha korxona va muassasalarni 
ish tartibini muvofiqlashtirish;
7. “Тig‘iz soat”larda avtobuslar uchun alohida harakat bo‘laklarini 
ajratish; 
8. “Тig‘iz soat”lar uchun yo‘nalish sxemasiga alohida o‘zgartirishlar 
kiritish. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling