23
Axborotni personalga yetkazishda qanday muammolarni muhim deb hisoblaysiz?
Korxonada birinchi navbatda qaysi axborot aloqa tizimlarini rivojlantirishni afzal ko‘rasiz?
Xodimlarning mehnat muhofazasi va ijtimoiy himoya qilish siyosatini ishlab
chiqishda:
Xodimlarga sog‘lom mehnat sharoitlarini vujudga keltirish uchun qaysi tashkiliy va
moliyaviy tadbirlarni amalga oshirgan bo‘lar edingiz?
«Xodimlarning munosib mehnat sharoiti» deganda nimani tushunasiz?
Jamoada baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari negizida nima yotibti?
Korxonada “ish joyi” tushunchasi va “ish joyi pasporti” hujjati mavjudmi?
Xavfsiz mehnat sharoitlarga qaysi lavozim egasi mas’ul va u qaysi hujjatlar asosida o‘z
ishini tashkil qiladi?
YAngi xodimlarni sog‘lig‘ini saqlash va xavfsizlik texnikasi usullariga qanday o‘rgatamiz?
Korxona kasaba uyushmasi faollari xodimlarning mehnat ta’tili, dam olish kunlari hordiq
chiqarishni tashkil qilish va tibbiy-profilaktik ishlarni tashkillashtirishda ahamiyati bormi?
Korxonaning kadrlar siyosatini shakllantirish uchun analitik ma’lumotlarni
tayyorlashda
quyidagi usullar qo‘llaniladi: iqtisodiy, boshqaruv, ijtimoiy, psixologik va hokazo.
Korxonaning kadrlar siyosatini shakllantirish jarayoniga bir qator muhim omillar ta’sir
ko‘rsatadi. Ularning bir qismi 2-jadvalda ifodalangan.