Marhabo , Navro’zi olam !
V sinf o’quvchilarining muchal hamda Navro’z tantanalariga bag’ishlab tayyorlagan bayram sseneriysi
Hamma ;
Bor - ho , kel – ho , hamalam – ha , amalim - ha
Sayl bunda , tezda yetib kel .
Otda uchib kel
Kuylagani kel , o’ynagani kel
Tortishgani kel ,
Bellashgani kel
Joyni topib kel
Tezroq chopib kel ,
Kelmasang ham kel , kel , ho , k – e – e – e – l !
1 – jarchi Javohir
- Hoy , hoy odamlar
Bog’da bitgan bodomlar
Barcha dildan ga’m ketdi ,
Navro’zi olam yetdi .
2 – jarchi Abbos
- Childirmani chalingiz ,
Bu kun o’ynab kuling siz
Navro’zning xushnud dami
Sayilga yo’l olingiz .
2 ta jarchi birdan
- Bor – ho , kel – ho , hamalim ha , amalim ha
Davraga 2 ta boshlovchi qizni taklif etamiz . Mahbuba va Feruza .
1 – boshlovchi :
Navro’z yurtning shodlik saltanatidir
Ezgulik yaxshilik sharofatning inson qalbiga
Ilohiy nur qo’ygan karomatidir .
2 – boshlovchi : Feruza
Obi hayot suvin ichgan bayram bu
Zamondan zamonga ko’chgan bayram bu
Har kunimiz Navro’z bo’lsin , deb tilab
Payg’ambar nazari tushgan bayram bu
1 – boshlovchi : Mahbuba
Assalomu alaykum , aziz ustozlar , qadrli ota – onalar va davramizga tashrif buyurgan muhtaram mehmonlar: Bahor tarovati bilan yashnagan yurtimiz go’shalariga o’zgacha shodiyona , chunki navro’z olam qutlug’ qadamlar ila yurtimizga tashrif buyurmoqda .
2 – boshlovchi ; Feruza
Bugungi Navro’z tantanalari va 5 – sinf o’quvchilarining muchal bayramlari munosabati bilan o’tkazilayotgan “Marhabo Navro’zi olam ” nomli tadbirimizga xush kelibsiz .
Do'stlaringiz bilan baham: |