V. G. Yusupov, M. T. Toshev, N. A. Parpiyev koordinatsion birikmalar kimyosi
Download 0.49 Mb.
|
Kompleks birikmalar
3.6 IZOMERIYANING QOLGAN TURLARI.
Yuqorida ko`rib chiqilgan izomeriya turlaridan tashqari koordinatsion birikmalarda ionizatsion, solvat (gidrat) va koordinatsion izomeriya turlari mavjud. Ionizatsion izomeriya ionlarning koordinatsion sferani ichki yoki tashqi qismlarida joylashganlaridan kelib chiqadi. Masalan, [Pt(NH3)4Cl2]Br2 va [Pt(NH3)4Br2]Cl2 kompleks birikmalaridan ionizatsion izomerlardir. Ionizatsion izomerlar odatda bir-biridan fizikaviy va kimyoviy xosssalari bo`yicha keskin farq qiladi. Masalan, to’q qizil [Co(NH3)5Br]SO4 kompleks birikma ionlari bilan oq BaSO4 cho`kma hosil qiladi, chunki kompleksni ichki va tashqi sferalarga parchalaganda hosil bo`lgan SO42– va Ba2+ - ion bilan reaksiyaga kirishadi. Bu kompleksga ionizatsion izomer bo`lgan [Co(NH3)5SO4]Ba bariy ionlari bilan umuman reaksiyaga kirishmaydi, lekin kompleksning suvli eritmasiga Ag(I) – ionlari qo`shilsam sariq rangli AgBr cho`kma hosil bo`ladi. Ionizatsion izomeriya hodisasi ko’p kompleks birikmalarning ichki va tashqi koordinatsion sferalar tarkibini aniqlashda katta yordam beradi. Solvat izomeriya etuvchi molekulalarning ichki yoki tashqi koordinatsion sferada joylanishidan kelib chiqadi. Erituvchi sifatida suv bo`lsa, gidrat izomeriya sodir bo`lad. Gidrat izomeriyaga xrom (III) ning suv va xlor ligandlari bilan hosil qilgan bir nechta komplekslarini misol qilib keltirsa bo’ladi: [Cr(H2O)6]Cl3 – bo`z-zangori rangli [Cr(H2O)5Cl]Cl2*H2O – och-ko`k rangli [Cr(H2O)4Cl2]Cl*2H2O – to’q-ko’k rangli Bu izomerlarga H2SO4 ta`sir qilinganda birinchi izomer suvni yo`qotmaydi ( oltita suv molekulasi ichki koordinatsion sferada joylashgan), ikkinchi izomer bittam uchunchi izomer ikkita tashqi koordinatsion sferada joylashgan suv molekulalarini yo`qotadi. Tashqi sferada joylashgan Cl– - ionlarning sonini aniqlash ham oson bo`ladi. Komplekslarning 1 mol eritmalariga AgNO3 eritmasidan ortiqcha miqdor qo`shilganda 3,2 va 1 mol AgCl cho`kmasi hosil bo’ladi. Nihoyat, koordinatsion izomeriya tarkibida kompleks kation va kompleks anion bo’lgan birikmalarda uchrab ularda ligandlarning bir-biri bilan almashinishi natijasida sodir bo’ladi. Masalan,binafsha rangli [Cu(NH3)4][PtCl4] va ko’k rangli [CuCl4][Pt(NH3)4] kompleks birikmalar koordinatsion izomerlardir, chunki ularning umumiy tarkibi bir xil bo’lganiga qaramay xlor ionlari va ammiak molekulalari bir-biri bilan almashgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling