Va boshqalar


Download 209.5 Kb.
bet1/5
Sana15.02.2023
Hajmi209.5 Kb.
#1202885
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AKMAL58


2.5. Qobiq dasturlar. NORTON COMMANDER dasturi. Dastur bilan tanishish. Fayl va kataloglar bilan ishlash. Tezkor tugmalar.
DOS buyruqlari bilan ishlash juda kiyin. Shuning uchun dos-qoplama deb nomlangan dasturlar yaratilgan. Ular bizga buyruqlar bilan ishlash ko‘p imkoniyatlarni va qulayliklarni yaratadi. Bu dasturning nomlari: Norton Commander, DOS Navigator, Disso Sommandir, Проводник Windows va boshqalar.
Norton Commander - DOS uchun eng mashxur dastur xisoblanadi. Kup foydalanuvchilar bu dastur yordamida kopiya qilishadi, fayl va kataloglar bilan ishlaydilar. Hamma operatsion sistemalar uchun bu eng sodda va qulay vosita xisoblanadi.
Norton Commander Peter Norton Computing firma tomonidan yaratilgan (1992 yildan boshlab ushbu firma Symantec firmaga kushildi). Ush bu programma 512 Kb tezkor xotirani bant qiladi va 4.5 Mb kattik diskda (HDD yoki vinchesterda).
Norton Commander (nc) ishga tushirish uchun buyruqlar satrida nc buyruq yozamiz yoki NC katalog ichidan nc.com faylni ishga tushiramiz.

NC ishga tushgandan keyin siz ekranda 2 darcha (panel) kurishingiz mumkin. Ular chap va ung yoki aktiv va noaktiv deb nomlanadi. Aktiv panel - bu siz ishlab turadigan yoki kursor bor darcha. Siz ishlamagan darcha noaktiv deb nomlanadi. Bir vaqt ichida faqat bitta darcha aktiv bulishi mumkin. Bu darchalar ichida biz joriy katalogdagi fayllar va ichki-kataloglar ruyxatini kurishimiz, kursor yerdamida kerakli fayl va ichki-kataloglar ustidan har xil amallar bajarishimiz mumkin.
Darchalar pastida DOS buyruqlar satri joylashgan. Bu satrda biz har xil DOS buyruqlarini kiritishimiz mumkin (Dos buyruqlari bilan biz keyingi mavzularda tanishganmiz).
DOS buyruqlar satri tagida funksional tugmalarning yordamchi satri joylashgan. Bu satr bizga funksional tugmalarning amallari haqida kiskacha ma’lumot beradi.
Darchalar tepasida tavsiyanoma (menyu) satri joylashadi. Bu satr yerdamida biz dastur menyusiga kirib uning ishlash holatlarini va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishimiz mumkin. Endi shu dasturda ishlashni asoslari bilan tanishamiz:
» Aktiv darcha ichida harakatlanish, kerakli fayl yoki ichki-katalogni tanlash uchun [<], [>], [^] va [v] tugmalarini bosamiz. Natijada aktiv darcha ichidagi kursor ko‘rsatilgan tomonga harakatlanadi. Aktiv oyna boshiga tezkor utish uchun [Home], oxiriga tezkor utish uchun esa [End] tugmasini bosish kerak. Aktiv darcha ichida tezkor harakatlanish uchun [PgUp] va [PgDn] tugmalardan foydalanamiz.
» Aktiv darchadan noaktiv darchaga utish yoki aktiv darchani o‘zgartirish uchun biz [TAB] tugmasini bosamiz.
» Oxirgi harakatni bekor qilish uchun biz [ESC] tugmasini bosamiz.
» Katalog ichiga kirish uchun biz uning nomiga kursor bilan ko‘rsatib [ENTER] tugmasini bosamiz. Katalogdan chiqib ketish uchun aktiv darchaning eng yuqorisida joylashgan [ . . ] ga ko‘rsatib kursor bilan [ENTER] tugmasini bosamiz.
» Agar siz qaysidir programmani (kengaytmasi EXE, COM yoki BAT bugan fayl) ishga tushirmokchi yoki faylni ochib kurmokchi bo‘lsangiz, u holda shu faylga kursor bilan ko‘rsatib [ENTER] tugmasini bosamiz.
Endi darchalar ustidan har xil amallarni bajarishni urganamiz. Quyidagi tugmalar yerdamida biz ular tashqi ko‘rinishini xamda ular ichidagi fayllar ka kataloglar ruyxati ko‘rinishini o‘zgartiramiz:
» STRL + O ikala darchani kurinmas va asl holatga qaytarish
» STRL + P noaktiv darchani kurinmas va asl holatga qaytarish
» CTRL + B yordamchi satrni kurinmas va asl holatga qaytarish
» STRL + U ikala darchani urinlarini uzaro almashtiradi
» STRL + L noaktiv darchada kompyuter xotirasi haqida kiskacha ma’lumot chikadi. Ush bu holatda noaktiv oynada NC dastur versiyasi, tezkor xotira hajmi, aktiv disk umumiy hajmi va bush joyi, disk belgisi va joylashgan katalog nomi, ush bu katalog ichida nechta fayl va ichki-kataloglar mavjudligi haqida ma’lumot ko‘rsatiladi.
» STRL + Q noaktiv oynada kursor ko‘rsatgan fayl matni yoki kursor ko‘rsatgan katalog haqida ma’lumot kurinadi.
» STRL + F1 chap oynani kurinmas va asl holatga qaytarish
» STRL + F2 ung oynani kurinmas va asl holatga qaytarish

Download 209.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling