Va adabiyoti universiteti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi gulnoza saidova
“O‘z o‘rningni top” o‘yinidan so‘z yasalishi haqidagi mavzular tugagandan
keyin foydalandik. Bunda turli so‘z turkumiga oid yasama so‘zlar yozilgan kartochkalar o‘quvchilarga tarqatildi. To‘rt o‘quvchi “Ot”, “Sifat”, “Fe’l”, “Ravish” nomlari yozilgan kartochkalarni olib to‘rtga ajratilgan parta yonida turdilar, qolgan o‘quvchilar so‘zlarga qarab guruhlarga ajraldilar. Noto‘g’ri joylashgan o‘quvchilarning o‘rni almshtirildi. Keyin shu so‘zlar ishtirokida kichik matn tuzish topshirig’ini berdik. Kim ko‘p yasama so‘z qatnashtirib gap tuzsa, shu guruh g’olib bo‘ldi. So‘z yasalishi mavzusini o‘tishda quyidagi usulni qo‘lladik. Matnni o‘qing. Undan yasama so‘zlarni topib tahlil qiling. Dunyoni selday bosdi Bahorning gul bosqini, Sevgining titrog‘lari Ruhga nurday taraldi. Ne uchun ko‘zlaringda Yana ko‘zyosh toshqini? Yana sog‘inch yaraldimi?... Yana sog‘inch yaraildi. • Topgan yasama so‘zlarning asoslaridan qanday yana yasama so‘zlar hosil qilish mumkin? • Yasovchi qo‘shimchalar yordamida yana qanday so‘zlar hosil qilish mumkin? • Fikringizni misollar asosida dalillang Interfaol dars jarayonlari shunday tashkil etilishi kerakki, bunda barcha talabalalar faollashishi zarur, ya’ni dars o‘tish jarayonida o‘quv materiallarining ma’lum bir qismi talabalalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, so‘ngra sinfda har tomonlama muhokama etiladi. O‘qituvchi o‘quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. O‘quvchining sinfda o‘zini erkin his qilishi va o‘quv faoliyati uni emotsional jihatdan qoniqtririshi lozim, ana shundagina u o‘zining fikrlarini erkin bayon qila oladi. Interfaol usullar xilma-hil bo‘lib, qaysi metodni tanlash o‘qituvchining o‘tayotgan mavzusi,darsning maqsadi va vazifalariga bog‘liq. Interfaol mashg‘ulot - o‘qituvchi va talabalalar o‘zaro faol ishtirok etadigan mashg‘ulot, hamkorlikda kechadigan jarayon. Innovatsion jarayonlarda interfaol metodlarning qo‘llanishi darslarda beixtiyor psixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilda olingan bo‘sh talabalalar ni ham bir oz bo‘lsa-da, o‘z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo‘lmasdan, faol ishtirok etishga undaydi. Talabalalar ni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan usullarni to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga, mavzuga qo‘yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li, usuli puxta ko‘rib chiqilishi lozim. Demak, o‘qituvchi har bir foydalanadigan interfaol usulni o‘quvchiga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri tashkil qilishi kerak. Demak, siz qo‘llanmoqchi bo‘lgan interfaol usulini ko‘rib bo‘lgach, o‘zingizga kerakli rasm, tarqatma material ko‘rgazmalardan keragini qirqib olib konvertga solib qo‘yishingiz, mavzularni o‘rgatishda ishlatishingiz mumkin. Ta’lim sohasidagi bosh maqsad - ta’lim va tarbiyaning demokratik, insonparvarlik printsiplarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va urf- odatlari, shuningdek, umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim – tarbiya jarayoni mazmunini tubdan o‘zgartirish, shu maqsadda pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyat ochib berishdan iboratdir. Interfaol metodlar – o‘quv jarayonini muayyan shaklda loyihalashtirishdir. Yangi pedagogik texnologiya esa an’anaviy dars qurilishini zamonaviy interfaol usul, noan’anaviy shaklda o‘ziga xos qayta loyihalashtirishdir. Bu loyiha shuni taqozo etmog‘i lozimki, avvallari o‘quvchi muallimdan bilimni tayyor holda olgan bo‘lsa endilikda mashg‘ulotda qo‘yilgan turli muammoli topshiriqlarni bajarish asnosida mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish, mantiqiy xulosa chiqarish orqali boshqacha qilib aytganda muayyan darajada mehnat qilib bilim oladi. Shuningdek ko‘nikma va malakalar ham mantiqiy fikrlashni talab qilgan mashqlar ta’limiy o‘yinlar qiziqarli ijodiy ishlar vositasida hosil bo‘ladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling