В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Uchinchidan, jamoadagi bir-biriga ruxan yaqin odamlarning guruhini 
shakllantirish, kadrlar siyosatining yangi istiqbolli yo‘nalishlarini afzalligida ular 
orasida qat’iy ishonchni hosil qildirish.
To‘rtinchidan, xodimlarni kadrlar siyosatining yangi matnini amalga 
oshirishga bevosita jalb qilish, bu borada ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, 
o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaydigan rahbarlarni va oddiy xodimlarni rag‘batlantirish 
zarur. 
Beshinchidan, xodimlarning yuqori idoralarga qiladigan mavjud rasmiy va 
norasmiy aloqalarini hisobga olish, ularni asta-sekin tushuntirish vositalari yordamida 
fikrlarini o‘zgartirish.
Oltinchidan, kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlarning mohiyatini chuqur 
tushunmaydigan o‘rta bo‘g‘in rahbarlari bilan alohida suxbatlar o‘tkazib diqqat 
e’tiborini o‘zgartirish kerak.
Jamoada kadrlar siyosati masalasi bo‘yicha birdamlik ishlarini kuchaytirish
natijasida xodimlarning mas’uliyatini o‘rganish, ba’zi sohalarda kadrlar siyosatidagi 
noto‘g‘ri hisoblangan o‘zgartirisha, ularning yetarli dalillarga, uning davomiyligi va 
uni amalga oshirish yo‘llariga, uni boshqarayotgan odamlarning maqsadlari va 


175 
qadriyatlariga nisbatan kelishmovchiliklarni bildirishi mumkin. 
Kadrlar siyosatida asosiy guruhlar darajasida innovatsion o‘zgarishlarga 
mavjud qarshilikni bartaraf etish uchun quyidagi tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish 
zarur: 
- bo‘lim boshliqlariga xodimlarining o‘z manfaatlarini va manfaatlarini erkin 
ifoda etishiga keng imkon berish;
-kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlar loyihasida o‘z taklif va takliflarini taqdim 
etish imkoniyatini berish;
- yangilikka qarshilar yoki eski holatni o‘zgartirishga moyil bo‘lmagan 
konservativ tusdagi rahbarlarni bosqichma-bosqich suhbatlashib adashgan fikrlaridan 
qaytarish;
Kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlar natijalarini muntazam kuzatib borish va ushbu 
kadrlar siyosatidagi yangiliklarni ishlab chiqish va amalga tadbiq qilishning turli 
bosqichlarida har bir menejerning fikrini alohida e’tiborga olib tahlil qilish muhim rol 
o‘ynaydi. Natijada kim haqiqatan haq bo‘lgan va kim nohaq bo‘lganligi oxir oqibat 
namoyon bo‘ladi. Korxonaning kadrlar siyosatini o‘zgartirish tashabbusi nafaqat 
yuqori lavozimdan, balki xodimlar bo‘limi xizmatidan ham keng foydalanish zarur. 
Bu juda tabiiydir, chunki u korxona xodimlari haqida barcha asosiy ma’lumotlarga 
e’tibor beradi.
Xodimlar bilan ishlashning turli sohalarida, jumladan, kadrlar siyosatidagi 
o‘zgarishlar jarayonini boshqarish bo‘yicha xulosalar, tavsiyalar, takliflarni jamlab
ular bilan keng ommani tanishtirib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling