Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Sulolalar tarixi bo‘yicha manbalar va faktlar
Download 175.73 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad Jahongir Mirzo
Sulolalar tarixi bo‘yicha manbalar va faktlar. O‘rta Osiyoda nasab
daftarlariga xo‘jalar, sayyidlar va boshqalar ega bo‘lib, bu hujjatlar ularning payg‘ambar, sahobalar, tarxon, beklar naslidan kelib chiqqanligini ko‘rsatuvchi dalil sifatida, shuningdek soliq to‘lash, xalq hasharlariga chiqish va b. ishlarda alohida imtiyozga, umuman jamiyat hayotida yuqori mavqega ega bo‘lish uchun xizmat qilgan. Shajara hujjatlari dastlab shaxsning siyosiy mavqeyi tufayli katta mablag‘ evaziga va «guvohlar» ishtirokida hukmdorlar huzurida tuzilgan va ularning muhr bilan tasdiqlangan, keyinchalik hukmdorlar avvalgi muhrlarini ko‘rib, tasdiqlab beraverishgan. Ma’lumki, O‘zbekiston tarixida sulolar juda ko‘p bo‘lib, ular chuqur o‘rganish orqali o‘lka tarixini yanada yaxshiroq bilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu imkoniyatni amalga oshirish uchun geneologiya fani muhimdir. O‘zbekiston tarixida eng ko‘p o‘rganiladigan mavzulardan biri Amir Temur va Temuriylar davri bilan bo‘gliq bo‘lib, buyuk sarkardaning sulolasini o‘rganish natijasida bu davlat tarixini, uning asoslarini yaxshiroq imkoni paydo bo‘ladi. Tarixiy manbalarning bergan ma’lumotiga qaraganda, Amir Temur vafot qilganda, uning xotinlaridan to‘rttasi – Saroy Mulk xonim, Tuman og‘o xonim, Tukal xonim va Ruh Parvar og‘o xonimlar hali hayot edilar. Shuningdek, Sharafuddin Ali Yazdiy va Fasih Xavofiyning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Amir Temur vafot qilgan vaqtda undan 2 o‘g‘il, 19 nevara va 15 chevara, jami 36 shahzoda hayot edi. Bulardan tashqari sohibqironning kichik qizi – Sulton Baxt begim va katta qizi – Og‘o begimdan tug‘ilgan o‘g‘il – Sulton Husayn Mirzo nomli nevarasi ham bor edi. Bu ma’lumotlarni o‘quvchilarga jadval ko‘rinishida yoki klaster usulida ko‘rsatib berish samarali hisoblanadi. Sohibqiron Amir Temurning to‘rt o‘g‘li va ikki qizi bo‘lgan. Katta o‘g‘li Muhammad Jahongir Mirzo bo‘lib, 1356 yilda tavvallud topgan. Onasi Turmush Og‘odir. Ikkinchi o‘g‘li Umarshayx Download 175.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling