Va boshqalar


NC ning funksional tugmalari


Download 209.5 Kb.
bet2/5
Sana15.02.2023
Hajmi209.5 Kb.
#1202885
1   2   3   4   5
Bog'liq
AKMAL58

2.6. NC ning funksional tugmalari
Klaviaturada joylashgan funksional tugmalar qismi yerdamida biz har xil programmalarda har xil amallarni bajarishimiz mumkin. Ushbu bo‘limda biz Volkov Commander dasturning funksional tugmalar amallari bilan tanishamiz
F1 VC haqida va ush bu dasturda ishlash haqida kiskacha ma’lumot
F2 Siz ruyxatga kiritgan buyruqlar menyusini xoxlagan vakda ekranga chiqarib ulardan bittasini bajarish. Ushbu tugma bosilgandan keyin ekranning urtasida quyidagiga uxshash menyu sohasi hosil bo‘ladi. Bu menyuni yaratish va tahrirlash haqida biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.

Ush bu menyuda ko‘rsatilgan buyruqlardan birini ishga tushirish uchun, uni tanlab [ENTER] tugmasini bosamiz.
F3 Aktiv darchada siz tanlagan fayl matnini kurish.
Ushbu tugma bosilgandan keyin ekran quyidagi holatga utadi. Bu holatda ekran yuqorida tanlangan fayl nomi, ekranga sigmagan bo‘lsa u holda qism tartib raqami, va jami faylning necha bayt va % ekranda ko‘rsatilgan.

Ekran urtasida tanlangan fayl matni ko‘rsatiladi. Ekran pastida esa faylni kurish holatning funksional tugmalar ma’nosi.
F4 Aktiv darchada siz tanlagan fayl matnini kurish va o‘zgartirish.
Ushbu tugma bosilgandan keyin ekran F3 tugma hosil kilgan oynaga uxshash oyna hosil qilinadi. Faqat endi bu oynada kursor xam mavjud bulib, ekrandagi fayl ma’lumotlarini o‘zgartirishimiz mumkin.
F5 Aktiv darchada siz tanlagan fayldan yoki katalogdan nusxa olish
Ushbu tugma bosilgandan keyin ekranda quyidagi oyna hosil qilinadi. Bu oynada biz tanlangan faylni taklif etilgan joyga nusxasini olish taklif etiladi.

Agar biz taklif etilgan joy tugri bo‘lsa u holda [ENTER] tugmasini bosamiz yoki oyna pastidagi [Copy] ga bosamiz. Agar biz taklif etilgan joy tugri bulmasa u holda yangi joyni tanlash uchun [ F 10 ] tugmasini bosamiz yoki oyna pastidagi [F10-Tree] ga bosamiz. Agar esa nusxa olish buyrug‘ini bekor kilmokchi bo‘lsangiz [ESC] tugmasini bosamiz yoki oyna pastidagi [Cancel] ga bosamiz.
F6 Aktiv darchada siz tanlagan faylni boshqa katalogga ko‘chirib tashlash (qaytanomlash). Ushbu tugma bosilgandan keyin ekran F5 tugma hosil kilgan oynaga uxshash oyna hosil qilinadi. Faqat endi bu oyna faylni ko‘chirib olish haqida ma’lumot beradi. Agar siz faylni qaytanomlamokchi bo‘lsangiz u holda oynada ko‘rsatilgan uning eski nomini o‘zgartirishimiz shart.
F7 Aktiv darchadagi katalog ichida yangi ichki-katalog yaratish. Ushbu tugma bosilgandan keyin ekranda quyidagi oyna hosil qilinadi. Bu oynada biz aktiv darchasidagi katalog ichidagi yangi yaratiladigan ichki-katalog nomini ko‘rsatishimiz kerak.

Eslab koling! Katalog ichida ikkita bir xil nomli ichki katalog va fayllar bulishi mumkin emas.
F8 Aktiv darchada siz tanlagan ichki-katalog yoki faylni uchirish
Ushbu tugma bosilgandan keyin ekranda quyidagi oyna hosil qilinadi. Bu oynada biz tanlangan faylni uchirishni tasdiklashimiz suraladi.

Agar shu faylni uchirmokchi bo‘lsangiz [ENTER] tugmasini bosamiz yoki oyna pastidagi [Delete] ga bosamiz. Aks holda esa [ESC] tugmasini bosamiz yoki oyna pastidagi [Cancel] ga bosamiz.

Download 209.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling