Xalqimizning ming yillar sinovidan
o'tgan bayramlari, to'ylari, xalq og'zaki
ijodi, bir so'z bilan aytganda, omma
uchun madaniyatga aylanib ulgurgan
barcha qadriyatlar ijobiy ma’nodagi
ommaviy madaniyat namunalari
nhisoblanadi. «Ommaviy madaniyat»
asosini esa «Biz» degan tushuncha emas,
«Avval mening o‘zim, keyin boshqalar»
degan g‘arbona egotsentrizm g‘oyasi
tashkil etadi.
Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlab yangi
jamiyat qurayotgan har bir millat uchun
axloq va milliy madaniyatni saqlash va
yanada rivojlantirish - eng dolzarb va
ustuvor vazifadir. Globallashuvning
yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy
ta’siri informatsion vositalarning yuksak
rivojlanishi natijasida internet, uyali
telefon, telekommunikatsiyalar va turli
axborot
nashrlarining kirib kelishi
, bu
vositalar orqali taklif etilayotgan
«qadriyatlar» ko‘p hollarda
yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizdan
uzoqlashtirib qo‘ymoqda. Boshqacha
qilib aytganda, «ildizi yo‘q
individ»larning shakllanishiga olib
kelmoqda. «Ommaviy madaniyat» turli
xil ko‘rinishlarining yoshlar orasida
tobora keng tarqalishi asosan kiyinishda,
qiziqishlarda, bo‘sh vaqtni o‘tkazishda,
didlarning sayozlashuvida, milliy
qadriyatlarga munosabatda namoyon
bo‘lmoqda. Bular esa behayolik va
zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va
ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik bilan
munosabatda bo‘lish kabi illatlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |