shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular
axborot makoniga kirganda, faqat o‘zi
uchun zarur va foydali narsani olsin,
internetdan foydalanish madaniyatini
o‘rgansin. Bu masalada internet tizimi
orqali mentalitetimizga mutlaqo yot
mafkura va dunyoqarashni yoshlarimiz
qalbi va ongiga singdirishga
urinayotganlar borligi, ayniqsa, xatarli
ekanligidan barchamizni ogoh bo‘lishimiz
zarur. Zero, biz bu masalada hamisha
ogoh va hushyor turmasak, mafkuraviy
xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini
zaharlashi, “ommaviy madaniyat” deb
atalayotgan illat xalqimizning ma’naviy
boyligi bo‘lgan odob-axloq, ibo, or-nomus,
iroda,
sharm-hayo
, iffat-andisha kabi
fazilatlarimizni nursizlantirib, ko‘p
mingyillik milliy qadriyatlarimizga
putur etkazishimiz mumkin.
Ko‘p narsa internetting boy axborot
resurslaridan kim va qanday
maqsadlarda foydalanishiga bog‘liq.
SHu o‘rinda har qanday axborot
xurujlari, “ommaviy madaniyat”
xavfidan himoyalanmagan saytlar,
ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siridan
butun millat, ayniqsa, o‘sib kelayotgan
yosh avlodni himoya qilish har bir ongli
insonning muqaddas burchi ekanini
ta’kidlash lozim. O‘zbekiston
erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan
yutuqlarning negizida turgan asosiy omil
insondir. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla
Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot
Do'stlaringiz bilan baham: |