Va ahamiyati


Download 448.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/41
Sana30.03.2023
Hajmi448.66 Kb.
#1310082
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
axbo tex

Savol va topshiriqlar 
Ma'lumotlar ombori nima? 
Ma'lumotlar omborida qanday ma'lumotlar saqlanadi? 
Matnli fayl va ma'lumotlar omborining farqi nimada? 
Ma'lumotlar omborining qanday imkoniyatlari mavjud? 
dbf fayllari qanday fayllar? 
dbf fayllariga misollar keltiring. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Obyekt va kattalik 
Har qanday ma'lumotlar omborining vazifasi haqiqiy dunyo-nmg 
obyektlari haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlashidir. Umuman oiganda
«obyekt» va «kattalik» degan iborafarni rasman ajratish mushkul. Lekin 
muayyan vaziyatda bu iboralarni ishlatish uchun ularni ta’riflashimiz 
mumkin. 
Obyekt - mavjud bo'lgan va o'ziga o'xshash narsalardan ajralib turaaigan 
alohida olingan predmet. 
Masalan, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji obyekt hisobla-nadi. 
Shuningdek, kimyoviy modda, biror qotishma, firma, zavod, inson ham 
obyekt bo'la oladi. 
Obyekt sifatida nafaqat moddiy predmetlar, balki haqiqiy dunyoni aks 
ettiruvchi abstrakt tushunchalar ham qaralishi mumkin. Masalan, san'at 
asarlari, kitoblar, teatrlardagi sahna ko'rinishlari, kinofilmlar, huquqiy 
normalar, falsafiy nazariyaiar va boshqalar. 
Bunga o'xshash obyektlar guruhi obyektlar to'plaminibosi\ qiladi. Masalan, 
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridagi guruhlar, firmalar, ombordagi 
mahsulotlar, korxonada ishlovchi odamlar obyektlar to'plamini hosil qiladi. 
Sunday guruhdagi muayyan obyektni obyekt nusxasi deb atash mumkin. 
Kattalik — biror-bir obyektni ifodalovchi va uning muayyan bir nusxasi 
uchun berilgan sonli yoki matnli qiymatni belgilovchi ko'rsatkich. 
Masalan, obyektlar to'plami sifatida biror akademik litsey yoki kasb-hunar 
kollejidagi guruhlarni olaylik. Berilgan guruhdagi o'quvchilar soni va 
hokazolar kattaliklar hisoblanadi. 
Yuqorida ko'rsatilganlarni hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, 
axborot tizimini loyihalovchining eng muhim vazifasiga obyektlar va ularni 
tavsiflovchi ma'lumotlarni tanlash, ma'lurnotlar orasidagi bog'lanishni 
o'rnatish kiradi. Axborot tizimi o'lchami va vazifasiga ko'ra obyektlar u yoki 
bu darajadagi o'zgaradigan ma'lumotlar bilan xarakterlanishi mumkin. 

Download 448.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling