V sinf tarix fanidan savol-javoblar tarixiy manbalar 1


– QADIMGI DINIY E’TIQODLAR


Download 97.14 Kb.
bet8/38
Sana05.11.2023
Hajmi97.14 Kb.
#1749287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
5-sinf tarixdan hikoyalar savol-javob

11 – QADIMGI DINIY E’TIQODLAR

  1. Qadimiy diniy e’tiqodlarning paydo bo’lishiga nima sabab bo’ladi? Odamlarning tabiatning ko’pgina hodisalarini tushunib yetmasligi

  2. Odamlarning o’zlarining qurshab turgan tabiatda ro’y berayotgan voqea-hodisalarga ishonmoqlik nima deyiladi? Diniy tasavvur

  3. Qadimiy diniy e’tiqodlarning asosini qaysi diniy e’tiqod shakllari tashkil etadi? Totemizm, animizm, fetishizm, sehrgarlik

  4. Odamlarning ajdodlari bilan ayrim hayvonlar va o’simliklar o’rtasida qandaydir aloqa, yaqinlik va qon-qarindoshlik borligiga ishonmoqlik nima deyiladi? Totemizm (totemiylik)

  5. Odam tanasida jon (ruh) borligiga, vafot etgan kishilarning arvohlariga va tabiatning o’zi ham jonli ekanligiga, ruhlar tabiat hodisalarini boshqarib turishiga ishonish nima deyiladi? Animizm (Animiylik)

  6. Jonsiz narsalarda odamlar bilmaydigan sehrli hususiyatlar bor deb ishonish nima deyiladi? Fetishizm (Fetishiylik)

12 – “AVESTO” – AJDODLARIMIZNING ILK YOZMA MANBASI

  1. Zardushtiylik dini nechanchi asrlarda paydo bo’lgan? Mil.avv. IX-VIII asrlarda

  2. Zardushtiylik dini qayerda vujudga kelgan? Xorazmda

  3. Zardushtiylik dinida oliy xudo qaysi bo’lgan? Axuramazda

  4. Axuramazda so’zining ma’nosi nima? “Donishmand”, “yuksak”, “daholi”

  5. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi nima deyiladi? “Avesto”

  6. “Avesto” so’zining ma’nosi nima? “Qat’iy belgilangan qonun qoidalar”

  7. Avesto necha yil avval yaratilgan? 2700 yil avval

  8. “Avesto” nimaga yozilgan? 12 mingta qoramol terisiga

  9. Avesto qaysi Eron shohi xazinasida saqlangan? Doro III

  10. Avesto kimning bosqinchilik yurishlari natijasida katta qismi yoqib yuborilgan? Makedoniyalik Aleksandr

  11. Makedoniyalik Aleksandr Avestoning qaysi qismlarini grek tiliga tarjima qildirgan? Astronomiya, falsafa va tibbiyotga oid qismlarini

  12. Yurtimizga arablarning bosqini natijasida zardushtiylik dinining tarafdorlari qaysi davlatga ketib jon saqlashgan? Hindistonga

  13. Avestoning bizgacha yetib kelgan qismi nechta kitobdan iborat? 4 ta kitobdan

  14. Avestoda aytilishicha, Axuramazda o’zi yaratgan tartib qoidalarning amal qilinishi uchun kurashgan. Bunda unga kimlar yordam bergan? 6 ta farishta

  15. Avestoga ko’ra barcha yovuzliklarni kim yuboradi? Axriman

  16. Avestoga ko’ra, insondagi barkamollik belgisi hisoblangan uch xislat qaysi? Yolg’on gapirmaslik, bergan va’dasining ustidan chiqish, yaxshilik qilish

  17. Avestoda qaysi uch fikr zardushtiylik axloqining asosini tashkil etadi? Ezgu amal, ezgu fikr, ezgu so’z

  18. Zardushtiylik dinida muqaddas xisoblangan unsurlar qaysilar? Olov, tuproq, suv, havo

  19. YUNESKO tashkiloti nechanchi yilda Avestoning 2700 yilligini nishonlash to’g’risida qaror qabul qiladi? 1999-yilda

  20. O’zbekistonda Avestoning 2700 yilligi nechanchi yilda nishonlanadi? 2001-yilda


Download 97.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling