Va asboblar. Anorganik birikmalarning sinflari
Download 464.13 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba №2. Karbonat angidrid gazining ( ) olinishi va uning suv bilan ta’siri.
- Tajriba №4. Tuzlarning olinishi. a)O`rta tuzlarning olinishi.
- 6-rasm
LABORATORIYA ISHI №1. LABORATORIYADA QO’LLANILADIGAN KIMYOVIY IDISHLAR VA ASBOBLAR. ANORGANIK BIRIKMALARNING SINFLARI. Kimyoviy idishlar. Laboratoriya ishlarini bajarishda turli kimyoviy idishlar: probirka, stakan, voronka, konussimon, tagi yassi tubli va tagi yumaloq kolbalar, suyuqlikning hajmini o`lchash uchun menzurka, o`lchov kolbalari, o`lchov silindirlari, bir – biriga aralashmaydigan suyuqliklarni ajratish uchun ajratgich voronkalar va suyuqliklarni oz – ozdan qo`shish yoki tomizish uchun tomizg`ich voronkalar qo`llaniladi (1 – rasm). 1-rasm. Kimyoviy idishlar: 1 – probirkalar; 2 – stakanlar; 3 – voronkalar; 4 – yassi tubli va 5 – dumaloq tubli kolbalar; 6 – menzurkalar; 7 – pipetkalar; 8 – byuretkalar; 9 – o`lchov kolbalari;10 – o`lchov silindrlari; 11 – ajratgich va tomizgich voronkalar. 2 – rasm. Hovonchalar. Laboratoriyada shisha idishlar bilan bir qatorda suyuqliklarni bug`latish uchun chinni kosacha, moddalarni qizdirish uchun chinni tigel va moddalarni maydalash uchun chinni hovonchlar, shuningdek, temir shtativlar ishlatiladi (2 – rasm). ANORGANIK BIRIKMALARNING SINFLARI. Ishning maqsadi: Anorganik birikmalarning asosiy sinflari: oksidlar, kislotalar, asoslar tuzlarning olinishi va xossalari bilan tanishish. Kerakli reaktivlar: Kipp apparati, probirkalar, magniy metali, suv, fenolftalein, lakmus, marmar tosh bўlakchasi, xlorid kislotasi, mis sulfat, alyuminiy sulfat, xrom xlorid tuzlari eritmalari, natriy ishqori, bariy gidroksid, natriy sulfat, magniy sulfat, kalsiy gidroksidi, kobolt xlorid eritmasi. Tajriba №1. Magniy oksidining olinishi. Chinni kosachaga 0,5g magniy metalidan soling va unga yallilangan cho`pni tuting. Magniyni yonishini kuzating va reaksiya tenglamasini yozing. Hosil bo`lgan magniy oksidini suvda eritib, 1-2 tomchi fenoftalein tomizing va reaksiya muhitini aniqlang. Magniy oksidining suv bilan reaksiya tenglamasini yozib, hosil bo`lgan moddalarni anorganik birikmalarning qaysi sinfiga kirishini aniqlang. Tajriba №2. Karbonat angidrid gazining ( ) olinishi va uning suv bilan ta’siri. Probirkaning 1/3 qismiga suv solib, uning ustiga 2-3 tomchi lakmus tomizing. So`ngra Kipp apparati (6-rasm) orqali karbonat angidrid gazini yuboring. Karbonat angidrid gazining hosil bo`lish reaksiyasini yozing. Hosil bo`lgan eritmaning rangini kuzating va reaksiya tenglamasini yozing. Tajriba №3. Asoslarning olinishi va xossalari. 3 ta probirkaga mis sulfat, alyuminiy sulfat, xrom xlorid tuzlarining eritmalaridan solib, ustiga bir necha tomchi natriy gidroksididan tomizing. Reaktsiya tenglamasini yozing va hosil bo`lgan cho`kmaning rangini kuzating. Hosil bo`lgan cho`kmani ikkiga bo`lib, birinchisiga xlorid kislota, ikkinchisiga natriy ishqori eritmasidan tomizing. Reaksiyaning borishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu moddalar anorganik birikmalarning qaysi sinfiga kiradi? Tajriba №4. Tuzlarning olinishi. a)O`rta tuzlarning olinishi. 2 probirka olib, bariy gidroksid eritmasidan soling. Birinchi probirkaga natriy sulfat, ikkinchisiga magniy sulfat eritmasidan quying, moddalarning reaksiya tenglamasini tuzing. 6-rasm. Kipp apparati b)Nordon tuzlarning olinishi. Probirkaning ½ qismiga kalsiy gidroksid eritmasidan solib, Kipp apparati orqali cho`kma hosil bo`lguncha uglerod (IV) oksidi gazini yuboring. O`rta tuz hosil bo`lish reaksiyasini yozing. So`ngra cho`kma yo`qolguncha uglerod (IV) oksidi yuboring. O`rta tuzning nordon tuzga aylanish tenglamasini yozing. v)Asosli tuzlarning olinishi. Probirkaga 5-6 tomchi kobalt xlorid eritmasidan tomizing va uning ustiga natriy ishqori eritmasidan soling. Hosil bo`lgan cho`kmaning rangini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. SAVOL VA MASALALAR. 1. Quyidagi kislotalarning angidridlari formulalarini toping: H 2 SO 3 , H 3 PO 4 , H 2 CO 3 , HNO 3 . 2. Amfoter oksid deb nimaga aytiladi? Misol keltiring. 3. Xlorid kislota quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi? N 2 O 5 , Zn(OH) 2 , CaO, AgNO 3 , H 3 PO 4 . 4. H 3 PO 4 va Cu(NO 3 ) 2 , Al(OH) 3 , Al 2 (SO 4 ) 3 , Cr 2 O 3 lari formulasini grafik tarzda ifodalang. 5. Quyidagi tuzlarning qaysi biri nordon tuz: Mn(NO 3 ) 2 , NaHCO 3 , Al 2 (SO 4 ) 3 , NaCl va uni grafik tuzilishini ko’rsating. Download 464.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling