Va ahamiyati


Download 448.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/41
Sana30.03.2023
Hajmi448.66 Kb.
#1310082
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
axbo tex

Savol va topshiriqlar 
4. Jadvalda axborotlarni kodlash nima? Misol keltiring. 
5. Jadvalning bosh kaliti deganda nimani tushunasiz? 
6. Bosh kalitga qanday talablar qo'yiladi? 
Ma'lumotlar omboriga relyasion yondashish muammolari 
Oldingi paragraflarda tanishib chiqilgan ma'lumotlar omborini yaratish 
xususiyatlaridan foydalanib, axborot tizimlarini tuzishga kirishamiz. 
Masalan, oldingi paragrafda ko'rilgan ma'lumotlar ombori «Talabnoma» 
topshirig'i bilan bog'liq uchta jadval «Talabnoma», «Talabgorlar lug'ati» va 
«Mahsulotlar lug'ati»ni o'z ichiga oladi. 
Ma'lumotlar omborini yaratuvchilar ma'lum doirada jadval tu-zish va 
ularning sonini tanlashni amaliyotda mustaqil hal qilishadi (tizimni turli xil 
usullarda loyihalash mumkin). Bunda ko'zlangan asosiy maqsad —jadvallar 
miqdorining mumkin qadar minimal bo'lishi va turli holatlarni hisobga 
olgan holda jadvallarni normallashtirishga erishishdir. 
Buning mohiyati nimada? 
Ma'lumotlar omboridan unumli foydalanish uchun undagi axborotlarni 
izlash va ulardan foydalanish qulay bo'lishi kerak. Aks holda ko'zlangan 
maqsadga erishish o'rniga ma'lumotlar o'rnini to-pish uchun vaqt sarflashga 
to'g'ri keladi. 
lyerarak yoki tarmoqli tuzilishga ega bo'lgan ma'lumotlarni relyatsion 
ko'rinishga o'tkazish jarayoni normallashtirish deyiladi. 
Sirtdan qaraganda bu jarayon juda sodda ko'rinsa-da, uni amalga oshirish 
anchagina murakkab vazifadir. Normallashtirish jarayonini Talabnoma» 
jadvalini yaratish misolida ko'rib chiqamiz. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Ma'lumki, ma'lumotlar omborini yaratishda Jadvalning asosiy aliti bo'lishi 
kerak. Kerakli axborot ana shu asosiy kalitga ko'ra izlanadi. uqorida 
ko'rsatilgan jadvalga «Talabgorning rekvizitlari» debaladigan satr 
kiritilib, uning qiymati talabgor kodining qiymati n aniqlanadi. Lekin 
talab raqami —jadval kalitiga bog'liq emas. 
J
nday hollarda axborotning yo'qolishi ro'y beradi, chunki biror 
a
bgor 
nomeri yo'qotilsa, u bilan birga talabgorning rekvizitlari yo'qotiladi. Yana 
bir muammo shundaki, bir xil rekvizitlarni (balki yuzlab) marta kiritish 
natijasida nafaqat ortiqcha ishni bajarishingiz, balki ko'plab xatoliklarga 
yo'l qo'yishingiz mumkin. 
Shuning uchun «Talabnoma» jadvalidan «Rekvizitlar» ustunini olib, 
uni talabgor nomi bilan L taklif lug'atiga kiritamiz. Bu lug'atda muayyan 
talabgoming rekvizitlari bir marta ko'rsatiladi. Kelgusida Ьц rekvizitlar 
nafaqat «Talabnoma» faylida, balki talabgoming kodj bo'lgan boshqa 
fayllarda ham ishlatilishi mumkin. 
Yetarli ko'nikmaga ega bo'lgan odam ma'lumotlarni normallash-tirishni 
amalga oshira oladi. Bunda eng asosiysi, bosh kalit bilan bevosita 
bog'lanmagan ustunlarni yo'qotishdir. 
Foydalanuvchilar ma'lumotlarni normallashtirishda jadvaldagi ustunlar 
sonini belgilashda qiyinchiliklarga duch kelishadi. 
Misol tariqasida tuzilishi bo'yicha relyatsion tizimga ega bo'lgan 
xodimlar to'g'risidagi ma'lumotlar omborini ko'rib chiqamiz. 
7-jadvaI 
F.I.SH.
Tug'ilgan yili Ma'lumoti Mansabi
Maoshi
To'ychiyev T.I.
1970
Oliy
Muhandis 25150
Lafasov S.B.
1965
O'rta
Montyor
20450
Sobirov F.M.
1980
O'rta
Farrosh
12150
By fayldagi har bir yozuv aniq ishchiga tegishli ma'lumotlardan iborat. 
Ma'lumotlar omborida imkoni boricha ko'proq ma'lumotlar be-rilishi 
lozim. Lekin ma'lumotlar turli xodimlar uchun turlicha bo'ladi. Masalan, 
oldingi ish joyi, xizmat vazifasida siljishi, xizmat safarlari. ilmiy unvonlari, 
kasallikka chalinishi va boshqalar. Umuman olganda. satrlar sonini maksimal 
qilib olganda, barcha ko'rsatilgan qismlarni jadvalga («Xodimlar» fayliga) 
kiritish mumkin. Masalan, birorolim 30 tacha mukofotga ega bo'lsin. U holda 
«Xodimlar» ga 60 ustun kiritish kerak: SANA 1, KOD 1, SANA 2, KOD 2, ... 
bu yerda sana - mos holda mukofot berilgan sanani, kod — mukofot kodini 
anglatadi, Lekin bu satr ko'pchilik yozuvlarda bo'sh qolib ketadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Obyektning har xil hajmdagi axborotga ega elementlari takrorla-nadigan 
guruhlar deyiladi. Agar har bir takrorlanadigan guruh uchun o'z kalitiga ega 
bo'lgan alohida jadval hosil qilinsa, masalani yechish osonlashadi.
Ma'lumotlar omboriga bir vaqtning o'zida mukofotlar nomlari va kodlari 
berilgan LMUKOFOT lug'ati kiritiladi. Unda mukofotlarni quyidagicha 
kodlash mumkin: 
Ql_- Nobel mukofoti, 02— Beruniy mukofoti, 03— Zulfiya muko-foti, 
04— Hamza mukofoti,... . 
Ma'lumotlar 
omborini 
boshqarish 
dasturida 
«Xodimlar» 
va 
/LMUKOFOT ni o'z ichiga olgan) MUKOFOT faylini birlashtirish 
mumkin. 
dbf fayllaridagi ma'lumotlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish 
mumkin: o'zgaruvchan va doimiy ma'lumotlar. Bu guruhlar faqat 
ma'lumotlarni qayta ishlash va ularning yangilanish chastotasi bilangina bir-
biridan farq qiladi. 
Ma'lumotlar 
omboridagi 
o'zgaruvchan 
ma'lumotlar 
eng 
ko'p 
qo'llaniladigan ma'lumotlar hisoblanadi. Chunki ular tez-tez o'zgar-tirib 
turiladi (ba'zan har kuni yoki haftada bir marta). Masalan, metallarni qayta 
ishlash mahsulotlariga bo'lgan talablar faylida doimiy o'zgarish bo'lib turadi. 
Bunday axborot tizirnlarida qotishma turlari kam o'zgaradi, lekin uning 
metalldagi tashkil etgan qismi (foizi) o'zgarib turadi. 
Ba'zi parametrlar — nomlanishi, o'rtacha og'irligi, issiqlik sig'imi 
va boshqalar uzoq muddat o'zgarmay qoladi. Ular ma'lumotlar 
omboridagi doimiy ma'lumotlar fob ataladi. 
Relyatsion jadvalga katta hajmga ega bo'lgan ma'lumotlarni kiri- 
tishda ba'zi satr qiymatlarini bir necha bor qayta ishlatish hollari 
uchrab turadi. (Masalan, firmalaming kodlari, talabgoming rekvizitlari 
vah.k.) 
Ko'pgina dasturlarda takrorlanadigan guruhlarni kiritish texnolo- 
giyalari mavjud va ular orqali berilgan axborotlarning birortasi 
yo'qotilmasdan satrlarga o'tkaziladi. 
Masalan, MS Office paketidagi Excel dasturidan foydalanib, ma'lumotlar 
ombori tuzishda berilgan satr yoki ustundagi qiyrnatlarni qayta kiritishda 
«Копировать» buyrug'idan foydalanish mumkin. Bu buyruqq orqali biror 
katakchadagi qiymatlar buferga (vaqtinchalik saqlash uchun) o'tkaziladi. 
Buferda saqlanayotgan ma'lumotni esa ko'p marta ishlatish mumkin. 
Buning uchun qiymat kiritiladigan katakcha tanlanib, «Вставить» 
buyrug'ining berilishi yetarli. 
Xuddi shuningdek, «Копировать» buyrug'i yordamida ma'lunmotlar 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


guruhi nusxalanishi mumkin. 

Download 448.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling