V. V. Petrov birinchi bo‘lib yoy zaryadsizlanishini tadqiqot qildi va ochdi. 1803-yilda u «Galvanik-voltli tajribalar haqida yangi liklar» kitobida, yoyli zaryadsizlanish yordamida metall erishini bayon qilgan. Y
Download 0.79 Mb.
|
isliddin kurs kurs ishi (l0 JAur (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diskga halqani yig’ish
Mundarija 1.Kirish. 2.Payvandlanadigan konstruksiyaga va uning materiali tavsiflanadi. 3.Konstruksiyaning detallarini tayyorlash jarayoniga izoh berish. 4. Konstruksiyani payvandlash usulini tanlash va ta`riflash. 5. Payvandlash materiallarini tanlash va ularga tarif berish. 6. Payvandlash rejimini tanlash va hisoblash. 7. Pаyvаndlаsh jihоzini tаnlаsh. 8. Kоntаktli pаyvаndlаsh mаshinаsining elеktrоdlаrining turlari va joylashtirish tartibi. 9. Yig‘ish-pаyvаndlаsh qurilmаlаri. 10. Buyumni yig‘ish vа pаyvаndlаsh tеxnоlоgik jаrаyoni. 11. Xulosa. KIRISH Eramizdan 8–7 ming yil oldin eng sodda payvandlash usullari mavjud edi. Asosan mis buyumlar payvandlanar edi, uni oldindan qizdirib so‘ng bosim bilan payvandlanar edi. Mis, bronza, qo‘rg‘oshin xususiyatli metallardan buyumlar tayyorlashda, o‘ziga xos quyma payvand bilan bajarilar edi. Birikadigan detallar qoliplanib, qizdirilar edi va tutashadigan joyiga oldindan tayyorlangan erigan metall quyilar edi. Temir va uning qotishmalaridan buyumlarni tayyorlashda temirchilik o‘chog‘ida «payvand tobi» darajasigacha qizdirib so‘ng toblash natijasida buyumlar tayyorlanar edi. Bu usul temirchilik o‘chog‘ida payvandlash deb nom olgan edi. Payvandlash usullari juda sekin rivojlangan, shuning uchun ko‘pincha payvandlashning jihozlari, qurilmalari va texnik usullari o‘zgarishi yuz yillar davomida sezilarli darajada o‘zgarmagan. Texnika sohasida keskin o‘zgarishlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida sezila boshladi. 1802-yilda rus olimi akademik V.V. Petrov birinchi bo‘lib yoy zaryadsizlanishini tadqiqot qildi va ochdi. 1803-yilda u «Galvanik-voltli tajribalar haqida yangi liklar» kitobida, yoyli zaryadsizlanish yordamida metall erishini bayon qilgan. Yoyli zaryadsizlanish yuqori darajali issiqlik man bayi va yuqori darajada yorituvchanligi bilan amaliy qo‘llanishga tez kiritilmadi, chunki, yoy ta’minlanishi uchun zarur bo‘lgan tok kuchlanishini yetkazib beruvchi manba yo‘q edi. Bunday manbalar faqatgina XIX asr oxirida paydo bo‘ldi. Yoy zaryadsizlanish ochilishi davrida elektrotexnika endigina tashkil etilayotgan edi, elektrotexnika sanoati yo‘q edi. 1821-yilda ingliz yetakchi fizigi M. Faradey elektromagnetizmni eksperimental tadqiqot qilishida elektromagnit induksiyani ochdi va shu orqali elektryurituvchi va elektr generatorning qurilmalar prinsipini ishlab chiqdi. Ingliz fizigi D. Maksvell matematik hisoblashlar bilan jarayonda hosil bo‘ladigan elektromagnit maydon xususiyatlariga tad qiqotlar natijasida tenglama ishlab chiqdi. Sanoatning jadal rivojlanishi va texnikaning hamma sohalaridagi metallarni payvandlashda: termit aralashmalar, elektron nur, lazer, yuqori haroratli plazma, ultratovush va boshqa yangi effektiv payvandlash usullari qo‘llaniladi. Birikish jarayoniga metall yuzalarining kirligi qattiq ta’sir etadi – oksidlar, yog‘li plyonkalar va boshqalar, hamda gaz molekulalarining adsorblashgan qatlami va qanchalik uzoq vaqt toza saqlash faqat yuqori vakuumga bog‘liq (1–10–8mm sim. ust.). Payvandlashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun bosim va qizdirish qo‘llaniladi. Haroratni oshirib borish bilan qizdirishda metall mayin bo‘la boshlaydi. Metalni yanada qizdirish bilan uni suyuqlantirish mumkin; bu holatda suyuq metall hajmi umumiy payvandlash vanna hosil qiladi. Payvandlash davrida suyuq metall havoning azot va kislorod tarkibi bilan faol ta’sirlashadi, bu esa chok mustahkamligini pasaytiradi va nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Payvandlash zonasini havo muhitidan himoya qilish uchun, hamda chok sifatini oshirish uchun, kerakli bo‘lgan elementlarni qo‘shish uchun, metall o‘zakning yuza qatlamiga maxsus moddalarni qoplashadi yoki kukunsimon holatida kavak o‘zak ichiga presslanadi. Payvandlash zonasini havo muhitidan himoya qilish uchun, inert va faol gazlar va ularning aralashmalari keng qo‘llaniladi. Shu maqsadda elektrod atrofiga zich qatlam bilan donador material, ya’ni flus qoplanadi. Payvandlash jarayonida eriyotgan flus yoki maxsus moddalar, shlak qatlamini hosil qiladi, bu qatlam erigan metalni havo muhitidan ishonchli himoya qiladi. Barcha bosim bilan payvandlash jarayonlari ichida kontaktli payvandlash usuli eng ko‘p qo‘llaniladi, ya’ni payvandlashda foydalaniladigan uskunalarning deyarli 97% ana shu usulning hissasiga to‘gri keladi. Bosim bilan kontakli uchma-uch payvandlashni London qirollik jamiyatining a’zosi, Peterburg Fanlar Аkademiyasining faxriy a’zosi, ingliz fizigi E. Tompson birinchi bo‘lib 1877-yilda amalda qo‘lladi. 1887-yilda rus ixtirochisi N.N. Bernardes oddiy ombir yordamida ko‘mir elektrodlar orasida nuqtali payvandlashni ixtiro qilib, patent oldi. Birmuncha keyinroq, N.N. Bernardes tomonidan, hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan mis elektrodlar bilan nuqtali va rolikli kontaktli payvandlash usuli ishlab chiqildi. 1903-yilda eritib kontaktli uchma-uch payvandlpsh ishlab chiqildi. Kontaktli payvandlash yigirmanchi asrning birinchi choragidayoq keng ko‘lamda qo‘llanila boshladi (ayniqsa AQShda). Kontaktli payvandlashning MDX mamalakatlarida taraqqiy etishi kontaktli payvandlash mashinalari ishlab chiqarish rivojlanish bilan chambarchas bog‘liqdir. Dastlabki kontaktli payvandlash mashinalari 1920 yilning oxirida "Elektrik" zavodida ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik elektr payvandlash mashinasozligining bu turi anchagina rivojlandi, bu esa sanoatning birqator tarmoqlarida, ayniqsa mashinasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik va boshqa sohalarda kontaktli payvandlash keng qo‘llanila boshlashiga yordam berdi. A.A. Alekseyev, A.S. Gelman, K.A. Kochergin Е.D. Orlov, V.P. Nikitin va boshqa ko‘pgina ixtirochi konstruktorlarning ilmiy ishlari tufayli MDX mamlakatlarida kontaktli payvandlash mashinalarining barcha asosiy turlari ishlab chiqarilardi. O‘zbekistonda kontaktli payvandlash avtomobilsozlik zavodida keng qo‘llanilmoqda. Bosim ostida payvandlashda tanavorlarni biriktiriladigan yuzalarini tashqi kuch qo‘yish hisobiga birgalikda plastik deformatsiyalash yo‘li bilan erishiladi. Bunda biriktirish joyidagi material, qoidaga ko‘ra, plastikligini oshirish maqsadida qizdiriladi. Deformatsiyalash jarayonida notekisliklar eziladi, oksid pardalari yemiriladi, natijada toza yuzalarning tegish kontakti kattalashadi.Atomlararo bog‘lanishlarning yuzaga kelishi detallarning mustahkam birlashishiga olib keladi. Diskga halqani yig’ish uchun mo'ljallangan vosita. Diskga halqani ishlab chiqarish uchun material metall (temir, mis va boshqalar), yog'och, plastmassa bo'lishi mumkin.
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling