tashkil etadi, biz ko rib o tgan muomala
odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy
xatti-harakatlar uchun asos vazifasini
o‘taydi. Biroq u o ‘zini yetarli namoyon
qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy
aloqada bo‘lishi shart. Shuning uchun biz
ko‘pincha “ta’lim-tarbiya” degan
qo'shaloq atamani qo‘llaymiz. Ta’lim-
tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb
emas, bo‘lajak komil inson deb qarash
muhim. “Ommaviy madaniyat”ning
yoshlar dunyoqarashiga ta’siri.
Zamonaviy axloqiy tarbiyada
kosmopolitizmga moyillik.
Bugungi dunyo boshidan kechirayotgan
globallashuv jarayoni insoniyat uchun
katta imkoniyatlar eshigini ochib
bermoqda. Lekin, ayrim kuchlar dunyoni
yanada murakkablashtirishga xarakat
qilayapti. Xususan, doimo zo‘ravonlik va
gegemonlik hisobidan boylik orttirib
kelgan kuchlar «ommaviy madaniyat»
shiori ostida turli salbiy g‘oyalarni keng
targ‘ib qilmoqdalar. Kimki «ommaviy
madaniyat» ortidan ergashsa, o‘zining
ijodiy qobiliyatidan yiroqlashadi va
tayyor madaniy mahsulotlar
«iste’molchisi»ga aylanib qoladi. O‘z-
o‘zidan ravshanki, «ommaviy madaniyat»
asosan hayotiy tajribasi kamroq
yoshlarni ohanrabodek o‘ziga tortadi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti o‘zining «Yuksak ma’naviyat -
engilmas kuch» nomli asarida haqli
ravishda ta’kidlaganidek, «Tabiiyki,
«ommaviy madaniyat» degan niqob
ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik,
individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini
Do'stlaringiz bilan baham: |