keltirib chiqarmoqda.
Bugungi kunda yoshlar orasida
taqlidchilik holatlarining
kuchayayotganligi kuzatilayapti.
Xorijda keng tarqalgan axloqiy va
ma’naviy yurish-turish andozalarining
kinofilmlar, moda va turli xil reklamalar
orqali yoshlarimizning ongini ma’lum
ma’noda zaharlayotganini sezish qiyin
emas. Natijada, yoshlar o‘rtasida kitob
o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlarining
oldida vaqtini o‘tkazish, mazmunan
sayoz filmlarni tomosha qilish odat
tusiga kirib bormoqda.
Umuman olganda, globallashuvning
salbiy oqibatlarini, «ommaviy
madaniyat» niqobidagi aksilmadaniyat
va turli g‘arazli, noxolis axborotlar
xurujining ta’sirini mumkin qadar
kamaytirish uchun aholi, ayniqsa,
yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy,
axloqiy, estetik madaniyatini yuksaltirish
talab etiladi. Navqiron avlodni milliy va
umumbashariy qadriyatlarga,
madaniyat durdonalariga bolalikdan
boshlab hurmat ruhida tarbiyalash,
ularda «ommaviy madaniyat»ga xos
ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy
munosabatni, aksilmadaniyatga, turli
buzg‘unchilik g‘oyalar va axborotlarga
nisbatan mafkuraviy immunitetni
shakllantirish alohida ahamiyat kasb
etadi.
Xozir insoniyat g‘oyat chigal va
ziddiyatli zamonda yashayapti. Buning
ustiga, ezgu g‘oyalarni turli g‘arazli
manfaatlar yo‘lida soxtalashtirishga
intiluvchilar tobora ko‘paymokda.
Oqibatda asl maqsadlar niqoblanib,
Do'stlaringiz bilan baham: |