Va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar
Download 299.61 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QONUN USTIVORLIGI
Aholi uchun uy-joylar qurish ham rivojlandi. 1991-2000-yillarda 70 million m 2 turar joy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Ma‘lumki 2017 yildan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari xodimlari uchun “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g’oya ular faoliyatining bosh mezoniga aylandi. Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda o’tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan shug’ullana boshladi. Shu ma‘noda 2017 yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish bo’yicha yangi tizim yaratilgan yil bo’ldi. Bu tizimning asosi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning o’ziga xos demokratik instituti sifatida amalda o’zini oqlamoqda. Qisqa muddatda ana shu qabulxonalarga bir yarim milliondan ziyod fuqaro murojaat qilgani va qancha-qancha odamning yillar davomida hal etilmagan muammolari ijobiy yechilgani O’zbekistonda xalq hokimiyati nomiga emas, amalda joriy etilayotganini ko’rsatmoqda. Joylarda rahbarlarning yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan shaxsiy javobgarligi kuchaygani mazkur tizimning muhim natijasi bo’ldi. 2016 yil 22 noyabrda 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko’p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-2660) qabul qilindi. Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, 2017 yildan boshlab mamlakatimizda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasi amalga oshirila boshlandi. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va ko’p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo’lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko’p uy-joy qurilganini ko’ramiz. 2017 yildan yurtimizda keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo’lgan ko’pqavatli uy-joylar qurishni boshlandi. 2017 yilning o’zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o’zida 2019 yilda 420 ming kvadrat metr ko’pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o’tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko’pdir. Download 299.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling