Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Mirzo, Mehr Jahon begim, Eshon Davlat begim va Foruq Mirzo


Download 175.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi175.73 Kb.
#1547018
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari

Mirzo, Mehr Jahon begim, Eshon Davlat begim va Foruq Mirzo. Bulardan 
faqat Humoyun Mirzodan boshqasi yoshligidayoq o‘lib ketadilar. 
Bobur podshohning to‘rtinchi xotini Gulruh begim edi. Bobur podshoh 
Gulruh begimga 1508 yilda uylangan edi. Gulruh begimdan Komron Mirzo, 
Askariy Mirzo, Shohruh Mirzo, Sulton Ahmad Mirzo va Guli’zor begimlar 
tug‘ilgan. Biroq Komron Mirzo bilan Askag‘riy Mirzodan boshqalari yoshligida 
vafot qilganlar. 
Bobur podshohning beshinchi xotini Dildor begim edi. Dildor begimdan 
Gulrang begim, Gulchehra begim, Hindol Mirzo, Gulbadan begim va Olur 
Mirzolar tug‘ilganlar. Olur Mirzo o‘limidan keyin savdoyi bo‘lib qolgan onasi 
Dildor begim harholda keyinchalik yana sog‘ayib ketgan bo‘lishi ehtimol, chunki 
Dildor begimning Humoyunshoh hukmdorlik davrida ham saroy yig‘ilishlarida, 
anjumanlarida ishtirok qilgani haqida Gulbadan begim mufassal ma’lumot beradi. 
Oltinchi xotini Ma’suma Sulton begim haqida o‘tgan sahifalarda eslatildi. 
Bobur podshohning yettinchi xotini Mehri begim edi, undan bitta qiz 
tug‘ilib, ismini Mehrjon begim deb ataganlar.Bobur podshohning sakkizinchi 
xotini Afg‘oniy og‘acha edi. U Malik Mansur Yusufzayning qizi edi. Afg‘oniy 
Og‘achaning asli nomi Bibi Mubarakadir



Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, sulolalar tarixini o‘qitish orqali 
o‘quvchilarda ma’lum bir shaxs, siyosiy davr, hukmdor va uning oilasi, kelib 
chiqishi va nasl nasabi haqida ma’lumot olish uchu muhimdir. Fan va texnoloya 
yutuqlaridan foydalangan holda uni o‘quvchilarga yetkazib berish dars sifati va 
mazmunini yanada oshishiga yordam beradi.
 
Nazorat savollari:
1. 
Geneologiya qanday fan? 
2. 
O‘rta Osiyoda shajaraga oid dastlabki yirik asarlar qachon 
paydo bo‘lgan?
3. 
O‘zbekiston tarixida qanday sulolalarfaoliyat yuritgan? 
4. 
XVIII-XIX asrlarda geneologiya masalalariga kimlar e’tibor 
qaratgan? 
5. 
Zahiriddin Muhammad Bobur mashhur «Boburnoma» asarining 
geneologiya fanidagi ahamiyati nimada?

Download 175.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling