V. V. Reshetov 1966-yilda qurama o’zbek shevalarini o’rganib, o’zbek


Download 26.35 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi26.35 Kb.
#1244212
Bog'liq
3- seminar


UZUN TUMANI O’ZBEK SHEVALARI LEKSIKASI
O’zbek xalq shevalarini o’rganish ancha oldindan boshlangan. Bunga XI asrda yashagan Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asari misol
bo’ladi (garchi bu asarda turkiy xalqlarga xos sheva elementlari bo’lgan turkiy dialektal so’zlar arabcha izohlangan bo lsa ham). Ayni vaqtda undagi anchagina so’zlar o’zbek xalq shevalarida sheva vakillari nutqida saqlanib qolganligini I.I.Zarubin, K.K.Yudaxin, Y.D.Polivanov, G’ozi Olim Yunusov, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Shermatov, N. Rajabov, F.Abdullayev, X.Doniyorov, Q.Muhammadjonov, D.Abdurahmonov, B.Jo’rayev, A.Jo’rayev, A.Ishayev, N.Shoimova, N.Murodova singari olimlar o’z asarlarida maxsus qayd etishgan. Bulardan ko’rinib turibdiki, o’zbek xalq shevalari XX asrning 20-yillaridan to bugungi kungacha ko’p olimlar tomonidan o’rganilgan hamda o’rganilmoqda. Masalan, Shonazar Shoabdurahmonov o’zbek xalq shevalari bilan adabiy tilni o’zaro qiyoslab, qarluq lahjasiga oid ma'lumotlarni monografiya va lug’atlarida qayd etgan va “O’zbek xalq shevalari lug’ati”ni tuzishga rahbarlik qilgan. Fattoh Abdullayev esa Namangan va Xorazm hududi shevalarini monografik planda o’rganib, bir qancha monografiya va lug’atlar nashr ettirgan. Namangan guruh shevalarini Abdug’ani Aliyev professor K.K.Yudaxin rahbarligida o’rgangan. Yoqub G’ulomov Toshkent shevasini o’rgangan. Xudoyberdi Doniyorov Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi o’zbek shevalarini, xususan, qipchoq shevalarini ilmiy asoslarda o’rgangan va shu asosda kitoblar nashr ettirgan.
V.V.Reshetov 1966-yilda qurama o’zbek shevalarini o’rganib, o’zbek
shevalarining eng mukammal tasnifini amalga oshirib, matbuotda e'lon qilgan.
B.Jo’rayev va A.Shermatov Qashqadaryo viloyati o’zbek shevalarini Yuqori
Qashqadaryo hamda Quyi Qashqadaryo degan ikki guruhga bo’lib o’rganishgan.
T.Qudratov Qashqadaryo viloyatidagi o’zbek shevalarining oraliq guruhini tadqiq
etgan. Nazar Rajabov esa Samarqand viloyati o’zbek shevalarini guruhlab o’rganib, bir qancha monografiya va kitoblarni nashr ettirgan. Shu bilan birga muallif o’zining ilmiy ishlarida Samarqandan sharqiy-shimolda joylashgan shevalarni umumiy nom bilan Jizzax shevasi deb ataganligi kuzatildi. Qosim Muhammadjonov ko’p yillar davomida janubiy Qozog’iston o’zbek shevalarini o’rganib, shevaning lug’ati va monografiyani nashr ettirgan. O’zbek
xalq shevalari turkiy qabila urug’larning izlarini o’zlarida birlashtirgan holda
saqlab qolishgan. Shuning uchun ham ular olimlar tomonidan maxsus o‘rganilib,
qarluq, qipchoq va o’g’uz lahjasiga oid shevalar deb alohida guruhlarga bo’lamiz.
Shevalarni o’rganish, shu orqali uning boyligi bo’lgan dialektal frazeologizmlar va dialektizmlarni o’rganish asosida shevalar lug’atlarini tayyorlash va nashr etish masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Shevalarni o’rganish bo’yicha amalga oshirilgan ilmiy ishlarda, albatta, ularning ilova qismlarida o’rganilgan shevaga xos so’zlar lug’ati berilgan. Ammo ulardagi dialektizmlarni umumlashtirib, yig’ib, lug’atlarda berish ancha bahsli holatda bo’lgani uchun qolib ketgan.
O’zbek xalq shevalarining lug’aviy boyligini o’zida jamlagan va umumiy holda ifodalaydigan bor-yo’g’i bittagina “O’zbek xalq shevalari lug’ati” XX asrning 70-yillarida yaratilgan. Unda filologiya fanlari nomzodi, yetakchi ilmiy xodim Ahmad Ishayev tuzgan “O’zbek shevalarida qarindosh-urug’ nomlari” bilan birga 9500 (to’qqiz yarim ming) atrofidagina xalq shevalarimizga oid dialektal so’z misolar bilan transkripsiyada qayd etilgan.
Shu bilan birga tadqiq etilgan har bir sheva bo’yicha so’zlar o’sha davrdagi
ilmiy tadqiqotlarda hali hanuz qolib ketmoqda, ularning miqdori o’ttiz ming
atrofida ekanligi Ahmad Ishaev tomonidan birma-bir ko’rsatib berilgan
3.
Bizningcha, ular leksikografik, ya'ni lug’atchilik nuqtai nazardan saralangan holda kelajakda yaratiladigan kop tomli “O’zbek xalq shevalari lug’ati”da qayd etilishi maqsadga muvofiqdir. Sababi, tilimiz kabi shevalarimizda ham vaqt o’tishi Ushbu kitobda yuqorida aytilgan fikrlar batafsil asoslab ko’rsatilgan bilan turli tuman o’zgarishlar ro’y bergan. Bu o’zgarishlar fonetikada ham, leksikada ham, va hatto, grammatikada ham bo’lishi mumkin.
Shu jihatdan Uzun tumani o’zbek shevalarini o’rganar ekanmiz dialektning barcha xususiyatlarini to’liq o’rganishga harkat qilmoqdamiz. Uzun shevasi haqida dialektolog olimlarimiz S.Rahimov va Y.Abudurasulovlarning tadqiqotlarida qisman berib o’tiladi. Ammo to’liq aks ettirib berolmagan. Sababi hududning dialektini o’rganish bir muncha qiyinchiliklar tug’diradi. Biz o’z magistrlik ilmiy ishimiz davomida hudud dialektini atroflicha o’rganishga, uning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga harakat qilamiz.
Tuman shevasini o’rganar ekanmiz hududda qipchoq lahjasining “j” va “y” lovchi, “a”, “o” lovchi guruhlari, qorluq lahjasi vakillari, tojik va boshqa tillarning hamda ularning o’zaro chatishuvini kuzatish mumkin. Dialekt vakillari nutqini kuzatar ekansiz bunga yana bir bora amin bo’lasiz. Quyida beriladigan misollar fikrimizga dalil bo’la oladi:

Adabiy tilda

Uzun tumani shevasida

Transkripsiyada

ona

Ona, buvi, ena, opa

ана, бувъ, ена, апа

kelinoyi

Yanga, checha

Йанга, йангнга, чича

tuxum

Tuxum, mayak, yumurtqa, imirtqa

Тухъм, майак, йьмьртқа,
ъмъртқа

kasallik

oyin, bod, lo’xs ( ko’pincha hayvonlarga , ba’zan insonlarga ham)

ойьн, бод, лўхс

dovuchcha

Dovcha, g’o’ra

Довча, ғура

ivitqi

Oqlik, ko’nargi, uyutki, tomizg’i

Ақльқ, кунаргъ, уйутки, томъзғъ

qaychi

Qoychi, dukart, dukort

Қойчи, дукарт, дукорт

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Rajabov N. O’zbek shevashunosligi.–Toshkent: O’qituvchi,1996.-B.117-118.
2. Rahimov S. O’zbek tili Surxandaryo shevalari. – Toshkent: Fan, 1985
3. til.gov.uz
Download 26.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling