Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. “Mustaqil O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusini
34
o‘qitishda keyst-stadi metodining qo‘llanilishi uning samarali natijalari. Mustaqil taraqqiyot yo’lidan og’ishmay borayotgan milliy davlatchiligimiz uchun jahon tarixi fani, dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlar tarixini o’rganish, kerak
bo’lsa ularning boy tajribalarini o’zlashtirishda innovatsion texnologiyalardan sanalgan keys-stadi texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Keyslami tuzishda strategik boshqarishning quyidagi asosiy bosqichlariga rioya etish lozim: - tashkilot vakolatini aniqlash; - maqsadlarni belgilash (strategik, oraliq va vazifaviy); - makro muhit tahlili; - mikro muhit tahlili; - ichki imkoniyatlar tahlili, mavjud nizoli vaziyatlami aniqlashtirish; - asosiy muammoni iig’ab olish; - asosiy muammoni hal etishning muqobil yo’llarini topish; - mavjud yechimlaming ijobiy va salbiy jihatlarini baholash; - muammoni hal etishning maqbul variantini tanlash; - asosiy muammoni hal etish harakati va qabul qilingan variantni amalga oshirish rejasini tuzish. Yaponiyaning Kayzen usulidan foydalanish imkoniyatlari - muammoni bartaraf etish imokniyatlarin ko’rib chiqish; - muammoni bartaraf etish imkoniyati bo’lmaganida, muammoning salbiy ta’sirini qisman qisqaitirish yo’llarini qarab chiqish; - vaziyatni shunday o’zgartirish lozimki, natijada muam- monining salbiy ta’siri imkeni boricha kamaysin. Keys – bu real hayotning «bir bo’lagi» (ingliz terminalogiyasida TRUE LIFE).
Keys – faqat vaziyatni to’g’ri yoritish emas, balki vaziyatni tushuntirish va baholashga imkon beradigan yagona ma’lumot kompleksi. 35
Keysda aks etgan vaziyat, bu real yoki sun’iy xodisani institutsional tizimda ma’lum vaqtda hayotda yuzaga kelishini aks ettiradi 1 . Keysda bayon qilingan vaziyat institutsional tizimda (shu o’rinda va keyinchalik - korxonada) diskret (ayni shu) vaqtda tashkiliy hayotdagi tipik muammolarni qayta yaratadigan real yoki sun’iy qurilgan hodisalarning ideal tarzdagi in’ikosidan iboratdir. Keysolog faoliyati mazmuni:
Keysning o’quv kursi tuzilmasidagi o’rnini belgilash.
Uning ta’lim maqsadini to’liq ifoda etish.
Keysning o’quvchilarning ta’limdagi yutuqlari natijalari uchun
«mas’uliyatzonasi»nianiqlash: o’zlashtirilishi/kengaytirilishi/rivojlantirilishi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar ro’yxati
Keys ob’ekti aniq shaxs (shaxslar) yoki korxona yoxud u ko’p ob’ektli bo’ladi?
Faqat shundan keyin u institutsional tizimni tanlaydi (kabinetli keys uchun) yoki topadi (hayotiy yoki ilmiy-tadqiqotchilik keysi uchun). Keys uchun axborot yig’ish usullari: Intervyu, suhbat, o’rganish (arxiv hujjatlari, hisobotlarni), kuzatuv va h.k. Axborot yig’ish vositasi: So’rovnoma varag’i, intervyu olish varag’i, anketa, har xil jadvallar va boshqalar. Axborot manbalari:statistik materiallar, hisobotlar; vaziyat ob’ekti faoliyati haqidagi ma’lumotnomalar, axborotlar; Internet; ommaviy axborot vositalari; korxona rahbarlari, uning ta’minotchilari va iste’molchilari, tarmoqdagi ekspertlar yoki turli
investitsion fondlar
tahlilchilari bilan
muloqot;
1 Абдуқодиров А.А., Астанова Ф.А., Абдуқодирова Ф.А. “Сазе-study” услуби: назария, амалиёт ва тажриба.- Т.: “Таfаккur qanoti”, 2012. - 134 б. 36
o’quvchilarning o’quv va diplom loyihalari, magistrlik dissertatsiyalari; ilmiy maqolalar, monografiyalar 1 . Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling