V bob. Yo‘NALISHLARDA Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish тayanch so‘zlar va iboralar


Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana15.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1485566
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-мавзу.Yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish

 
5.5. Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash 
Avtobusda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishda haydovchilarga 
qo‘yiladigan talablar 
Yo‘lovchilarni tashish jarayonida harakat xavfsizligini ta’minlashda 
inson yo‘l harakatining asosiy ishtirokchisi, ya’ni, haydovchi, yo‘lovchi, 
piyoda va harakatni tashkil qiluvchi sifatida qatnashadi. Bularning ichida 
haydovchi alohida o‘rin egallaydi. 
Yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan avtobuslarni boshqarishga 
tegishli toifaga (malakaga) ega bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan va tibbiy 
ko‘rikdan o‘tgan haydovchilar qo‘yiladi. 
Shaharlararo, 
tog‘li 
hududlardan 
o‘tuvchi 
yo‘nalishlarga, 
shuningdek, bir martalik buyurtmalar bo‘yicha sayohat-ekskursiya 
tashishlariga va bolalarni tashishga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi 
bo‘lib ishlayotgan haydovchilar qo‘yiladi. 
Хalqaro yo‘nalishlarga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi bo‘lib 
ishlayotgan va xalqaro avtomobillarda yo‘lovchilar tashish sohasida kasb 
vakolati to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi. 
 
Avtobuslarning texnik holati va ulardan foydalanish 
Avtobuslarning texnik holati va ularning jihozlari tegishli standartlar 
talablariga, texnik foydalanish qoidalariga, “Avtomobil transporti 
harakatdagi qismiga texnik xizmat ko‘rsatish va uni tuzatish to‘g‘risida”gi 
Nizomga, ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalariga va boshqa me’yoriy 
hujjatlarga javob berishi kerak. 
Тog‘li hududlardan o‘tuvchi va ularga tenglashtirilgan yo‘nalishlarda 
foydalaniladigan avtobuslar oldingi tumanga qarshi chiroqlar va orqa 
chiroqlar, g‘ildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta tayanchga ega 
bo‘lishi kerak. 


Sayohat-ekskursiyalarga ajratilgan avtobuslarning old tomonida 
“sayohatchi”, “ekskursiya” degan ko‘rsatkich, bir martalik buyurtmalilarga 
esa «buyurtma» degan ko‘rsatkich o‘rnatiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi yo‘l harakati qoidalarida 
bolalarni tashishda quyidagicha tartiblar belgilangan: 
“Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport 
vositasi to‘xtaganda unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini 
kamaytirishi, zarur bo‘lsa, to‘xtashi va bolalar guruhini o‘tkazib yuborishi 
kerak.
Bolalar guruhini tashkiliy tashishda transport vositasida (salonda) 
katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs (kuzatib boruvchilar) bo‘lishi shart. 
Bunday transport vositalarining oldi va orqa tomoniga “Bolalar 
guruhini tashish” taniqlik belgisi o‘rnatilishi kerak. 
Haydovchi transport vositasi to‘la to‘xtagandan keyin odamlarni 
tushirishi va chiqarishi, eshiklar yopilgandan so‘nggina harakatlanishni 
boshlashi va to‘la to‘xtamaguncha ularni ochmasligi shart. 
Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 
- avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-
yukxonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari); 
- traktorlar va boshqa o‘ziyurar mashinalar, yuk tashiladigan 
tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida; 
- mototsikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan
tashqarida; 
- 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindiІida,
shuningdek yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma 
o‘rnatilmagan bo‘lsa, uning oldingi o‘rindiІida; 
- 12 yoshga to‘lmagan bolalarni hisobga olmaganda, odam soni 
transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan
ortiq bo‘lganda. 
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan 
korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak 
Yo‘lovchilarni shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro tashuvchi 
avtobuslar servis ustaxonasi plombasi bo‘lgan nazorat priborlari (taxograf) 
bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Xalqaro tashishlarda esa O’zbekistan 
Respublikasining tanitish belgisiga ham ega bo‘lishlari kerak. 
Тexnik bazaga ega bo‘lmagan, tijorat asosida yo‘lovchilar tashuvchi 
avtobuslarning egalari bo‘lgan jismoniy shaxslar 1, 2-texnik ko‘rik 
o‘tkazish uchun, shuningdek avtobuslarni kunlik texnik ko‘rikdan 
o‘tkazish va haydovchilarni yo‘nalishga chiqarishdan oldin tibbiy 


ko‘rikdan o‘tkazish uchun avtoxo‘jaliklar bilan shartnomalar tuzishlari 
shart. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling