Va adabiyoti universiteti


ishlash”, “Kompyuterli o„yinlar”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Aylana stol”


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana02.06.2024
Hajmi0.64 Mb.
#1836831
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
Va adabiyoti universiteti

ishlash”, “Kompyuterli o„yinlar”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Aylana stol”, 
“Muammoni hal etish”, “Kim chaqqon-u kim epchil”, “Galereya bo„ylab ”, 
“Stol ustida ruchka”, ”Bahs-munozara”, ”Bumerang” kabi zamonaviy o‗qitish 
uslublari talabalar faoliyatini faollashtirishga qaratilgan. Amaliy mashg‗ulotlarda eng 
yaxshi natija berayotgan interfaol usullardan biri kichik guruhlarda ishlashdir. 
Ta‘limning bu usuliga rangli suratlar, mavzuga oid kichik matnlar tarqatiladi va 
talabalar o‗zlarining mustaqil fikrlarini bayon etishga harakat qiladilar. Talabalarga 
aniq ko‗rsatma beriladi, o‗qituvchi esa o‗quvchilarni qo‗llab turadi, darsning yakuniy 
qismida ularning fikrlari umumlashtiriladi va bilimlariga baho beriladi. Dars 
boshlanishidan oldin o‗qituvchi o‗quvchilarni 5-6 tadan kichik guruhlarga bo‗lib 
chiqadi va har bir guruh o‗ziga ―Alpomish‖ dostonidagi qahramonlardan tanlab 
o‗zlariga nom berishadi, masalan, 1-guruh − ―Alpomish‖, 2-guruh− ―Qaldirg‗och‖, 
3-guruh −―Qorajon‖ kabi. So‗ngra o‗qituvchi o‗quvchilardan nega aynan shu nomni 
tanlaganliklarini so‗raydi, o‗quvchilar guruhlarini nega bunday nomlaganliklarini 


48 
izohlab berishadi. Dars davomida o‗qituvchi har bir guruhga alohida tarqatma 
materiallar, krossvord taqdim etadi. Shuningdek, o‗quvchilar topshiriqlarga javob 
berib bo‗lgandan so‗ng, ularga qo‗shimcha tarzda o‗z fikrlarini bayon etishlari uchun 
savollar beriladi. Bu metod kichik guruhlar bilan ishlashga qaratilganligi sababli 
o‗quvchilarni darsga ko‗proq diqqatlarini jalb etib, mavzuga qiziqishlarini orttiradi. 
Yana bir interfaol usullardan biri ―Aqliy hujum‖dir. Bu usul o‗quvchilarning 
aqlini charxlab, ularni tezkorlikka, ilg‗orlikka undaydi. Aqliy hujum usulining 
og‗zaki va yozma shakllari mavjud. Og‗zaki shaklida o‗qituvchi tomonidan berilgan 
savolga o‗quvchilarning har biri o‗z fikrini og‗zaki bildiradi. O‗quvchilar o‗z 
javoblarini aniq va qisqa tarzda tezlik bilan aytishlari kerak bo‗ladi. Yozma shaklida 
esa berilgan savolga o‗quvchilar o‗z javoblarini qog‗oz kartochkalariga qisqa tarzda 
va barcha ko‗rinadigan qilib bayon etadilar va ular yozuv taxtasiga magnit yordamida 
mahkamlanadi. O‗qituvchi o‗quvchilarga: 
1) Dostonda ―tarzi gul yuzli, shirin so‗zli, siyosatli kishi‖, deya ta‘riflangan 
qahramon kim? 
2) Hakimbek yilqi olmoqchi bo‗lgan qo‗riq kimdan qolgan edi? 
3) Yetti yillik ayriliqdan so‗ng, yurtiga qaytgan Alpomishni Qultoy qanday tanib 
oladi? 
kabi savollar berishi mumkin. Bu savolga, albatta, o‗quvchilar tezkorlik bilan 
javob berishlari kerak bo‗ladi. O‗quvchilardan savoliga javob olish davomida 
o‗qituvchi ularning mavzuni qay darajada o‗zlashtirganliklarini bilib oladi va shunga 
ko‗ra ularni baholaydi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling