Va adabiyoti universiteti


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/28
Sana17.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1548245
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
bmi gulnoza saidova

“Nima uchun” sxemasi - muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo‘yicha 
fikrlar zanjiri bo‘lib,tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi. 
O‘quvchilar dastlab “Nima uchun” sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. 
Alohidakichik gurhlarda muammoni ifodalaydilar. “Nima uchun” so‘rog‘ini 
beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning 
dastlabki sababi aniqlanmagunicha davom etadi. 
Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o‘zlarining chizmlarini to‘ldiradilar. 
Umumiy chizmaga keltiradilar.
“Nima uchun?” chizmasini tuzish qoidalari 
1. Aylana yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakllardan foydalanishni o‘zingiz tanlaysiz. 
2. Chizmaning ko‘rinishini - mulohazalar zanjirinito‘g‘ri chiziqlimi, to‘g‘ri chiziqli 
emasligini o‘zingiz tanlaysiz. 
3. Yo‘nalish ko‘rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan 
izlanishgacha bo‘lgan yo‘nalishingizni belgilaydi. 
Tarmoqlar metodi (klaster) 
Nima uchun? 
Nima uchun? 
Nima uchun? 
Nima uchun? 
So‘z semantik 
usul bilan 
yasaladimi? 


Fikrlarning tarmoqlanishi bu pedagogik strategiya bo‘lib u talaba-o‘quvchilarni 
biror–bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib talaba-o‘quvchilarni 
mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravshan ketma–ketlik 
bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Bu metod biron mavzuni 
chuqur 
o‘rganishdan avval talaba-o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini 
jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, 
o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda 
talaba-o‘quvchilarning shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida 
ifodalashga undaydi. Tarmoqlar metodi (klaster)dan so‘z yasalishi mavzusini 
o‘tishda amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin. Masalan, o‘quvchiga so‘z 
yasalish usullarini tarmoqlar yordamida ko‘rsating deyish mumkin. Bunda talaba 
so‘z yasalish usullarini ko‘rsatish bilan birga, ularning har biriga misol ham topadi, 
shu tariqa o‘zlashtirilgan bilimlar mustahkamlanadi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling