121
oshirishga qodir bo‘lgan xodimlarning maxsus shakllantirilgan guruxi tushuniladi.
Personal bilan ish olib borishning boshqa ko‘pgina yo‘nalishlari kabi kadrlar
zaxirasi bilan ishlash ham kompleks harakterga ega va o‘zaro bog‘liqdir
Ma’lumki, kompaniya va firmalarda kadrlar
siyosati yopiq hamda ochiq
bo‘lishi mumkin. YOpiq turdagi kadrlar siyosatida zaxira manbalari quyidagilardan
iborat bo‘ladi:
- bosh va yetakchi mutaxassislar;
- tegishli ma’lumotga ega, amaliy faoliyatda o‘zini
ijobiy jihatdan namoyon
qilgan mutaxassislar;
- stajirovkadan o‘tgan yosh mutaxassislar.
Ochiq turdagi kadrlar siyosatida zaxiraga ham korxona o‘zidagi, ham boshqa
kompaniya va firmalardagi,
ham davlat, ham tijorat va xususiy korxonalardagi,
jamoat birlashmalari, boshqa tashkilotlardagi rahbar xodimlar, mutaxassislar kiritilishi
mumkin. Xodimlarni deyarli barcha bo‘g‘inlardagi rahbarlik lavozimida o‘stirishga
jalb etish zahirani shakllantirish oshkoraligini ta’minlaydi.
Zaxiraga kiritishning ikki turi mavjud.
1.
Faoliyat turi bo‘yicha:
- rivojlantirish zaxirasi. Ularga korxonaning yangi yo‘nalishlari (ishlab
chiqarish yo‘nalishlari o‘zgartirilganda, yangi texnologiyalar joriy etilganda,
yangi
maxsulotlar
tayyorlash
yo‘lga qo‘yilganda) doirasida faoliyat yuritishga
tayyorlanayotgan rahbar va mutaxassislar kiritiladi.
Mazkur xodimlar rahbarlik
lavozimida o‘sishni, yoki xizmat vazifasida o‘sishni tanlab olishlari mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: