V sinf tarix fanidan savol-javoblar tarixiy manbalar 1


– TANGALAR – TARIX GUVOHI


Download 97.14 Kb.
bet14/38
Sana05.11.2023
Hajmi97.14 Kb.
#1749287
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
5-sinf tarixdan hikoyalar savol-javob

19 – TANGALAR – TARIX GUVOHI

  1. Tanga so’zining ma’nosi nima? Turkiycha tamg’a so’zidan olingan bo’lib, maxsus ramzlar tushirilgan va ma’lum og’irlikka hamda qiymatga ega bo’lgan metalldan yasalgan pul

  2. Arxeologlarning aniqlashicha dastlabki tangalar qayerlarda paydo bo’lgan? Osiyodagi Lidiya va Yevropadagi Argosda

  3. Dastlabki tangalar Lidiya va Argosda nechanchi asrlarda paydo bo’lgan? Mil.avv. VIII-VII asrlarda

  4. Qadimda Lidiya hududida qanday metall ko’p bo’lgan? Oltin

  5. Qadimgi Lidiya hududida oltindan zarb etilgan tangalar nima deyilgan? Starter

  6. Eron Podshosi Doro I davrida qanday nomdagi tangalar zarb etilgan? “Darik”

  7. Doro I ning darik nomli tangasini og’irligi qancha bo’lgan? 8,4 gramm

  8. Doro I ning darik nomli tangasi qanday metalldan yasalgan? Oltin

  9. O’zbekiston hududida dastlab kimning tangasi muomalada bo’lgan? Doro I ning darik tangasi

  10. Qadimgi Lidiya davlatining tangasi starterga nimani tasviri tushirilgan edi? Yugurib ketayotgan tulkining tasviri

  11. Qadimgi Lidiya davlatining bosh xudosi kim bo’lgan? Bassarey

  12. Qadimgi Lidiyaliklarning tangasidagi tulki ramzi nimaning ramzi bo’lgan? Lidiyaliklarning bosh xudosi Bassareyning

  13. Tulki qaysi qadimgi davlarda muqaddas jonivor hisoblangan? Qadimgi Lidiyada

  14. Qadimgi Argos davlati tangalarida nima tasvirlangan? Toshbaqa

  15. Nima uchun qadimgi Argos davlatining tangalarida toshbaqa ramzi tasvirlangan? Chunki toshbaqa muqaddas hisoblangan

  16. Nima uchun qadimgi davlatlarning qator hukmdorlari o’z tasvirini tangalarga zarb ettirgan? O’z nomini abadiylashtirish uchun

  17. Yunon Baqtriyaning qaysi hukmdori o’z tasvirini tangaga tushirgan Yevkratid

  18. O’zbekiston respublikasining pul birligi so’m qachon muomalaga kiritilgan? 1994-yil 1-iyulda 8

  19. O’zbekiston Respublikasi tangalarida nima tasvirlangan? Yuz qismiga uning necha so’m ekanligi, orqa tomoniga “O’zbekiston respublikasi” yozuvi va davlatimiz gerbi

  20. A. Temurning 660 yillik yubileyi qachon nishonlangan? 1996-yilda

  21. Toshkentning 2200 yilligi qachon nishonlangan? 2009-yilda

  22. Tarixiy voqealar, buyuk tarixiy shaxslarning muayyan yoshini tantanali nishonlash nima deyiladi? Yubiley


Download 97.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling