14
4-rasm.Dilerlik ATXKSlar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar ulishi
AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH
STANSIYALARINING BOSH REJASI TAHLILI
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stansiyalarining bosh rejasida asosiy yo’l
va qo’shnilarga nisbatan o’rnashtirilgan korxona hududi keltiriladi. Unda quyidagilar
ko’rsatiladi:
–bino va inshootlar;
–avtomobillarning ochiq saqlash maydonchalari va kutish joylari;
–avtomobillarning hududdagi harakatlanish yo’llari;
–asosiy va yordamchi yurish yo’llari va hokazolar.
Xorijiy mamlakatlarda ATXKSni loyihalash amaliyotida bosh rejani ishlab
chiqishda asosan to’rtta mintaqaga e’tibor beriladi:
1. Ishlab chiqarish (avtoservis).
2. Avtomobillarni sotish uchun avtosalon.
3. Ma’muriy–ma’ishiy bino.
4. Tashqi funksional va tashqi nofunksional mintaqalar.
Bosh reja ishlanishidan oldin
asosiy bino va inshootlar nomi, ularning gabarit
o’lchamlari,
yuzalari, bir–birlari bilan bog’liqliklari, kun chiqish, shamol yo’nalishiga
va asosiy yo’lga nisbatan o’rnashishi aniqlab olinadi.
15
ATXKS bosh rejasi mavjud «Qurilish me’yorlari va qoidalari»ga amal qilgan holda
ishlab chiqiladi.
Bosh reja hududi yuzasi quyidagi formula orqali aniqlanadi.
6
10
z
os
e
io
x
K
F
F
F
F
, m
2
(1)
bu yerda:
F
io
,F
e
,F
os
– ishlab
chiqarish hamda omborxonalar, yordamchi va ochiq
saqlash binolari yuzalari, m
2
;
K
z
– hududning qurilish zichligi koeffitsiyentlari.
ATXKS bosh rejasi tasnifida keltirilgan barcha turdagi korxonalarning alohida
xususiyatlarini hisobga olib, ayrim–ayrim loyihalar sifatida ishlab chiqiladi.
Texnik loyihaning bosh reja sxemasida korxonaning uchastkada o’rnashishi,
binolarning joylashuvi, hududda avtomobillarning harakat chizmasi ko’rsatiladi.
Bosh reja sxemasi 1:500, 1:1000
masshtabda, binolarning rejalashtirilishi 1:200,
1:400 masshtabda, binolarning asbob-uskunalar bilan jihozlanishini
rejalashtirish
1:100, 1:50 masshtabda bajariladi.
Ishchi chizmalar tasdiqlangan texnik loyiha asosida va unga mos ravishda ishlab
chiqilib, asbob-uskunalarni o’rnatish va qurilishni ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Ularda ishchi joylari, har bir joy uchun jihozlarning o’zaro o’rnashuvi, elektr, suv,
bug’ iste’molchilari ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: