Jarchi: Ho-ho-ho, odamlaru odamlar! Eshitmadim demanglar. Hosil bayrami bugun, Yuzlar shodlikdan gulgun. Ko`rgan do`star darmonda, Ko`rmaganlar armonda. 1-o`quvchi


Download 35.56 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi35.56 Kb.
#1387211
Bog'liq
mexrjon bayram senariy


Tadbir o`tkaziladigan joy turli hil mevalar, ko`rgazmalar va shiorlar bilan bezatilgan. Sahnaga jarchi kirib keladi.
Jarchi: Ho-ho-ho, odamlaru odamlar!
Eshitmadim demanglar.
Hosil bayrami bugun,
Yuzlar shodlikdan gulgun.
Ko`rgan do`star darmonda,
Ko`rmaganlar armonda.
1-o`quvchi: Qani do`stim, bayramni boshlaymizmi?
2-o`quvchi: Albatta boshlaymiz, eng oldin mehmonlar bilan salomlashib olaylik.
1-o`quvchi: Assalom davramizning,
Siz aziz mehmonlari.
Assalom ilm-fanning,
Sohibu davronlari!
2-o`quvchi: Hush kelibsiz onajonlar,
Otaxonlar assalom.
Hur Vatan chechaklari,
Bolajonlar assalom!
1-o`quvchi: Endi navbatni kimga bersak ekan?
2-o`quvchi: O`rtoqjon, ko`rib turibsanki, bugun hamma xursand. Chunki dehqonlar ham, bog`bonlar ham hosilni rejadan ortig`i bilan yig`ib-terib olishgan. Do`stim, bog`bon boboni chaqiraylikda, ularning dil so`zlariga quloq tutaylik.
1-o`quvchi: Mayli.
Bog`bon bobo, bog`bon bobo,
Davramizga marhabo.
Bog`bon bobo: Labbay aziz bolalarim, gulgun chehra donolarim. Hosil bayramingiz muborak bo`lsin! Men bog`imdan sizlar uchun shirin-shakar mevalardan olib keldim.
Bolalar: Rahmat bog`bon bobo, sizning ham bayramingiz muborak bo`lsin!
Navshati: Meni derlar navshati,
Mevalarim sharbatli.
Olma: Yuzlarim taram-taram,
Yesangiz maza biram.
Vitaminning koniman,
Asli darmondoriman.
Anor: Anorman, qizil yuzim,
Yumaloqman, men o`zim.
Ohista ochib po`stim,
Maza qilib ye do`stim.
Yong`oq: Kuz kelganda pishaman,
Qoqsang tap-tap tushaman.
Yog`li qilib noningni,
Tozalayman qoningni.
Jiyda: Bir mevaki, to`ni bor,
To`n ichida uni bor.
Faqat un, deb o`ylamang,
Ichida ustuni bor.
Nonjiyda: Kumush yaproq nonjiyda,
Hamma sevadi juda.
Qoqib olsak kuz chog`i,
Do`stlarning chog` dimog`i.
Do`lanaoy: Tog` mevasiga kiraman. Mening beshta turim bor. Men tog` yon bag`irlarida, shag`alli qiyalarida o`saman, sarig`idan ko`ra qizil mevam juda ko`p kassalliklarga davo.
Uzum: Kishmish, charos, daroyi,
Oltin kabi husayni.
To`yib-to`yib yesang ham,
Tag`in ko`ngling tusaydi.
Dehqonbobo: Shirin-shakar bolajonlar! Bugungi hosil bayramingiz muborak bo`lsin deyman. Saxiy kuz o`zining saxovati, qut-barakasi bilan quyoshli yurtimizga kirib keldi. Yurtdoshlarimiz yil davomida qilgan mehnatlari mahsuli hosilni yig`ib-terib olishga kirishgan.. Dalalarda hosil mo`l bo`lgan. Xirmonlar, omborlar don-dunda, kuz ne`matlariga to`lgan. Men bilan birga Bug`doyvoy, Makkajo`xori, Karam xola, Qovoqvoy, Sabzi, Piyoz, Garmdori, Kartoshka, Qovun va Tarvuz ham mehmon bo`lib kelishgan. Keling endi ulardan ayrimlarining so`zlarini tinglaylik.
Sabzi: Qizil-sariq rangda biz,
Yengilmaymiz jangda biz.
Askarlardek safimiz,
Tegadi ko`p nafimiz.
Piyoz: Ro`zg`orda qish yo yozdir,
Eng kerakli piyozdir.
Oshga solmay ko`ringchi,
Ta`m bermaydi guruchi.
Erta bahor ekilgan,
Ko`k bargim koni foyda.
Shuni unutmang zinhor,
Men kerakman har joyda.
Lavlagi: Tinglang mening ham so`zim,
Ko`p dardga davo o`zim.
Kamqonlarga qon bo`lgum,
Ham shifo darmon bo`lgum.
Garmdori: Garmdori degani,
Yarim dori degani.
Taomga ta`m beraman,
Asabga dam beraman.
Ko`p ishlatsang atayin,
Bir odatim aytayin.
Achchig`imga bermay dosh,
Ko`zlaringdan oqar yosh.
Pomidor: Barglar ostidan,
Boqsam mo`ralab.
Uzgingiz kelar,
Tongda saralab.
Boshlovchi: Bolajonlar! Mana, hamma jamuljam bo`ldi. Aytingchi, davramizda yana kim yetishmayapti?
Bolalar: Biz uchun qimmatbaho oq oltinga teng Paxtaoy.
Boshlovchi: Keling bolalar, birgalikda davraga Paxtaoyni chaqiraylik.
Barcha: Paxtaoy, hoy Paxtaoy,
Davraga qo`sh, fayz chiroy.
Boshlovchi: Endi bolajonlar, nechog`li topqir ekanligingizni bilish uchun navbatni topishmoqlarga bersak

  1. Marjon-marjon yumaloq,

Yaproqlari shapaloq.
Qora, qizil, sariq, oq,
Yeb ko`rmasdan o`ylab boq.

  1. Mayda yoqutday qizil,

Shirin, nordon xilma-xil.
Qalin taxir po`sti bor,
Hamma yerda do`sti bor.

  1. Yumaloq, semiz yog`i yo`q,

Xo`ppa semiz, po`sti yo`q!

  1. Oq gulim, oppoq gulim,

Husniga shaydo elim.
Boshlovchi: Bolajonlar, keling endi tez aytish musobaqasini o`tkazamiz.

  1. Ko`k karam ko`pmi,

Po`k karam ko`pmi?

  1. Sobir sakkizta sabzi sanadi,

Sakkizta sabzini Sobir sanadi.
Boshlovchi: Bolajonlar, keling bir kulishaylik. Navbatni qatra xandaga beramiz.
1-o`quvchi: Yer tagida hayot bormi?
2-o`quvchi: Yer tagida hayot yo`q unda hayot nima qiladi?
1-o`quvchi: Yer tagida hayot bor. Agar hayot bo`lmasa, rediskani kim qizilga bo`yaydi.
1-o`quvchi: Osmonda hayot bormi?
2-o`quvchi: Osmonda hayot nima qiladi?
1-o`quvchi: Osmonda hayot bor. Osmonda hayot bo`lmasa, kim yulduzlarni terib qo`yadi.
O`qituvchi: Aziz bayram qatnashchilari! Mana bugungi ajoyib bayramimiz ham nihoyasiga yetdi. Xushnud kayfiyat ila barchangizga sog`lik-omonlik tilayman. Yanagi hosil bayramigacha sog`-salomat bo`laylik. Yurtimiz tinch, hosilimiz bundanda mo`l bo`lsin!
Download 35.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling