V sinf tarix fanidan savol-javoblar tarixiy manbalar 1


– TO’MARIS VA SHIROQ JASORATI


Download 97.14 Kb.
bet23/38
Sana05.11.2023
Hajmi97.14 Kb.
#1749287
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Bog'liq
5-sinf tarixdan hikoyalar savol-javob

31 – TO’MARIS VA SHIROQ JASORATI

  1. Mil.avv. VI asrda Ahamoniylar O’rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari chog’ida qaysi davlatlarni egallaydi? Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya

  2. Eron shohi Kir II dastlab yurtimizdagi qaysi qabilalarga qarshi yurish qiladi? Massagetlar

  3. Kir II ning massagetlarga qarshi yurishida massagetlar malikasi kim edi? To’maris

  4. Kir Iining massagetlar yurtiga bostirib kirishi haqida qaysi yunon tarixchisi yozib qoldirgan? Gerodot

  5. Kir II massagetlarga qarshi nechanchi yilda yurish boshlaydi? Mil.avv. 530-yilda

  6. Kir II To’marisning qaysi o’g’lini hiyla yo’li bilan asir oladi? Sparganisni

  7. “Mening bilishimcha, urushlar ichida bundayin urushni hali hech kim ko’rmagan”. Kir II va To’maris o’rtasidagi jang haqidagi bu gaplar kimga tegishli? Gerodotga

  8. Ahamoniylar shohi Doro I nechanchi yilda yurtimizdagi saklar ustiga qo’shin tortadi? Mil.avv. 519-yilda 14

  9. Doro Ining saklarga qarshi yurishida jasorat ko’rsatgan sak qabilasi vakili kim? Shiroq

  10. Eronda Ahamoniylar davlati nechanchi yillarda faoliyat ko’rsatgan? Mil.avv. 558-330-yillarda

  11. O’lpon nima? Soliq

32 – SPITAMENNING QAHRAMONLIGI

  1. Yevropada Makedoniya davlati nechanchi asrda tashkil topadi? Mil.avv. IV asrda

  2. Makedoniya podshosi Filipp II dan keyin taxtni kim egallaydi? 20 yoshli Aleksandr

  3. Makedoniya podshosi Aleksandr nechanchi yillarda yashagan? Mil.avv.356-323-yillarda

  4. Makedoniyalik Aleksandr nechanchi yilda Baqtriyani bosib oladi? Mil.avv. 329-yilda

  5. Makedoniyalik Aleksandr davrida Samarqand qanday nom bilan yuritilgan? Marokanda

  6. Makedoniyalik Aleksandr Sirdaryo tomonga yurishini davom ettirishdan oldin qaysi shaharni o’zining qarorgohiga aylantiradi? Maroqandani

  7. Makedoniyalik Aleksandrga qarshi yurtimizda ozodlik harakati necha yil davom etadi? Uch yil

  8. Makedoniyalik Aleksandrga qarshi yurtimizda ozodlik harakatiga kim boshchilik qiladi? So’g’diyonalik Spitamen

  9. Spitamen Marokandani egallagach Aleksandr unga qarshi nechta askar yuboradi? To’rt mingga yaqin

  10. Yurtdoshlari Spitamenga qanday nom berishadi? Qoplon

  11. Spitamenning Qoplon deyilishini sababi nima edi? Qoplon terisini ustiga yopib yurganligi uchun emas, balki dovyurak va chaqqon bo’lganligi uchun

  12. Spitamen nechanchi yilda o’ldiriladi? Mil.avv. 328-yilda

  13. Spitamen vafotidan keyin Aleksandrga qarshi xalq kurashi necha yil davom etadi? Bir yil

  14. Aleksandr Eronni qancha muddatda bo’ysundirgan? Uch oyda

  15. Aleksandr O’rta Osiyoni qancha muddatda bo’ysundirgan? Uch yilda

  16. Aleksandr 33 yoshida qaysi kasallik bilan vafot etadi? bezgak


Download 97.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling