V sinf tarix fanidan savol-javoblar tarixiy manbalar 1


– ARABLARGA QARSHI XALQ OZODLIK KURASHI


Download 97.14 Kb.
bet24/38
Sana05.11.2023
Hajmi97.14 Kb.
#1749287
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
5-sinf tarixdan hikoyalar savol-javob

33 – ARABLARGA QARSHI XALQ OZODLIK KURASHI

  1. Arablarning O’rta Osiyoga bosqinchilik yurishiga kim boshchilik qilgan? Qutayba ibn Muslim

  2. Arablar yurtimizda nechanchi yilda o’z hukmronligini o’rnatadi? 715-yilda

  3. Arablar yurtimizni nima deyishgan? Movorounnahr

  4. “Movorounnahr” so’zining ma’nosi nima? Daryoning narigi tomoni

  5. O’rta Osiyoda arablarga qarshi Muqanna qo’zg’oloni nechanchi yilda boshlanadi? 769-yilda

  6. Muqannaning asl ismi nima? Hoshim ibn Hakim

  7. Muqanna qo’zg’oloni tarixda qanday nom oladi? “Oq kiyimlilar qo’zg’oloni”

  8. Nima uchun Muqanna qo’zg’oloni “Oq kiyimlilar qo’zg’oloni” nomini olgan? Qo’zg’olonchilar arablardan ajralib turish uchun oq kiyim kiyganlar

  9. “Oq kiyimlilar qo’zg’oloni” nechanchi yilgacha davom etgan? 783-yilgacha

  10. “Oq kiyimlilar qo’zg’oloni” qo’zg’olonchilarining asosiy qarorgohi qaysi qal’a edi? Som

  11. Som qal’asi qayerda joylashgan edi? Qashqadaryo vohasida

  12. Muqanna qanday qilib halok bo’ladi? O’zini yonib turgan tandirdagi olovga tashlaydi

34 – JALOLIDDIN MANGUBERDI

  1. Mo’g’ulistonda 1206-yilda qanday nomdagi davlat tashkil topadi? “Yakka mo’g’ul ulusi”

  2. “Yakka mo’g’ul ulusi” davlatini kim tashkil etgan? Temuchin

  3. Temuchin qanday unvon bilan ataladi? “Chingizxon”

  4. Chingizxon bosqini arafasida Xorazmshohlar davlatining hukmdori kim edi? Alouddin Muhammad

  5. Chingizxon nechanchi yildan Xorazmshohlar davlatiga harbiy yurish boshlaydi? 1219-yilda

  6. Urganch shahrida Chingizxonga qarshi ozodlik kurashiga kim boshchilik qilgan? Najmiddin Kubro

  7. Chingizxonga qarshi Urganch shahri qancha muddat mardonavor kurash olib boradi? Yetti oy

  8. Jaloliddin Manguberdi yashagan yillar? 1198-1231-yillar

  9. Alouddin Muhammad o’limidan oldin kimni taxt vorisi etib tayinlaydi? Jaloliddin Manguberdini

  10. Jaloliddin Manguberdi 1221-yilda qaysi qal’ani qamal qilib turgan mo’g’ullarga qarshi kurashib ularni tor-mor etadi? Valiyon

  11. Jaloliddin Manguberdining mo’g’ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g’alabasi qayerda bo’ladi? Valiyonda

  12. Valiyon qal’asidagi mag’lubiyatdan habar topgan Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi qancha qo’shin yuboradi? 45 ming

  13. Jaloliddin Manguberdi Chingizxon yuborgan 45 minglik qo’shinni qayerda mag’lub etadi? G’azna yonidagi Parvon dashtida. Jaloliddin Manguberdi g’alaba qozonadi

  14. “Parvon janggi”da Jaloliddin Manguberdi mo’g’ullarga qarshi qanday jang usulini qo’llaydi? Otdan tushib kamondan o’qqa tutish keyin yalpi hujumga o’tish

  15. Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon o’rtasidagi hal qiluvchi jang tarixda qanday nom olgan? “Sind janggi”

  16. Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon o’rtasidagi hal qiluvchi “Sind janggi” qachon bo’ladi? 1221-yil 24-26-noyabr kunlari

  17. Jaloliddin Manguberdi mo’g’ullarga qarshi nechanchi yilgacha kurash olib boradi? 1231-yilgacha 15

  18. Jaloliddin Manguberdi qayerda halok bo’ladi? 1231-yil avgust oyida Ozarbayjonda

  19. Islom Karimov tashabbusi bilan Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi qachon nishonlangan? 1999-yilda

  20. Jaloliddin Manguberdiga qaysi shaharda haykal o’rnatilgan? Xorazmda, Urganch shahrida

  21. “Jaloliddin Manguberdi” ordeni qachon ta’sis etilgan? 2000-yilda

  22. Valiyon qayerda joylashgan? Afg’onistondagi qadimgi shahar

  23. Parvon qayerda joylashgan? Afg’onistondagi shaharcha

  24. Sind daryosi qayerdan oqib o’tgan? Hozirgi Pokistonning shimolidan


Download 97.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling