azaliy qarashlarning ma’nosi atayin
chigallashtirilayapti.
Mustaqil O‘zbekistonimizning qisqa
tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki,
vayronkor, buzg‘unchi g‘oyalar birinchi
galda yoshlar ongini zaharlashga
qaratilgan. Buning oldini olish uchun
jamiyatimizda, kundalik hayotimizda
ta’lim-tarbiyaga, ma’naviy-ma’rifiy
ishlarga jiddiy e’tibor qaratishimiz
darkor.
G‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar nimalarda
ayon bo‘lishini tahlil qilib ko‘raylik. Bu
tahdid, birinchi galda, tili, dini,
e’tiqodidan kat’iy nazar, har qaysi
shaxsning tom ma’nodagi ozod inson
bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan,
uning aynan ruhiy olamini izdan
chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan
mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot
xurujlari tariqasida yuzaga chiqadi.
Ilmiy tahlillarda g‘oyaviy-ma’naviy
tahdidlar quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:
avvalo, insonning erkinligiga daxl qiladi,
uni fikriy jihatdan qaram qilishni
ko‘zlaydi;
ikkinchidan, insonning ruhiy dunyosini
izdan chiqarishga yo‘naltirilgan
mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot
xurujlari shaklida amalga oshiriladi;
uchinchidan, turli niqoblar, jozibali shior
va g‘oyalar pardasi ostiga yashiriladi;
to‘rtinchidan, katta ma’naviy
yo‘qotishlarga olib keladi, xalqlarning
milliy va diniy tomirlariga bolta uradi;
beshinchidan, yot g‘oya va zararli
dunyokarashni avvalo beg‘ubor
yoshlarning ongiga singdirishga
qaratiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |