Fikrlarning tarmoqlanishi bu pedagogik strategiya bo‘lib u talaba-o‘quvchilarni
biror–bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib talaba-o‘quvchilarni
mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravshan ketma–ketlik
bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Bu metod biron mavzuni
chuqur
o‘rganishdan avval talaba-o‘quvchilarning
fikrlash qobiliyatini
jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek,
o‘tilgan
mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda
talaba-o‘quvchilarning shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini
chizma shaklida
ifodalashga undaydi. Tarmoqlar metodi (klaster)dan so‘z yasalishi mavzusini
o‘tishda amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin. Masalan, o‘quvchiga so‘z
yasalish usullarini tarmoqlar yordamida ko‘rsating deyish mumkin.
Bunda talaba
so‘z yasalish usullarini ko‘rsatish bilan birga, ularning har biriga misol ham topadi,
shu tariqa o‘zlashtirilgan bilimlar mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: