V bob. Yo‘NALISHLARDA Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish тayanch so‘zlar va iboralar


Sayohat-ekskursiya, maxsus tashishlar va bir martalik buyurtmalar


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana15.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1485566
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-мавзу.Yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish

Sayohat-ekskursiya, maxsus tashishlar va bir martalik buyurtmalar 
bo‘yicha tashishlar 
Sayohat-ekskursiya, maxsus yoki bir martalik tashishlar uchun 
tashkilotlar, 
korxonalar 
va 
fuqarolarga 
avtobuslar 
ajratishga 
shartnomalarni va bir martalik buyurtmalarni rasmiylashtirish “Avtomobil 
transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari”ga, boshqa normativ 
hujjatlarga muvofiq tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi. 
Shartnomalar va buyurtmalar buyurtmachidan yetkazish manzili, 
yo‘nalishi, to‘xtash joyi, tashilayotgan yo‘lovchilar soni, tashish uchun 
mas’ul shaxs (guruh rahbari, ekskursovod) to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
olingandan keyin rasmiylashtiriladi. Avtobusning buyurtmachida bo‘lish 
muddati, tashish uchun mas’ul shaxs haqida ma’lumotlar yo‘l varaqasiga 
kiritilishi kerak. 
Har biriga 30 nafardan ortiq odam sig‘adigan ikki yoki undan ortiq 
avtobuslarda yo‘lovchilar tashilganda ularning harakati kolonna bilan 
amalga oshiriladi. Тashuvchi tomonidan “Avtomobil transportida 
yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari”ga, avtobuslardan foydalanish 
qoidalariga, harakat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablari va boshqa


me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish uchun mas’ul 
bo‘lgan shaxs belgilanadi. 
Kolonnalarni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati transport 
vositalari bilan kuzatib borish haqidagi qaror ichki ishlar boshqarmalari 
rahbarlari, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati avtomobillari bilan 
kuzatib borish haqidagi qaror esa, tashuvchilar tomonidan qabul qilinadi. 
Тashuvchi avtobuslari harakatining tasdiqlangan yo‘nalishlariga 
muvofiq kelmaydigan maxsus tashishlar (vaxta, mehnatkashlarni ishlab 
chiqarish ob’yektlariga, qishloq xo‘jaligi ishlariga tashib borish) Davlat 
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari bilan kelishilgan holda 
amalga oshiriladi. 
Bir martalik tashishlarga buyurtmalar tashuvchi mo‘ljallanayotgan 
yo‘nalishning yo‘l sharoitlari haqida axborot mavjud bo‘lgan yoki bunday 
axborot buyurtmachidan olingandan keyin qabul qilinadi. Buyurtmachi 
berilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun to‘liq javob beradi. 
Agar yo‘nalishdagi yo‘l sharoitlari yo‘lovchilar tashish xavfsizligini 
ta’minlamasa, avtobuslar ajratilmaydi. 
Bir martalik buyurtmalar bo‘yicha sayohat-ekskursiya tashishlarida 
buyurtmachi tashkilot rahbarlari: 
- guruh rahbarini tanlash, tayyorlash va harakat xavfsizligi texnika 
xavfsizligi masalalari bo‘yicha yo‘riqnoma berilishini; 
- sayyohlar, bolalar guruhlari bilan yo‘lda o‘zini tutish, avtobusdan 
foydalanish qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma berilishini;
- guruh rahbarini yo‘lovchilarning tasdiqlangan ro‘yxati Davlat yo‘l 
harakati xavfsizligi xizmatining bolalar tashilishi to‘g‘risidagi 
bildirishnoma nusxasi bilan;
- haydovchilarni joy bilan (guruh xususiy sektori joylashtirilganda 
alohida xona bilan);
- avtobusni uning saqlanishini ta’minlovchi sharoitlar, to‘xtash joyi 
bilan ta’minlashlari shart. 
Ko‘rsatib o‘tilgan shartlar bajarilmaganda tashishlarga ruxsat 
berilmaydi. 
Viloyat (respublika) tashqarisiga sayohat-ekskursiyalar muntazam 
olib borilgan hollarda buyurtmachi tashkilot (tashuvchi
avtobusning 
saqlanishini, orqaga qaytishga tayyor ekanligini, boshqa viloyatlar 
(respublikalar) hududida avtobusga texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatini 
nazarda tutishlari kerak. 


Guruhlarning rahbarlari avtobus harakati, unga chiqish-tushish 
paytida hamda bekatlarda yo‘lovchilar orasida, ayniqsa bolalar orasida 
zarur tartibni ta’minlashga majburdirlar. 
Тashuvchi: 
- haydovchilarga yo‘nalish xususiyatlari to‘g‘risida yo‘riqnoma 
berishga, harakat xavfsizligini ta’minlashga, sayohat-ekskursiya tashishga, 
shuningdek, sayyohlar va ekskursiyachilarga xizmat ko‘rsatish qoidalari,
bolalarni tashishda – bunday tashishlarni amalga oshirish qoidalari 
to‘g‘risida yo‘riqnoma berishga, bu haqda yo‘l varaqasi hamda 
haydovchilar tarkibiga yo‘riqnoma berish jurnalida qayd etishga;
- avtobusning korxonaga qaytishining nazorat vaqtini tayinlashga
nazorat vaqti tomom bo‘lgandan keyin ikki soatdan so‘ng avtobus qayerda 
ekanligini aniqlash chora-tadbirlarini ko‘rishga majburdir. 
Sayohat 
ekskursiyalarga 
olib 
boruvchi 
yoki 
bir 
martalik 
buyurtmalar bo‘yicha tashishlarni amalga oshiruvchi haydovchilar, agar 
ular yo‘lovchilar tashish qoidalariga, yo‘l harakati qoidalariga zid 
bo‘lmasa, yo‘nalish o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmasa, tashish uchun 
mas’ullarning 
(guruh 
rahbarlarining) 
ko‘rsatmalarini 
bajarishga 
majburdir. 
Maxsus tashishlarni tashkil etishda tashuvchi: 
- yo‘nalishni tanlashga (imkoni boricha qattiq qoplamali yo‘llar 
bo‘yicha); 
- buyurtmachi bilan birgalikda tashish uchun avtobus turini 
tanlashga, yo‘nalish masofasini belgilashga va harakat tezligini 
me‘yorlashtirishga, xavfsizlik ta’minlanishini, haydovchilarning mehnati 
va dam olishi belgilangan tartibini hisobga olgan holda avtobuslar harakati 
jadvalini tuzishga va tasdiqlashga; 
- mazkur talablarni hisobga olgan holda tashish uchun zarur bo‘lgan 
avtobuslar sonini aniqlashga; 
- buyurtmachi bilan birgalikda yo‘nalish hujjatlarini tuzishga, ularni 
davlat avtomobil nazorati bilan kelishishga majburdir. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling