V sinf tarix fanidan savol-javoblar tarixiy manbalar 1


Download 97.14 Kb.
bet5/38
Sana05.11.2023
Hajmi97.14 Kb.
#1749287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
5-sinf tarixdan hikoyalar savol-javob

7 - MUZEYLAR

  1. Tarixiy , moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklarini asrovchi, saqlovchi, o’rganuvchi va xalqqa namoyish qiluvchi ilmiy-ma’rifiy muassasa nima deyiladi? Muzey

  2. Muzeylarda yig’ilgan narsalar nima deyiladi? Kolleksiya

  3. Muzeylar dastlab qanday joylarda tashkil etilgan? Ibodatxonalarda

  4. Yevropada ko’plab muzeylarning tashkil etilishi va muzeyshunoslik fanining vujudga kelishi nechanchi asrlarga to’g’ri keladi? XIV-XVII asrlarga

  5. Jahonning eng mashxur muzeylari qaysi davlatlarda joylashgan? AQSh, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi

  6. Ermitaj muzeyi qayerda joylashgan? Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida

  7. Luvr muzeyi qayerda joylashgan? Parijda

  8. Britaniya muzeyi qaysi shaharda joylashgan? London

  9. Uffitsi muzeyi qaysi davlatda joylashgan? Italiyada

  10. Luvr muzeyi qachon ochilgan? 1546-yilda

  11. Luvr muzeyi dastlab qanday joy vazifasini o’tagan? Qirol saroyi

  12. Luvr muzeyida qaysi qadimgi davlatlarda yaratilgan noyob san’at durdonalarining asl nusxalari saqlanadi? Misr, Gretsiya, Rim

  13. O’zbekistonda muzeylar dastlab qachon tashkil etilgan? XIX asrning ikkinchi yarmida

  14. Toshkent o’lkashunoslik muzeyi, Samarqand xalq muzeyi, Farg’ona xalq muzeylari nechanchi yilda tashkil etilgan? 1876-yilda

  15. Muzeylarda ko’rgazmaga qo’yilgan buyumlar nima deyiladi? Eksponat

  16. YUNESKO tashkiloti tarkibidagi IKOM nima? Muzeylar Xalqaro Kengashi

  17. Qaysi tashkilot o’z tarkibiga milliy muzeylarni birlashtirgan? IKOM

8 – AFSONALAR

  1. Afsona bu – xalq og’zaki ijodining bir turidir

  2. Afsona asosida nima yotadi? Uydirma, hayoliy va to’qima tasavvur

  3. Afsona nimasi bilan rivoyatdan farq qiladi? Asosida mo’jiza, sehr, hayrat borligi bilan

  4. Asotir ya’ni rivoyatlar afsonadan nimasi bilan farq qiladi? Hayot haqiqatiga anchagina yaqinligi bilan

  5. Rivoyatlar nimaga asoslanadi? Hayotda ro’y bergan qandaydir tarixiy voqeaga

  6. Dunyodagi deyarli barcha xalqlar og’zaki ijodining eng qadimgi ommaviy janri nima deyiladi? Afsona

  7. Qaysi janrda hayotda ro’y bermagan bo’lsa-da, ro’y berishi mumkin bo’lgan voqealar hikoya qilinadi? Afsona

  8. Afsonalarning asosiy xususiyati nima? Badiiy to’qima

  9. Afsona so’zi qaysi tildan olingan? Forscha


Download 97.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling