V sinf tarix fanidan savol-javoblar tarixiy manbalar 1


– BIRINCHI JAHON URUSHI VA TURKISTON 20


Download 97.14 Kb.
bet32/38
Sana05.11.2023
Hajmi97.14 Kb.
#1749287
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Bog'liq
5-sinf tarixdan hikoyalar savol-javob

42 – BIRINCHI JAHON URUSHI VA TURKISTON 20

  1. Birinchi jahon urushi davrida Turkiston qaysi davlatning mustamlakasi edi? Podsho Rossiyasi

  2. 1916-yil Rossiya podshosi Nikolay II farmoniga ko’ra Turkistondan necha yoshdagi erkaklar mardikorlikka safarbar etish boshlandi? 19 yoshdan 43 yoshgacha

  3. “Bizni o’ldirsanglar ham farzandlarimizni bermaymiz” deb baralla aytgan mardikorlikka qarshi qo’zg’olonning faol qatnashchisi kim? Rizvonbib Ahmadjonova

  4. Jizzaxdan necha kishi mardikorlikka olinishi kerak edi? 11 ming kishi

  5. Jizzaxdagi mardikorlikka qarshi qo’zg’olonga kimlar rahbarlik qilgan? Nazirxo’ja Abdusalomov va Abdurahmon jevachi

  6. Mardikorlikka Turkistondan jami necha kishi safarbar etiladi? 120 mingdan ortiq kishi

  7. “Jevachi” so’zining ma’nosi nima? Qurol-aslahalar saqlanadigan omborxona mudiri

43 – IKKINCHI JAHON URUSHI

  1. Dunyodagi biron-bir xalqni nasl-nasabi oliy, toza, ular boshqa xalqlar ustidan hukmronlik qilishga haqli, deb da’vo qiluvchi g’oya nima deyiladi? Fashizm

  2. Germaniya fashistlari nechanchi yilda davlat hokimiyatini egallaydi? 1933-yilda

  3. Germaniya fashistlarining yetakchisi kim bo’lgan? Adolf Gitler

  4. 1939-yil 1-sentabr kuni Germaniya qaysi davlatga hujum qiladi? Polshaga

  5. Germaniyaning Polshaga hujum qilishiga javoban qaysi davlatlar Germaniyaga hujum qiladi? Angliya va Fransiya

  6. Ikkinchi jahon urushi qaysi davlatlarning aybi bilan yuz berdi? Germaniya, Italiya va Yaponiya

  7. Germaniya qachon SSSRga hujum qiladi? 1941-yil 22-iyun kuni

  8. 1941-yil dekabr oyida Yaponiya qaysi davlatga qarshi urush harakatlarini boshlaydi? AQSHga

  9. Ikkinchi jahon urushida Italiyani taslim bo’lishiga majbur etgan davlatlar qaysilar? AQSH va Angliya

  10. Sobiq SSSR nechanchi yilda Germaniya armiyasini o’z hududidan butunlay quvib chiqardi? 1944-yilda

  11. Adolf Gitler nechanchi yilda o’z joniga qasd qiladi? 1945-yilda

  12. Ikkinchi jahon urushida Germaniya so’zsiz taslim bo’lgan sana? 1945-yil 8-may

  13. Sobiq SSSRda Germaniya ustidan g’alaba qozonilgan g’alaba kuni qaysi? 9-may

  14. AQSH 1945-yilda qaysi shaharlarga atom bombasini tashlaydi? Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga

  15. Ikkinchi jahon urushida Yaponiya so’zsiz taslim bo’lgan sana? 1945-yil 2-sentabr

  16. Ikkinchi jahon urushida nechta davlat qatnashadi? 60 dan ortiq

  17. Ikkinchi jahon urushi nechanchi yillarda bo’ladi? 1939-1945-yillarda. 6 yil

  18. Ikkinchi jahon urushida qancha odam halok bo’ladi? 60 mlndan ortiq

  19. Ikkinchi jahon urushida qacha odam mayib-majruh bo’lib qoladi? 90 mlndan ortiq

  20. Ikkinchi jahon urushi davrida maxsus lagerlarda qancha odam o’lib ketadi? 16 mln

  21. Davlatni boshqarish huquqi nima deyiladi? Hokimiyat

  22. Davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tashkilot nima deyiladi? Hukumat


Download 97.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling