“Mehrjon bayrami” tadbiri ssenariysi
Download 38.62 Kb.
|
hosil bayrami
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-o`quvchi
- Bolalar
- Yong`oq
- Nonjiyda
- Uzum
- Sabzi
- Lavlagi
- Pomidor
- Barcha
- Boshlovchi
- 2-o`quvchi
“Mehrjon bayrami” tadbiri ssenariysiTadbir o`tkaziladigan joy turli hil mevalar, ko`rgazmalar va shiorlar bilan bezatilgan. Sahnaga jarchi kirib keladi. Jarchi: Ho-ho-ho, odamlaru odamlar! Eshitmadim demanglar. Hosil bayrami bugun, Yuzlar shodlikdan gulgun. Ko`rgan do`star darmonda, Ko`rmaganlar armonda. 1-o`quvchi: Qani do`stim, bayramni boshlaymizmi? 2-o`quvchi: Albatta boshlaymiz, eng oldin mehmonlar bilan salomlashib olaylik. 1-o`quvchi: Assalom davramizning, Siz aziz mehmonlari. Assalom ilm-fanning, Sohibu davronlari! 2-o`quvchi: Hush kelibsiz onajonlar, Otaxonlar assalom. Hur Vatan chechaklari, Bolajonlar assalom! 1-o`quvchi: Endi navbatni kimga bersak ekan? 2-o`quvchi: O`rtoqjon, ko`rib turibsanki, bugun hamma xursand. Chunki dehqonlar ham, bog`bonlar ham hosilni rejadan ortig`i bilan yig`ib-terib olishgan. Do`stim, bog`bon boboni chaqiraylikda, ularning dil so`zlariga quloq tutaylik. 1-o`quvchi: Mayli. Bog`bon bobo, bog`bon bobo, Davramizga marhabo.
Mevalarim sharbatli. Olma: Yuzlarim taram-taram, Yesangiz maza biram. Vitaminning koniman, Asli darmondoriman. Anor: Anorman, qizil yuzim, Yumaloqman, men o`zim. Ohista ochib po`stim, Maza qilib ye do`stim. Yong`oq: Kuz kelganda pishaman, Qoqsang tap-tap tushaman. Yog`li qilib noningni, Tozalayman qoningni. Jiyda: Bir mevaki, to`ni bor, To`n ichida uni bor. Faqat un, deb o`ylamang, Ichida ustuni bor. Nonjiyda: Kumush yaproq nonjiyda, Hamma sevadi juda. Qoqib olsak kuz chog`i, Do`stlarning chog` dimog`i. Do`lanaoy: Tog` mevasiga kiraman. Mening beshta turim bor. Men tog` yon bag`irlarida, shag`alli qiyalarida o`saman, sarig`idan ko`ra qizil mevam juda ko`p kassalliklarga davo. Uzum: Kishmish, charos, daroyi, Oltin kabi husayni. To`yib-to`yib yesang ham, Tag`in ko`ngling tusaydi. Dehqonbobo: Shirin-shakar bolajonlar! Bugungi hosil bayramingiz muborak bo`lsin deyman. Saxiy kuz o`zining saxovati, qut-barakasi bilan quyoshli yurtimizga kirib keldi. Yurtdoshlarimiz yil davomida qilgan mehnatlari mahsuli hosilni yig`ib-terib olishga kirishgan.. Dalalarda hosil mo`l bo`lgan. Xirmonlar, omborlar don-dunda, kuz ne`matlariga to`lgan. Men bilan birga Bug`doyvoy, Makkajo`xori, Karam xola, Qovoqvoy, Sabzi, Piyoz, Garmdori, Kartoshka, Qovun va Tarvuz ham mehmon bo`lib kelishgan. Keling endi ulardan ayrimlarining so`zlarini tinglaylik. Sabzi: Qizil-sariq rangda biz, Yengilmaymiz jangda biz. Askarlardek safimiz, Tegadi ko`p nafimiz. Piyoz: Ro`zg`orda qish yo yozdir, Eng kerakli piyozdir. Oshga solmay ko`ringchi, Ta`m bermaydi guruchi. Erta bahor ekilgan, Ko`k bargim koni foyda. Shuni unutmang zinhor, Men kerakman har joyda. Lavlagi: Tinglang mening ham so`zim, Ko`p dardga davo o`zim. Kamqonlarga qon bo`lgum, Ham shifo darmon bo`lgum. Garmdori: Garmdori degani, Yarim dori degani. Taomga ta`m beraman, Asabga dam beraman. Ko`p ishlatsang atayin, Bir odatim aytayin. Achchig`imga bermay dosh, Ko`zlaringdan oqar yosh. Pomidor: Barglar ostidan, Boqsam mo`ralab. Uzgingiz kelar, Tongda saralab. Boshlovchi: Bolajonlar! Mana, hamma jamuljam bo`ldi. Aytingchi, davramizda yana kim yetishmayapti? Bolalar: Biz uchun qimmatbaho oq oltinga teng Paxtaoy. Boshlovchi: Keling bolalar, birgalikda davraga Paxtaoyni chaqiraylik. Barcha: Paxtaoy, hoy Paxtaoy, Davraga qo`sh, fayz chiroy. Boshlovchi: Endi bolajonlar, nechog`li topqir ekanligingizni bilish uchun navbatni topishmoqlarga bersak Marjon-marjon yumaloq, Yaproqlari shapaloq. Qora, qizil, sariq, oq, Yeb ko`rmasdan o`ylab boq.
Mayda yoqutday qizil, Shirin, nordon xilma-xil. Qalin taxir po`sti bor, Hamma yerda do`sti bor. Yumaloq, semiz yog`i yo`q, Xo`ppa semiz, po`sti yo`q! Oq gulim, oppoq gulim, Husniga shaydo elim. Boshlovchi: Bolajonlar, keling endi tez aytish musobaqasini o`tkazamiz. Ko`k karam ko`pmi, Po`k karam ko`pmi? Sobir sakkizta sabzi sanadi, Sakkizta sabzini Sobir sanadi. Boshlovchi: Bolajonlar, keling bir kulishaylik. Navbatni qatra xandaga beramiz. 1-o`quvchi: Yer tagida hayot bormi? 2-o`quvchi: Yer tagida hayot yo`q unda hayot nima qiladi? 1-o`quvchi: Yer tagida hayot bor. Agar hayot bo`lmasa, rediskani kim qizilga bo`yaydi. 1-o`quvchi: Osmonda hayot bormi? 2-o`quvchi: Osmonda hayot nima qiladi? 1-o`quvchi: Osmonda hayot bor. Osmonda hayot bo`lmasa, kim yulduzlarni terib qo`yadi. O`qituvchi: Aziz bayram qatnashchilari! Mana bugungi ajoyib bayramimiz ham nihoyasiga yetdi. Xushnud kayfiyat ila barchangizga sog`lik-omonlik tilayman. Yanagi hosil bayramigacha sog`-salomat bo`laylik. Yurtimiz tinch, hosilimiz bundanda mo`l bo`lsin! Download 38.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling