V. G. Yusupov, M. T. Toshev, N. A. Parpiyev koordinatsion birikmalar kimyosi
-jadval Elektromagnit to`lqinlar shkalasi
Download 0.49 Mb.
|
Kompleks birikmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2 ELEKTRON SPEKTROSKOPIYA
Albatta, atomning ichki qavatida joylashgan elektronlar yadro bilan kuchli bog`langan. Shuning uchun bu elektronlarni atomdan ajratish uchun 103 – 105 eV energiya sarflanishi kerak. Bunday energiyaga roentgen nurlari ega. Atomning tashqi qavatida joylashgan elektronlar yadro bilan kuchsizroq bog`langan bo`lganliklari uchun ularni bir energetik holatdan boshqa, yadrodan uzoqroq energetik holatga o’tkazish uchun kamroq, ya`ni 10- 102 eV energiya sarflash kerak. Bunday electron o`tishlarni ko’zga ko’rinarli va UB sohasida joylashgan optik spektrlarda ko’rish mumkin. IK va KC spektrlar yordamida molekulalarda atomlarni ma’lum muvozanat holat atrofida tebranishlari natijasida hosil bo’lgan tebranish holatlari orasidagi energetik farqlar o’rganiladi. Aylanma spektrlar molekulani fazoda aylanishi natijasida hosil bo’ladi. Molekulaning aylanishi natijasida hosil bo’lgan har xil energetik sathlar orasidagi farq juda kichik bo’lib, 10–2 – 10–5 eV ni tashkil etadi. Bunday sathlar orasidagi energetik o’tishlarni uzoq IK va mikroto’lqin spektr sohalarida o’rganish mumkin. Elekron spin va kvant soniga ega bo’lganligi uchun atom va molekulalarda qo’shimcha energetik sathlar mavjud bo’ladi. Energetik sathlarning farqi atomning massasi kattalashishi bilan ortib boradi (10–5 eV dan 10–2 eV gacha). Bunday energetik sathlar orasidagi o’tishlarni EPR usuli yordamida o’rganish mumkin. Eng kichik farqga ega energetik sathlar atom yadrosining o’ziga tegishli spinlari (yadro spinlari) bo’lishidan kelib chiqadi. Bunday darajalar orasidagi o’tishlarni YaMR va YaKR usullari yordamida o’rganiladi. Odatda kichik energetik sathlar orasidagi, magnit momentlari bilan farq qiladigan o’tishlar, ulardan kattaroq bo’lgan energetik sathlarlar orasidagi o’tishlarga ta’sir qiladi. Natijada yuqoriroq energetic sathlar orasidagi o’tish natijasida hosil bo’lgan spektr chiziqlari qo’shimcha bo’linishga uchraydi. Bunday bo’linishlar yuqori nozik struktura deb atalib, hosil bo’lgan spektrlar esa multipletli spektrlar nomi bilan yuritiladi. Masalan, elektron yoki yadro spinlari farqi natijasi hosil bo`lgan energetik sathlar γ-rezonans, ko’zga ko’rinarli va UB sohasida kuzatilgan spektrlarni qo’shimcha parchalanishiga olib keladi. Magnit maydoni ta’sirida ko’zga ko’ringan va UB sohada joylashgan energetik sathlarning qo’shimcha bo’linishi Zeeman effekti deb ataladi. Agar energetik sathlarning qo`shimcha bo’linishi elektr maydonda hosil bo’lsa, bunday hodisa Shtark effekti deb nomlanadi. 4.2 ELEKTRON SPEKTROSKOPIYA Koordinatsion birikmalar markaziy atomdan (odatda d- yoki f-elementdan) va unga bog`langan anorganik yoki organik molekulalardan iborat. Bunday birikmalarning elektron spektrlarida markaziy atom bilan bog`langan d-d yoki f-f – elektron o’tishlardan kelib chiqqan yutilish chiziqlari, odatda spektrning ko’zga ko’rinarli maydonida joylashadi. Ligandlarning elektron o’tishlari esa UB maydonda joylashgan bo’ladi. Shuning uchun koordinatsion birikmalarning elektron spektrlarini tushunish uchun metal ligandning qaysi turi bilan bog’langanligini bilish uchun qisqacha holda anorganik va organik ligandlarning UB spektrlari bilan tanishib chiqish kerak. Agar atomlardan bir guruhining energiya yutishi ma’lum chegarada bo’lib molekulaning boshqa qismida joylashgan atomlarga bog`liq bo’lmasa bunday yutilish o’ziga xos yutilish deb nomlanadi. Spektrda o’ziga xos yutilishlarni mavjudligi moddada ma’lum strukturaviy elementlarning borligini ko’rsatadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling