Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/32
Sana09.01.2022
Hajmi1.28 Mb.
#259991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish

Akademik  litsey  -  o‘qitish  muddati  uch  yil,  davlat  ta’lim  standartlariga 

muvofiq  o‘rta  maxsus  ta’lim  beradi.  O‘quvchilarning  imkoniyatlari  va 

qiziqishlarini  hisobga  olgan  holda  ularning  jadal  intellektual  rivojlanishi  chuqur, 

sohalashtirilgan,  tabaqalashtirilgan,  kasbga  yo‘naltirilgan  ta’lim  olishini 

ta’minlaydi. 

Akademik  litseylarda  o‘quvchilar  o‘zlari  tanlab  olgan  ta’lim  yo‘nalishi 

bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar  va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish 

hamda  fanni  chuqur  o‘rganishga  qaratilgan  maxsus  kasb-hunar  ko‘nikmalarini 

o‘zlarida  shakllantirish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladilar.  Bu  ko‘nikmalami  o‘qishni 

muayyan  oliy  ta’lim  muassasalarida  davom  ettirish  yoki  mehnat  faoliyatida 

ro‘yobga chiqarishlari mumkin. 

Akademik  litseylar  oliy  ta’lim  muassasalari  huzurida  tashkil  etiladi. 

Akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlarida  ta’lim  olish  o‘quvchilarga  o‘z 

bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi.  

Akademik  litseylarda  umumta’lim  fanlari  qatori  O‘zbekiston  tarixi  darsi 

ham  o‘qitiladi.  Litseyda  O‘zbekiston  tarixi  fani  ikki  davrni  o‘z  ichiga  oladi:  1) 

1917-1991  yillar; 2) Milliy  istiqlol davri.  Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, 

biz  olib  bormoqchi  bo‘lgan  ushbu  bitiruv  malakaviy  ishimizda  O‘zbekistonning 

jahon 

hamjamiyatiga 



integratsiyalashuvi 

jarayonlarini 

akademik 

litsey 


o‘quvchilariga  yoritishda  ta’limning  zamonaviy  innovatsion  texnologiyalarni 

qo‘llagan holda uning samarali yechimlarini topishdir. 

O‘qituvchilarning  xususiy  fanlar  asoslarini  o‘qitishga  yo‘naltirilgan 

mashg‘ulotlar  jarayonini  noan’anaviy  shakllarda  tashkil  etish,  ta’lim  jarayonini 

                                                             

1

 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod  - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq». 1998 y, 



47 b.

 



 

mukammal  andoza  asosida  loyihalashga  erishish,  mazkur  loyihalardan  oqilona 



foydalana  olish  ko‘nikmalariga  ega  bo‘lishi  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  nazariy 

bilimlarning  puxta,  chuqur  o‘zlashtirilishi,  ularda  amaliy  ko‘nikma  va 

malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi. 

Albatta, ta’lim berishda dars o‘tishning ilg‘or texnologiyalarini tadbiq etish 

bugungi  kunning  dolzarb  vazifalaridan  biri.  Chunki  litsey  yoshidagi  yigit-qiz 

atrofga teran ko‘z bilan qaray oladigan, voqelikka o‘z nuqtai nazarini bildiradigan 

o‘quvchilardir.  Shu  boisdan  ham  “Mustaqil  O‘zbekiston  va  jahon  hamjamiyati” 

mavzusini  o‘qitishda  shunchaki  dars  o‘tishning  an’anaviy  usullari,  ya’ni  sinfda 

faqatgina  o‘qituvchi  hukmron,  faqatgina  u  ma’ruzachi,  o‘quvchilar  tinglovchi 

bo‘lib  qolishi  o‘zining  samarasini  bermaydi.  Ushbu  mavzuni  zamonaviy 

innovatsion  texnologiyalar, jumladan  keys-stadi  metodi orqali  olib  borish,  uni  har 

tomonlama  chuqur  tahlil  qilish,  ilmiy  xulosa  chiqarish  ushbu  mavzuning 

dolzarbligini ko‘rsatadi. 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling