Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 175.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi175.73 Kb.
#1547018
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH 
VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
moduli bo‘yicha 
 
 

Tarix fanining nazariy va amaliy asoslari

 
 
o‘quv kursining
“ Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari” 
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
Ma’ruzaсhi:
PhD Askarov M.M. 
 
Toshkent 2022



4-Mavzu: Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari 
 
Reja: 
1. Geneologiya fani va uning ahamiyati 
2. Sulolalar tarixi bo‘yicha manbalar va faktlar 
3. Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirishning ahamiyati 
 
Geneologiya fani va uning ahamiyati.Tarix darslarini o‘qitishda sulolar 
tarixi muhim o‘rin egallaydi. Fanda bu soha “Geneologiya” deb nomlanib, turli 
davrdagi davlatlarda hukmronlik qilgan sulolar, ularni kelib chiqish tarixi, o‘zaro 
aloqalari, tarixiy jarayondagi o‘rni chuqur tahlili etiladi. 
Geneologiya yunon tilidan olinib «avlodnoma», «nasabnoma» ma’nolarini 
anglatadi. Geneologiya fani qadimiy fanlardan biri hisoblanadi. Hamma vaqt va hamma 
zamonlarda u yoki bu xonadondagi shaxsning geneologiyasi ko‘pchilikni qiziqtirgan. 
Sharqda geneologiya arab tilida»shajara» deb tarjima qilingan va shu nom bilan mashhur 
bo‘lgan. Qadim zamonlardan boshlab, hamma davrlarda yuz bergan har xil voqealar, 
dehqonlar va qullar qo‘zg‘oloni, islohotlar, o‘zaro urushlar va boshqa voqealarda ham 
shajaralarning roli katta bo‘lgan. 
Yevropa davlatlarida nikohdan oldin bo‘lg‘uvchi kelin yoki kuyov xonadoni 
shajarasi albatta o‘rganilgan. Ikkala xonadonning jamiyatda tutgan mavqei, shajaralari 
qadimiy va obro‘li deb topilgandagina bu xonadonlarda nikoh bog‘lanishi mumkin edi. 
Shuning uchun ham nikoh va qarindoshlik rishtalarini bog‘lashdan oldin har bir oila 
o‘zining nafaqat jamiyatda tutgan o‘rnibalki shajarasini ham yana bir karra yodga 
olishiga to‘g‘ri kelar edi. 
Yillar o‘tishi bilan og‘zaki genealogik ma’lumotlar asta-sekin qog‘ozga 
tushiriladigan bo‘ldi. XVII-XVIII asrlar G‘arbiy Yevropada geneologiya fanining 
rivojlanishida “oltin asr” deb nomlanadi. 
Endilikda geneologiya ilmiy jihatdan asoslanishi, hujjatlar bilan 
isbotlanishi, tanqidiy jihatdan o‘rganilishi va shunga o‘xshash bir necha talablarga 
javob bermog‘i lozim edi. Bu sohani Yevropadagi rivojlanishini ko‘rib o‘tsak. 
Genrix VIII (1509-1547) hukmronlik paytidan to XVII asrning oxirigacha 
geroldlar tomonidan dvoryanlar va aslzodalarning geneologiyasini o‘rganish, qayta 
ko‘rib chiqish, haqiqiy yoki qalbaki ekanligini aniqlash vazifasi qo‘yilgan edi. 
Tekshirish natijasida ayrim geneologiyasini soxtalashtirgan dvoryan yoki 
aslzodalar aniqlanib graflikning katta shaharlarida xochlarga osib qo‘yilgan. Bu 
esa geneologiya naqadar muhim tarmoq bo‘lgani va hatto insonlarni taqdiriga ham 
ta’sir ko‘rsata olganini ko‘rish mumkin. 
XVIII-XIX 
asrlarda 
geneologiya 
masalalariga 
qiziqish 
Belgiya, 
Gollandiya, Vengriya, Polsha, Rossiya, Skandinaviya mamlakatlari va AQShda 



o‘sdi. XX asrning birinchi yarmida Vena universiteti professori O.Forst de 
Battalining olib borgan ishlari diqqatga sazovor va katta ahamiyatga molikdir. 
Olim o‘z tadqiqotida geneologiyaning yangi qirralarini, manbalarni o‘rganishdagi 
usul va bir qancha yangi g‘oyalarni olg‘a surdi. Bu masalalar keyinchalik Fransiya, 
Germaniya, Belgiya, Angliya mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, amalga tadbiq 
etildi. 
Tarix darslarida sulolar tarixidan foydalanish orqali o‘quvchilarga 
shajaraning muhim jihatlarini aniqlash, hukmdorlar va ularning avlodlarini o‘zaro 
bo‘gliqlikda o‘rganish, sulolaviy kurashlar, avlodlar o‘rtasidagi ichki nizolarni 
aniqlash hamda bu o‘zaro munosabatlarni mamlakat siyosiy tarixiga ta’sirini 
kuzatishda muhimdir. Shajarani turli usullar orqali o‘quvchilarga yetkazish 
mumkin. 
Avlod geneologiyasini jadvallar orqali tasvirlash ham geneologiyada keng 
foydalanadigan usullardan hisoblanadi. Genealogik jadvallar doirasimon, vertikal 
yoki 
gorizontal 
ko‘rinishda 
bo‘lishi 
mumkin. 
Jadvallar 
orqali 
avlod 
geneologiyasini tasvirlash bir tomondan qulay bo‘lsada, ikkinchi tomondan 
ko‘pgina savollarga javob bera olmasligi aniqlangan. Jadval orqali shaxsning ismi, 
taxallusi, unvoni, hayot yo‘llari, nikoh miqdori va ayrim qo‘shimcha ma’lumotlar 
tasvirlana oladi.
Zamonaviy geneologiya fani avlod haqida ko‘proq ma’lumot berish 
lozimligini talab qilmoqda. Tarixiy shaxslarning hayoti haqida ma’lumot, tibbiy 
ma’lumotnoma hamda qaysi manbalarga tayangan holda ushbu shajara tuzilganligi 
haqidagi ma’lumotnomalar juda aniq bo‘lishini talab etadi. Jadvallar esa bunday 
keng ma’lumot bera olishga qodir emas. 
Geneologiya fani Yordamchi tarix fanlari qatorida nafaqat oldinga 
qo‘yilgan katta vazifalar bilan, balki boy manbalarga ega bo‘lmog‘i lozim. 
Geneologiyada asosiy manba sifatida avlodiy yozma hujjatlar, jadvallar, geroldlar 
kollegiyasi tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan hujjatlar xizmat qiladi. 
Ma’lumki, shajara yoki geneologiya – kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari 
va qon-qarindoshlik aloqalari majmuidir. Uni tarix fanini o‘qitishdagi o‘rni qolgan 
yordamchi fan sohalaridan kam emas.
Podshohlar, hukmdorlar, afsonaviy qahramonlarning nasl-nasabiga qiziqish 
qadim zamonlardayoq bo‘lgan, lekin o‘rta asrlarda shajara imtiyozli tabaqalarning 
paydo bo‘lishi va ularning avlod-ajdodlarini rasmiylashtirishga qiziqishning 
kuchayishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. 
Bu o‘z navbatida XV asrdan boshlab shajara o‘rtasidagi nikoh aloqalari 
haqida guvohlik beruvchilarning paydo bo‘lishga olib kelgan. Shu davrlardan 
urug‘ yoki bir-biriga yaqin bir necha urug‘ a’zolarining nasl-nasab daftarlari tuzila 
boshladi. 



O‘rta Osiyoda shajaraga oid dastlabki yirik asarlar XII-XIV asrlarda paydo 
bo‘lgan. Ayniqsa, Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” va “Shajarai 
tarokima” nomli mashhur asarlari XV-XVII asrlardagi mug‘ul va turk urug‘lari va 
hukmdorlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. 

Download 175.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling