Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Download 175.73 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- PhD Askarov M.M. Toshkent 2022
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha “ Tarix fanining nazariy va amaliy asoslari ” o‘quv kursining “ Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzaсhi: PhD Askarov M.M. Toshkent 2022 2 4-Mavzu: Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish yo‘llari Reja: 1. Geneologiya fani va uning ahamiyati 2. Sulolalar tarixi bo‘yicha manbalar va faktlar 3. Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirishning ahamiyati Geneologiya fani va uning ahamiyati.Tarix darslarini o‘qitishda sulolar tarixi muhim o‘rin egallaydi. Fanda bu soha “Geneologiya” deb nomlanib, turli davrdagi davlatlarda hukmronlik qilgan sulolar, ularni kelib chiqish tarixi, o‘zaro aloqalari, tarixiy jarayondagi o‘rni chuqur tahlili etiladi. Geneologiya yunon tilidan olinib «avlodnoma», «nasabnoma» ma’nolarini anglatadi. Geneologiya fani qadimiy fanlardan biri hisoblanadi. Hamma vaqt va hamma zamonlarda u yoki bu xonadondagi shaxsning geneologiyasi ko‘pchilikni qiziqtirgan. Sharqda geneologiya arab tilida»shajara» deb tarjima qilingan va shu nom bilan mashhur bo‘lgan. Qadim zamonlardan boshlab, hamma davrlarda yuz bergan har xil voqealar, dehqonlar va qullar qo‘zg‘oloni, islohotlar, o‘zaro urushlar va boshqa voqealarda ham shajaralarning roli katta bo‘lgan. Yevropa davlatlarida nikohdan oldin bo‘lg‘uvchi kelin yoki kuyov xonadoni shajarasi albatta o‘rganilgan. Ikkala xonadonning jamiyatda tutgan mavqei, shajaralari qadimiy va obro‘li deb topilgandagina bu xonadonlarda nikoh bog‘lanishi mumkin edi. Shuning uchun ham nikoh va qarindoshlik rishtalarini bog‘lashdan oldin har bir oila o‘zining nafaqat jamiyatda tutgan o‘rnibalki shajarasini ham yana bir karra yodga olishiga to‘g‘ri kelar edi. Yillar o‘tishi bilan og‘zaki genealogik ma’lumotlar asta-sekin qog‘ozga tushiriladigan bo‘ldi. XVII-XVIII asrlar G‘arbiy Yevropada geneologiya fanining rivojlanishida “oltin asr” deb nomlanadi. Endilikda geneologiya ilmiy jihatdan asoslanishi, hujjatlar bilan isbotlanishi, tanqidiy jihatdan o‘rganilishi va shunga o‘xshash bir necha talablarga javob bermog‘i lozim edi. Bu sohani Yevropadagi rivojlanishini ko‘rib o‘tsak. Genrix VIII (1509-1547) hukmronlik paytidan to XVII asrning oxirigacha geroldlar tomonidan dvoryanlar va aslzodalarning geneologiyasini o‘rganish, qayta ko‘rib chiqish, haqiqiy yoki qalbaki ekanligini aniqlash vazifasi qo‘yilgan edi. Tekshirish natijasida ayrim geneologiyasini soxtalashtirgan dvoryan yoki aslzodalar aniqlanib graflikning katta shaharlarida xochlarga osib qo‘yilgan. Bu esa geneologiya naqadar muhim tarmoq bo‘lgani va hatto insonlarni taqdiriga ham ta’sir ko‘rsata olganini ko‘rish mumkin. XVIII-XIX asrlarda geneologiya masalalariga qiziqish Belgiya, Gollandiya, Vengriya, Polsha, Rossiya, Skandinaviya mamlakatlari va AQShda 3 o‘sdi. XX asrning birinchi yarmida Vena universiteti professori O.Forst de Battalining olib borgan ishlari diqqatga sazovor va katta ahamiyatga molikdir. Olim o‘z tadqiqotida geneologiyaning yangi qirralarini, manbalarni o‘rganishdagi usul va bir qancha yangi g‘oyalarni olg‘a surdi. Bu masalalar keyinchalik Fransiya, Germaniya, Belgiya, Angliya mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, amalga tadbiq etildi. Tarix darslarida sulolar tarixidan foydalanish orqali o‘quvchilarga shajaraning muhim jihatlarini aniqlash, hukmdorlar va ularning avlodlarini o‘zaro bo‘gliqlikda o‘rganish, sulolaviy kurashlar, avlodlar o‘rtasidagi ichki nizolarni aniqlash hamda bu o‘zaro munosabatlarni mamlakat siyosiy tarixiga ta’sirini kuzatishda muhimdir. Shajarani turli usullar orqali o‘quvchilarga yetkazish mumkin. Avlod geneologiyasini jadvallar orqali tasvirlash ham geneologiyada keng foydalanadigan usullardan hisoblanadi. Genealogik jadvallar doirasimon, vertikal yoki gorizontal ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Jadvallar orqali avlod geneologiyasini tasvirlash bir tomondan qulay bo‘lsada, ikkinchi tomondan ko‘pgina savollarga javob bera olmasligi aniqlangan. Jadval orqali shaxsning ismi, taxallusi, unvoni, hayot yo‘llari, nikoh miqdori va ayrim qo‘shimcha ma’lumotlar tasvirlana oladi. Zamonaviy geneologiya fani avlod haqida ko‘proq ma’lumot berish lozimligini talab qilmoqda. Tarixiy shaxslarning hayoti haqida ma’lumot, tibbiy ma’lumotnoma hamda qaysi manbalarga tayangan holda ushbu shajara tuzilganligi haqidagi ma’lumotnomalar juda aniq bo‘lishini talab etadi. Jadvallar esa bunday keng ma’lumot bera olishga qodir emas. Geneologiya fani Yordamchi tarix fanlari qatorida nafaqat oldinga qo‘yilgan katta vazifalar bilan, balki boy manbalarga ega bo‘lmog‘i lozim. Geneologiyada asosiy manba sifatida avlodiy yozma hujjatlar, jadvallar, geroldlar kollegiyasi tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan hujjatlar xizmat qiladi. Ma’lumki, shajara yoki geneologiya – kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmuidir. Uni tarix fanini o‘qitishdagi o‘rni qolgan yordamchi fan sohalaridan kam emas. Podshohlar, hukmdorlar, afsonaviy qahramonlarning nasl-nasabiga qiziqish qadim zamonlardayoq bo‘lgan, lekin o‘rta asrlarda shajara imtiyozli tabaqalarning paydo bo‘lishi va ularning avlod-ajdodlarini rasmiylashtirishga qiziqishning kuchayishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Bu o‘z navbatida XV asrdan boshlab shajara o‘rtasidagi nikoh aloqalari haqida guvohlik beruvchilarning paydo bo‘lishga olib kelgan. Shu davrlardan urug‘ yoki bir-biriga yaqin bir necha urug‘ a’zolarining nasl-nasab daftarlari tuzila boshladi. 4 O‘rta Osiyoda shajaraga oid dastlabki yirik asarlar XII-XIV asrlarda paydo bo‘lgan. Ayniqsa, Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” va “Shajarai tarokima” nomli mashhur asarlari XV-XVII asrlardagi mug‘ul va turk urug‘lari va hukmdorlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Download 175.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling