В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaxirani shakllantirish tamoyillari
- Nomzodning lavozim va zaxira turiga muvofiqligi tamoyili
- funksiyali zaxira. Bu guruxga kelajakda korxona faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashlari umid qilinadigan rahbarlar va mutaxassislar kiritiladi. Ushbu xodimlar xizmat pillapoyalaridan yuqoriga ko‘tarilishga yo‘naltirilgan bo‘ladilar. 2. Lavozimga tayinlash muddati bo‘yicha: “A” guruxi – asosiy zaxira, ya’ni ayni vaqtda yuqori lavozimga ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan nomzodlar; 122 “V” guruxi – istiqbolli zaxira. Bu guruxga yaqin 1-3 yil ichida rahbarlik lavozimiga ko‘tarish mo‘ljallangan nomzodlar kiritiladi. Istiqbolli zaxira tarkibi 35 yoshgacha bo‘lgan, korxona bo‘linmalarida mehnat faoliyati bilan o‘zini ko‘rsatgan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega yosh xodimlar hisobiga shakllantiriladi. Ular reyting usulida baholashdan foydalanilgan holda o‘qitiladi. Asosiy zaxira tarkibi tegishli tayyorgarlikka va rahbarlik lavozimlarida ishlash tajribasiga ega xodimlar hisobiga shakllantiriladi. Shu bilan birga potensial va tezkor zaxira ham bo‘ladi. Potensial zaxiraga korxonada mavjud barcha lavozimlarga nomzodlar kiradi. Bu tarkibdan yaqin vaqt ichida bo‘sh qolishi kutilayotgan rahbarlik lavozimlariga tezkor zaxira shakllantiriladi. Zaxirani shakllantirish tamoyillari quyidagilardan iboratdir: Zaxira muximligi tamoyili lavozimlarni egallashga aniq extiyojni hisobga olishni anglatadi. Bu tamoyilga muvofiq zaxira tarkibi Shunday shakllantirilishi kerakki, unga kiritilgan xodimlar amalda lavozimda o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Nomzodning lavozim va zaxira turiga muvofiqligi tamoyili nomzodning muayyan lavozimda faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sifatlari va malakalarini, bu lavozimga qo‘yilgan talablarni hisobga olish demakdir. Nomzodning istiqbolligi tamoyili. Bu tamoyilga muvofiq quyidagilar hisobga olinishi kerak: - kasbiy o‘sishga yo‘naltirish; - ma’lumot darajasiga bo‘lgan talab; - yoshga bo‘lgan talab; - lavozimdagi ish staji hamda umuman karerasi dinamikasi; - salomatligining ahvoli. Har bir korxona va tashkilot (u katta yoki kichkinaligidan qat’i nazar)da kadrlar 123 zaxirasi bo‘lishi lozim. Odatda yirik kompaniya va firmalarda zaxira tarkibi o‘z xodimlari hisobiga shakllantirilishini nazarda tutgan holda asosiy e’tibor bo‘linma rahbarlarini vertikal bo‘yicha rotatsiya qilishga, korxona hizmatlari rahbar va mutaxassislarni esa gorizontal siljitishga berilishi muvofiqdir. Zahira tarkibi va miqdori korxonadagi lavozimlar darajasi, personal qo‘nimsizligi, rivojlantirish rejalariga qarab ilgaridan belgilab qo‘yiladi. Shunga muvofiq turli lavozimlar uchun zaxira koeffitsienti belgilanadi. Bu koeffitsient 1 dan 3 gacha bo‘lishi mumkin. YA’ni bu bir lavozim uchun bittadan uchtagacha nomzod zaxiraga kiritilishi mumkinligini anglatadi. Zaxirani tayyorlash muddati tugagach hamda kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha shaxsiy reja bajarilgandan so‘ng zaxira tayyorgarligi baholanadi (1-jadval). Zaxiraning shaxsiy tarkibi muntazam ravishda (odatda har 6 oyda) personalni boshqarish xizmati tomonidan ko‘rib chiqilishi, zarurat bo‘lsa bu tarkibga xodimlarning shaxsiy muvaffaqiyatlari (attestatsiya natijalariga ko‘ra), rahbarlik lavozimiga extiyojlar hamda kadrlarni joy-joyiga qo‘yishdagi o‘zgarishlar hisobga olingan holda aniqlik kiritilishi darkor. Nomzodning kadrlar zaxirasiga kiritilishi unga rahbarlik lavozimi berilishi kafolati hisoblanmaydi. Biroq bo‘sh rahbarlik lavozimiga nomzodlar birinchi navbatda zaxira tarkibidan tayinlanishi qoidaga aylanishi kerak. Zaxiradagi nomzodni bo‘sh lavozimga tayinlashdan voz kechilishi asoslab berilishi darkor. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling