V. V. Vinokurov terminning umum qo’llanishdagi so’zdan farqi haqidagi fikrini ayting terminning umumqo’llanishdagi so’zdan farqi unda definitiv funksiyaning mavjudligidir
Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash
Download 0.89 Mb.
|
AKADEMIK UCHUN KITOB
Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash
1.Tanish so’zlardan foydalaning. Baxtga qarshi, ko'pchilik biznes sohasida faoliyat yurituvchi kotiblar tanish so'zlardan foydalanish o‘rniga o'z fikrlarini qog'ozga ko‘chirishni boshlasharkan, uning xarakterini o'zgartirishga moyil bo'lishadi. Masalan, urinmoq - harakat qilmoq, aniqlamoq - bilmoq, chek qo'ymoq - tugatmoq, namoyon qilmoq - ko'rsatmoq, istifoda qilmoq/ qo'llamoq - foydalanmoq. 2.Uzun so'zdan ko'ra qisqasini tanlang. Umuman olganda, qisqa so 'zlarda xabar yaxshiroq yetkaziladi, chunki uzun so'zlarning og'irlik nisbati o'quvchini chalkashtiradi. Gipnoz qilish, gippopotam va avtomobil kabi ba’zi uzun so'zlar bilan oson muloqot qilinadi. Ammo ba’zi vibrofon (vibes), raqobatlashmoq (vie), achchig'i chiqqan (vex), shtreykbrexer (scab) kabi qisqa so'zlarfaqatgina kamchlik uchun tushunarli bo'lishi mumkin. Shunday qilib, uzun so'zlardan ozgina ehtiyotkorlik bilan foydalanish donolik bo'ladi. Bundan tashqari, siz ishlatayotgan so'zlaringiz o'quvchingiz uchun tanish bo'lishiga amin bo'ling. 3.Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Barcha sohalarning o'z terminologiyasi, ya’ni «jargon»i bor, ular kundalik ish leksikasining bir qismini tashkil qiladi. Aslida, ularning idrokimizda shunchalik ko'p paydo bo'lganidan, sohaga taalluqli bo'lmagan insonlar ham biladigandek tuyuladi. Va o'z sohangizdan tashqaridagi insonlarga yozayotganingizda bu muloqotda tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Aniq yozish qobiliyati faqatgina so'zlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu aniq gaplardan foydalanishni ham anglatadi. Sodda gaplarni yozish qisqaroq gaplarni yozishni anglatadi. Gap da’vo, savol, buyruq yoki his-hayajon shaklida bo'lishi mumkin. Murakkab strukturalarni taqdim etish bilan muammo yaratmaydi. Uzun gaplar grammatik xatolarga ega bo'lishdek katta o'zgarishlarni qisqa gaplar tuzilishi tasavvur qilinadi. Malakali kotiblar matnda turli xil maqsadlarda birikmalar, qisqa va uzun gaplarni mohirlik bilan qo 'llaydilar hamda tajriba qiladilar. Yozuvdagi aniqlik faqatgina so'zlarning diqqat bilan tanlanishi va aniq gaplarni yozishga bog'liq bo'lmaydi. Bu yana ehtiyotkorlik bilan tuzilgan abzatsni talab etadi. So 'zlar gaplarga birikkandek, abzatsdagi gaplar ham mantiqiy ketma- ketlikka asoslanadi. Shunday qilib, abzats bir gapdan boshqasiga yo ‘nalgani va bosqichma-bosqich rivojlangani sababli, abzats kimningdir fikrlash jarayoni bo'ladi. O'qish va yozuv yozma nutqning ikki “pallasi”dir, birinchisida yozilgan material o'qiladi, ikkinchisida esa odatda o'qishda o'zlashtiriladigan fikr yozma bayon etiladi. Axborotni yozma bayon etish ikki yo’l bilan ro'yobga chiqariladi: chunonchi (1) o'z fikrni yozish va (2) aytib (o'qib) turilgan o'zga shaxs nutqini yozuvda ifodalash. Har ikkala holatda ham yozma matn yaratiladi. Yozish texnikasi deganda grafika (tovush – harf munosabati va harfning ma'no bildirish vazifasi), kaligrafiya (husnixat), orfografiya (imlo) nazarda tutiladi. Yozma nutq atamasi esa grafik tarzda ifodalangan axborot va nutq muloqoti jarayoni ma'nolarini qamlab oladi. Husnixat tushunchasi tarkibiga tovush va tovush birikmalarini yozuvda tasvirlaydigan yozuv-chizuv vositalari majmuasi kiradi. Imlo – so'zlarni (gaplarni) yozish va ularga doir qoidalar yig'indisidir. Husnixat, harf, harf birikmasi, so'z asosida, imlo esa morfema, so'z (gap) darajasida, yozma nutq esa gap, abzats va bog'lanma matn materialida o'rgatiladi. Yozma nutq boshqa nutq faoliyati turi – gapirish zaminida, ya'ni uning lisoniy materiali va mavzulari doirasida shakllanadi. Yozma nutq tegishli xususiy malakalarga asoslanadi. Yozuv (ya'ni yozma nutq) malakalari quyidagi ko'nikmalardan tashkil topadi: (1) husnixat ko'nikmasi; (2) imlo ko'nikmasi; (3) tuzish (yozma fikr bayon etishmaqsadida gaplarni biriktirish) ko'nikmasi; (4) yozuvning leksik va grammatik ko'nikmalari kabilar. Yozma nutq avval kishi ongida shakllanadi va aqliy faoliyatga oid murakkab faoliyat va amaliyotni taqozo qiladi. Yozma ravishda bayon qilishga mo’ljallangan fikr avval ichki nutqda rejaga solinadi. So’ngra leksik birlik tanlash, ularni grammatik jixatdan ko’rish va jumla holiga keltirish, jumlalarni mano va shakl jihatdan bir biri bilan bog’lash, kabilarni aqliy faoliyat bajaradi. Bu jarayon ichki nutqda takrorlash va uni qog’ozga tushurish bilan yakunlanadi. O’z fikrini yozma bayon qilayotgan kishi o’ylash va qayta o’ylash uchun yetarli vaqtga va qo’shimcha manbalarga ega. Og’zaki nutqda esa bunday imkoniyatlar yo’q. Fikrni og’zaki va yozma bayon qilish nutq faoliyatining reproduktiv turiga kiradi. Fikirni yozma ravishda bayon qilish uni qog’ozga tushurish jarayonining ortiqchaligi bilan og’zaki nutqdan farq qiladi. Shunga qaramasdan og’zaki nutqni o’stirishga mo’ljallangan mashqlar yozma nutqni o’stirish uchun ham xizmat qiladi.Yozma nutq o’z navbatida og’zaki nutq malakalarini o’stirish uchun vosita vazifasini bajaradi.Yozuv va yozma nutq o’qishga oid malakalarni rivojlanishi uchun vosita vazifasini bajaradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling