Va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar
Download 299.61 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QONUN USTIVORLIGI
Mana shunday keskin bir sharoitda O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda O’zbekiston Respublikasi) o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. Tub o’zgarishlarning boshlang’ich bosqichi 1991-1995 yillarda asosiy e‘tibor oziq-ovqat maxsulotlari va nooziq-ovqat mollari iste‘mol qilish keskin kamayishi, ommaviy ishsizlik paydo bo’lishining oldini olish, aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ijtimoiy sohalar sog’liqni saqlash, ta‘lim, fan va madaniyat tarmoqlari doimiy ishlashini ta‘minlashga qaratildi. Islohotlarning bu bosqichida O’zbekiston ijtimoiy himoya siyosatining asosiy vazifasi imkon qadar yalpi ishsizlikka yo’l qo’ymaslik hamda narxlarning erkinlashtirilishi natijasida aholi daromadlaridagi yo’qotishlarni kamaytirish bo’ldi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, milliy va demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda, iste‘mol bozorlari himoyasi va davlatning iste‘mol xavfsizligiga asos solindi. Asosiy oziq-ovqat va iste‘mol mollarining keskin kamayib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun chegaralangan mahsulotlarning normalashtirilgan tizimi ishlab chiqildi. Shuningdek, himoya chorasi sifatida iste‘molchilarga subsidiyalar berish tizimi va iste‘mol bozoridagi asosiy oziq-ovqat tovarlarini mamlakatdan tashqariga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslikning turli shakllaridan keng foydalanildi. Qishloq aholisiga hususiy tomorqalar ajratilishi, shuningdek, aholi asosiy qismining real maoshi kamayishini kompensatsiya qilish maqsadida tadbirkorlik faoliyati qo’llab-quvvatlandi. Davlat statistika qo’mitasi ma‘lumotlariga ko’ra, bu yillar ichida qishloq aholisi xususiy tasarrufidagi yer hajmi ikki barobarga oshdi, natijada, har bir oila tasarrufidagi tomorqalar 1990 yildagi 12 sotixdan 30 sotixga yetdi. Bu chora-tadbirlar bozor munosabatlariga xos yuqori samarali tomorqa xo’jaliklarini tashkil etish imkonini yaratdi. Bozor iqtisodiyoti tizimida ishlashga moslashmagan ta‘lim hamda sog’liqni saqlash tizimi ham islohotlarning dastlabki bosqichida tub o’zgarishlarni talab qilardi. Bunda aholining sog’lig’i va ta‘lim darajasini bir butun tizim sifatida saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etdi. Bu siyosat o’tish davrining eng murakkab boshlang’ich davrlarida ijtimoiy sohadagi asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirishga ko’mak berdi. Shunday yondashuv tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang’ich shart-sharoitlar va sezilarli ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo’lgan O’zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o’tishga muvaffaq bo’ldi. Bu davr ichida O’zbekiston Respublikasi aholisining ijtimoiy ta‘minoti hamda himoyasining huquqiy asoslari yaratildi. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida (20.11.1991), Aholini ish bilan ta‘minlash to‘g‘risida (13.01.1992), O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida (02.07.1992), Ta‘lim to’g’risida (02.07.1992), Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida (06.05.1993), Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida (07.05.1993), Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to’g’risida (03.09.1993) kabi bir qator ij-timoiy muhim ahamiyatga ega qonunlar qabul qilindi. Ikkinchi bosqichda (1996-2003 yillar) makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlash, inflyatsiya darajasini pasaytirish, iqtisodiyotda tuzilmaviy o’zgarishni amalga oshirish, iste‘mol bozorini to’ldirish orqali aholi turmush darajasini ko’tarish uchun shart-sharoitlar yaratildi. 1996 yildan boshlangan iqtisodiy yuksalish aholi daromadlari o’sishining tabiiy manbaiga aylandi. 1997- 2003 yillar davomida aholining real pul daromadlari yillik o’rtacha 22 foizdan o’sdi. Ijtimoiy siyosatning ustuvor yo’nalishlari aholining umumiy ijtimoiy himoyasi o’rniga ijtimoiy himoyaning manzilli shakllariga o’tishda namoyon bo’ldi. Ish bilan ta‘minlash, aholi daromadlarini, inson kapitali salohiyatini oshirish ijtimoiy siyosatning ustuvor yo’nalishlariga aylandi. Aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash dasturi ishlab chiqildi. Natijada aholining, ayniqsa, qishloq joylarda yashovchilarning ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlanganlik darajasi oshdi. 1997-2003 yillarda aholining ichimlik suvi bilan ta‘minlanganlik darajasi, xususan, qishloq joylarda 36,8 foizdan 47 foizga, tabiiy gaz bilan ta‘minlash 69 foizdan 78,3 foizga yetdi. Aholi salomatligida toza ichimlik suvi muhim ahamiyat kasb etadi. 2018 yilda Respublikamizda bu ko’rsatkich 65 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2019 yilda u 75 % ga yetkazildi. 1997 yildan boshlab ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlarida ijtimoiy dasturlar tizimi amalga oshirila boshlandi. Ta‘lim sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, uning asosida yangi maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurildi, mavjudlari kapital ta‘mirlandi. O’quv binolari zamonaviy jihozlar, o’quv qurollari, kompyuter sinflari bilan ta‘minlandi. Yangi milliy ta‘lim standartlari, darsliklar ishlab chiqildi. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi uchun har yili davlat byudjetining ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan qismining deyarli yarmi sarflandi. Ushbu davrda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlash maqsadida yillik davlat dasturlari amalga oshirildi. Bular qatorida Inson manfaatlari yili (1997), Oila yili (1998), Ayollar yili (1999), Sog’lom avlod yili (2000), Ona va bola yili (2001), Qariyalarni qadrlash yili(2002), Obod mahalla yili (2003) kabi yillik davlat dasturlari ijtimoiy siyosatning yanada kuchayishida alohida o’rin tutdi. Uchinchi bosqichda 2004 yildan boshlab bugungi kunga qadar iqtisodiyotda, bank tizimi, soliq-byudjet siyosatida o’tkazilgan institusional va tuzilmaviy islohotlar natijasida kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, yangi ish joylari yaratish hamda aholi daromadlari o’sishiga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada, so’nggi sakkiz yil ichida aholi daromadlarining real o’sishi 20 foizni tashkil etdi. Ushbu bosqichda mamlakatimiz rivojlanishida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi davri alohida o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasida 2009 yili qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida bir qator investitsion dasturlar amalga oshirilib, aholi bandligi va daromadlarining o’sishiga, ijtimoiy infrastruktura va xizmatlar sohasining rivojlanishiga, aholining o’z-o’zini boshqarish organlari orqali manzilli ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e‘tibor berildi. Kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash. Davlat budjeti hisobidan aholining kam ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash choralari ko’rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar kiradi. 1991-1994-yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo’nalishlar bo’yicha ijtimoiy himoya, moddiy yordam amalga oshirildi. Maktab muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari, ilmiy, ijodiy va tibbiyot xodimlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi, kvartira haqi va kommunal to’lovlar sohasida imtiyozlar berildi. Yolg’iz pensionerlar turar joy va kommunal xizmatlar uchun haq to’lashdan ozod etildi, dori-darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan meyorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish imkoniyati yaratildi. O‘quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo’shimcha to’lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari xarajatlarining bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplandi, jamoat transportida arzon haq to’lab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Nikohdan o’tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi qo’llanildi. 1994-yil 24-avgustda “Kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to’g’risida” Prezident farmoni e‘lon qilindi. Farmonga ko’ra, 1994-yil oktabrdan aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining asosiy yo’nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Negaki, ilgari faqat respublika budjeti yo’li bilangina 30 ta turli soha va yo’nalishlar bo’yicha ijtimoiy himoya amalga oshirilardi, bu mablag‘larning sochilib ketishiga olib keldi. 1992-1994-yillarda ko’rilgan chora-tadbirlar yalpi ijtimoiy himoyalashga yo’naltirilgan bo’lib, yordamga muhtoj bo’lgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlashda to’la samara bermayotgan edi. 1994-yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o’tildi. Mahalla orqali bolalar, keksalar va kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo’ldi. Kam ta‘minlangan oilalarga moddiy yordam, bola boquvchi oilalarga bolasi 2 yoshga to’lgunga qadar, shuningdek, 16 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Mahallalarda respublika va mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tizimlari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o’tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg’armalar tuzildi. 1995-yilda 500 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga mahalla qo’mitalari orqali 6 mlrd so’m nafaqa berildi. Kam ta‘minlangan oilalarga ko’rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o’sib bormoqda. Faqat 2000-yilning o’zida aholining kam ta‘minlangan qismiga mahallalar orqali 54,3 mlrd so’m miqdorida nafaqa, ko’mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. O‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosat jamiyatning negizi bo’lgan oilani mustahkamlash va tinch-totuvligini ta‘minlash, oilada ayolning mavqeyini ko’tarish maqsadi bilan uyg’unlashgan. Shu maqsadda mamlakatimizda 1997-yil –Inson manfaatlari yili, 1998-yil – Oila yili, 1999-yil – Ayollar yili, 2000-yil – Sog‘lom avlod yili, 2001-yil –Onalar va bolalar yili, 2002-yil – Qariyalarni qadrlash yili, 2003-yil – Obod mahalla yili, 2004-yil – Mehr va muruvvat yili, 2005-yil – Sihat-salomatlik yili, 2006-yil – Homiylar va shifokorlar yili, 2007-yil – Ijtimoiy himoya yili, 2008-yil – Yoshlar yili, 2009-yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili, 2010-yil – Barkamol avlod yili, 2011-yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, 2012-yil – Mustahkam oila yili, 2013-yil – Obod turmush yili, 2014-yil – Sogʻlom bola yili, 2015-yil – Keksalarni e‘zozlash yili, 2016-yil – Sogʻlom ona va bola yili, 2017-yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, 2018-yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, 2019-yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, 2020 yil – Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, 2021 yil Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e‘lon qilinib, bu yillarda oilani mustahkamlash, ayollarning jamiyatdagi o’rnini ko’tarish, sog’lom, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, qariyalarni e‘zozlash, go’zal diyorimizdagi barcha mahallalar faoliyatini yanada jonlantirish yo’lida xayrli tadbirlar amalga oshirildi. 2019 yildan ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to’liq to’lash tartibi joriy etildi. Ijtimoiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 barobar ko’paytirildi. Xulosa qilib aytganda, tanlangan kuchli ijtimoiy siyosat tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang’ich shart-sharotlarga, ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo’lgan O‘zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o’tishga muvaffaq bo’ldi. Oldindan ko’rilgan oqilona ijtimoiy chora- tadbirlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minladi. Maishiy xizmat. Mustaqillik sharofati bilan aholiga maishiy xizmat ko’rsatish sohasi rivoj topdi. Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari to’liq xususiylashtirildi, maishiy xizmat bozori vujudga keldi. 2002-yil 1-avgust holatiga ko’ra respublikamizda 63 mingdan ortiq xususiy- maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari vujudga keldi. Ularda 135 ming xizmatchi aholiga maishiy xizmat ko’rsatmoqda. Buyurtmachilarning takliflariga binoan ularning uylariga borib xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yildi. Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash dasturi ishlab chiqildi. Dasturni amalga oshirish borasida ko’rilgan tadbirlar natijasida 1991-2007-yillarda 36 ming kilometr suv quvurlari va 72 ming kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu ko’rsatkichlar 1991-yilga qadar erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 baravar ko’p demakdir. Istiqlol yillarida qishloq aholisining tabiiy gaz bilan ta‘minlanishi darajasi 17 foizdan 78 foizgacha, ichimlik suvi bilan ta‘minlanishi esa 52 foizdan 77 foizgacha o’sdi. Download 299.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling